2-seminar mashg’uloti Muskul ish faoliyatida atfning anaerob va aerob resintezlanish yo’llari
Kreatinkinaza reaksiyasida ATFning resintezi
Download 35.82 Kb.
|
2-seminar
Kreatinkinaza reaksiyasida ATFning resintezi
Muskullarda ATFdan tashqari yana bitta makroerg birikma – kreatinfosfat (KrF) bo’ladi, uning miqdori ATFnikidan 3-4 marta ko’p, ya’ni 15-16 mM/kg ni tashkil qiladi. Har bir muskul faoliyatining boshida ATFning miqdori kamayishi bilan energiya ta’minotiga kreatinkinaza reaksiyasi kirishadi. Bu reaksiyada ATFning resintezi kreatinkinnaza fermenti (KK) katalizlaydigan KrF va ADFning perefosforlanish reaksiyasi hisobiga amalga oshadi. Ishlayotgan muskullarda kreatinkinaza reaksiyasining tezligi bajarilayotgan ishning intensivligiga va muskul kuchlanishining kattaligiga to’g’ri proporsional bo’ladi. Kreatinkinaza reaksiyasi o’zining eng yuqori tezligini ishning 2-3 sekundlarida namoyon qiladi. Kreatinkinaza fermenti muhitning pH ko’rsatkichini o’zgarishiga juda sezgir, ya’ni o’zining maksimal faolligini kuchsiz ishqoriy muhitda namoyon qiladi va hujayraichi pH ni pasayishi uni fa’olligini keskin pasaytiradi. Muskulning qisqarganida ajralib chiqqan Ca2+ ionlari fermentni aktivatori bo’lib xizmat qiladi. Muskul ishi boshlanish momentidayoq birinchi bo’lib kreatinkinaza reaksiyasi ATF resintezi jarayonida ishga kirishadi va muskullarda KrFning zahirasi ancha kamayguncha o’zining maksimal tezligi bilan ishlaydi. Ayniqsa sportning sport o’yinlari turlarida, qayerda bajariladigan mashqlarning tezligi sharoitga qarab ko’p marta yo tezlashib, yo sekinlashib, o’zgarib turadi. Kreatinkinaza reaksiyasi yo ATF resintez jarayoniga kirishib (to’g’ri reaksiya), yo bu reaksiyadan chiqib, orqaga yo’nalgan reaksiya – Krf zahirasini tiklashga olib keladigan ATFning ishlatilish tezligini keskin o’zgarib turishi sharoitida uning muskullardagi konsen-tratsiyasining doimiyligini ta’minlaydigan o’ziga xos “energetik buferlik” vazifasini bajaradi. Kreatinkinaza reaksiyasining eng katta quvvati 3,8 kDj/kg.min (yoki 900 – 1100 kal/kg. min)ni tashkil qiladi. Uning maksimal hajmi esa, ya’ni muskul kreatinfosfatining umumiy zahirasi maksimal intensivlikdagi mashqni berilgan quvvatini pasaytirmasdan 10-15 sekund davomida bajarishga yetadi. Ishning boshlanishi birinchi sekundlarida, hali muskullarda kreatinfosfatning konsentratsisyasi yuqori bo’lganda, kretinkinazaning faolligi yuqori darajada ushlab turiladi. ATFning parchalanishida hosil bo’lgan ADFning deyarli barcha miqdori ATF resintezining boshqa jarayonlarini blokirovka qilib, kreatinkinaza reaksiyasiga jalb qilinadi. Muskullarda KrF zahirasining 1/3 qismi tugallanishi bilanoq kreatinkinaza reaksiyasining tezligi pasaya boshlaydi, bu esa o’z navbatida ATF resintezining boshqa yo’llari – glikoliz va aerob jarayonlarni ishga kirishini tezlashtiradi. Kreatinkinaza reaksiyasi oson orqaga qaytadi. Mashqlarni bajarish vaqtida ATF va kreatinni hosil qiladigan to`g`ri reaksiya ustunlik qiladi, lekin ishning sekinlashishi yoki tugashi va muskulda ATFning ortiqcha miqdori paydo bo`lishi bilan KrF zahirasini boshlang`ich ish oldi darajasigacha tiklashga olib keladigan orqaga yo`nalgan reaksiya ustunlik qila boshlaydi. Kreatinkinaza reaksiyasi qisqa muddatli maksimal quvvatli mashqlarni energiya ta’minotida asosiy, muhim ro’lni o`ynaydi, jumladan: qisqa masofaga yugurish, sakrash, disk uloqtirish, og`ir atletika mashqlari, gimnastika va akro-batika elementlarini bajarish, velotrek, finisholdi tezlashishi va h.k.
Download 35.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling