2-seminar mashg’uloti. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari (2soat) Umumiy ma’lumot. Yerning shakli va kattaligi haqida umumiy tushuncha


Download 58.36 Kb.
bet4/4
Sana22.03.2023
Hajmi58.36 Kb.
#1287136
1   2   3   4
Bog'liq
2-seminar

Kompas yordamida gorizont tomonlarini aniqlash eng oson usul hisoblanadi. Kompas eramizdan avvalgi III asrda Xitoyda ixtiro qilingan. Kompas doira shaklidagi qutichadan iborat bo’lib, uning markaziga o’tkir uchli igna, igna ustiga magnitlangan strelka o’rnatilgan. Bu strelka igna ustida erkin aylanadi. Quticha tagiga gorizont tomonlarini ko’rsatuvchi harflar shimol, sharq, janub, g`arb yozilgan va 0° dan 360° gacha bo’lgan gradus bo’laklari chizilgan. Kompasdan kechasi ham foydalanish uchun uning magnit strelkasi ham gorizont tomonlarini ko’rsatuvchi harflar fosforlangan. Kompas yordamida gorizont tomonlarini aniqlash uchun quyidagilarga amal qilish kerak.

  • kompasni tekis joyga yoki kaftga qo’yib strelkasini bo’shatish kerak. Magnit strelkasi tebrana-tebrana to’xtaguncha kutib to’rish zarur;

  • magnit strelkasining bir uchi (shimol) harfning ustida to’xtagunga qadar kompas qutichasini asta aylantirish kerak.

Kompas magnit strelkasining uchini shimolni ko’rsatuvchi “S” darfiga to’g’irlangach, gorizontning boshqa tomonlarini ham bemalol aniqlash mumkin. Gorizont tomonlarini aniqlashda mahalliy belgilardan ham foydalanish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni oqitish metodikasi. O’quv qo’llanma.T., 2005.
2. D.Sharipova, D.P.Xodiyeva, M.K.Sharipov. Tabiatshunoslikni va uni o’qitish metodikasi. darslik.T.. “ Barkamol fayz media” nashiriyoti. 2018.
3. D.Yormatova. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. T.:”Aloqachi” nashriyoti, 2008.
4. M.N.Valixonov., J.M.Nabixonov Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyasi. T.:”TDU” nashriyoti, 2007.
5. A.Hamidov A.To‘xtayev va boshqalar. Botanikadan o‘qituvchilar uchun qo‘llanma. Toshkent “O‘qituvchi” 1999 yil.
Download 58.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling