2-seminar mashg’uloti. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari (2soat) Umumiy ma’lumot. Yerning shakli va kattaligi haqida umumiy tushuncha


Download 58.36 Kb.
bet3/4
Sana22.03.2023
Hajmi58.36 Kb.
#1287136
1   2   3   4
Bog'liq
2-seminar

Joy plani. Gorizont tomonlarini aniqlash, orientirovka qilish usullarini bilib olgach, ma’lum geografik ob’ektning (kichik bir joy, shahar, bino va boshqalarning) planini olishga kirishish mumkin.
Kichik bir joy, shahar, qishloq yoki binolarning ma’lum bir masshtab yordamida kichraytirilib, qog’ozga tushirilgan tasviri plan deyiladi. Planda ma’lum joydagi geografik ob’ektlar to’la-to’kis tasvirlanadi. Masalan, Toshkent shahrining planida asosiy ko’chalar, ariqlar muhim binolar, teatr, kino, muzey va boshq alar batafsil tushiriladi. Agar joyning yer usti tuzilishi va boshqalari ham tasvirlangan bo’lsa, bunday plan topografik plan deb aytiladi.
Plan va kartalarda ob’ektlar shartli belgilar yordamida tasvirlanadi. Shartli belgilarning izohlari legenda deb yuritiladi.
Topografik plan oddiy plandan ancha murakkab bo’lib, unga ko’pincha diametri 10 km gacha bo’lgan doira ichidagi joylar tushiriladi. Topografik planda joyidagi narsalar va joyning topografik elementlari (tepa, soy, jar, tog’, tekislik, dara va boshq alar) to’la-to’kis yirik masshtabda tushiriladi.
Ba’zi yakka turgan narsalar (masalan, daraxt, chegara, uy, hudud va boshq alar) masshtabsiz shartli belgilar yordamida tushiriladi.
Gradus to’ri. Yer shari parallel va meridianlarga ajratilganda ular bir-biri bilan kesishib, qatop katakchalar (yacheykalar) hosil q iladi. Buni gradus to’ri yoki geografik to’r deyiladi. Geografik to’r deyilishning sababi shundaki, parallel va meridianlar yordamida yer yuzasidagi xohlagan ob’ektning (tog’, daryo, ko’l, orol, q ultiq, shahar, q ishloq va boshq alarni) geografik o’rnini qaysi kenglik va uzunlikda joylashganligini) tezda aniqlab olish mumkin. Gradus to’ri parallel, meridian, q utb, ekvator kabi elementlardan tashkil topgan.
Yer yuzasining har bir nuqtasidan bitta parallel va bitta meridian o’tkazish mumkin. Binobarin, yer yuzasini xoxlagancha parallel va meridianga ajratsa bo’ladi. Lekin qulay bo’lishi uchun globus va kartalarda parallel va meridianlar hap 10°, 15°; 20° kabi yirik sonlardan o’tkaziladi.
Parallellar ichida eng kattasi, bu yer sharining qoq o’rtasidan o’tgan aylana - ekvator hisoblanadi. Ekvatordan q utblar tomon paralellar aylanasi kichiklashib boraveradi. Aksincha, meridianlarning hammasining uzunligi bir xildir.
Ma’lumki, globus va kartalar masshtabi bir xil bo’lmaganligi sababli parallel va meridianlar oralig’idagi masofa ham o’sha globus va karta masshtabiga bog’liq holda har xil bo’ladi.
Hatto bir xil masshtabli kartaning o’zini ham hamma q ismida masofa turlichadir. Bu noq ulaylik tufayli globus va kartalarda ma’lum geografik ob’ekt oralig’idagi masofani uzunlik o’lchovida o’lchab, hisoblash noto’g’ri bo’lib chiqadi. Binobarin, shunday o’lchov birligini qo’llash kerakki, oqibatda xohlagan globus va kartalar parallel va meridianlari yordamida geografik obektlar orasidagi masofani aniq hisoblab chiqarilsin. Bunday o’lchov birligi bu gradus o’lchovidir .
Gradus o’lchovida gradus to’ri chiziqlari (parallel va meridianlar) yordamida qiziq tirgan ob’ekt yer yuzasining qaysi kenglik va uzunligida joylashganligini tezda topib, hisoblab chiq iladi.
Kenglik va uzunlik geografik koordinatani tashkil etib, u yer yuzasida ma’lum ob’ektning joylashgan o’rnini aniq ko`rsatuvchi gradus o`lchovining ifodasidir.
Gorizont haqida tushuncha. Ochiq va tekis joyda tursak,atrof katta doiraga o’xshab ko’rinadi. Bu doiraning chetlariga osmon gumbazi tutashib turgandek tuyuladi. Ana shu doira shaklida ko’rinadigan ochiq joy gorizont (ufq) deb ataladi. Uning chekkasida osmon bilan yer yuzasi go’yo tutashgandek, ko’rinadigan chiziqqa gorizont chizig’i deb aytiladi. Gorizontning to’rtta asosiy tomoni bor: shimol, janub, sharq, g’arb. Gorizontning quyosh chiqadigan tomoni sharq deb, quyosh botadigan tomoni g’arb deb ataladi. Tush paytida quyosh janubda bo’ladi, janubning qarama-qarshi tomoni esa shimol deyiladi.
Gorizontning to’rtta asosiy tomonidan tashqari yana oraliq tomonlari ham bor: shimol bilan g`arb orasi shimoli - g`arb, shimol bilan sharq orasi shimoli - sharq, janub bilan sharq orasi janubi sharq va janub bilan g`arb orasi janubi-g`arb deb nomlanadi.
Orientirovka haqida tushuncha. Biror joyda turib gorizont tomonlarini topa bilish (aniqlay olish) orientirovka yoki orientirlash deyiladi. Gorizont tomonlarini topishda bir qancha usullar mavjud. Biz quyida ularning eng muhimlari bilan tanishib chiqamiz.
Quyoshga qarab orientirovka qilish usuli. Quyosh tush paytida gorizontdan eng baland ko’tarilganida va yil bo`yi o’zgarmay, doimo janub tomonda bo’ladi. Quyoshning bunday xususiyatidan foydalanib, gorizont tomonlarini aniq lash mumkin. Buning uchun q uyidagi vazifalarni bajarish kerak. Ochiq va tekis yerga kichik bir tayoq cha yoki temir q oziqchani tikka qo’yamiz. Bu tayoq cha gnomon deb ataladi. Bu q oziq soyasi quyosh ko’tarilgangan sari o’zgarib boradi. Tush paytiga kelganda quyosh soyasi eng qisqa bo’ladi. Tush paytida q oziq chaning soyasi shimolga yo’nalgan bo’ladi. Bu “tush chizig’i” meridian yo’nalishini ko’rsatadi. Shunday q ilib, gnomon soyasi yordamida janub bilan shimolni aniq lab olamiz. So’ngra shimolga q arab tursak, o’ng tomonimiz va chap tomonimiz g’arb ekanligini osongina aniqlab olamiz. Qo’l yoki cho’ntak soati yordamida ham quyoshga qarab orientirovka q ilish mumkin . Bunda soat mahalliy vaqtga to’g’irlanib, gorizontal holda ushlab turiladi. So’ngra uning soatni ko’rsatuvchi strelkasini quyoshga to’g’ri bo`lgunga qadar aylantiriladi. Keyin quyosh ga to’g’irlangan soat strelkasi bilan uning siferblatidagi 1 raqami orasida vujudga kelgan burchakning qoq o’rtasidan chiziq o’tkaziladi va u shimol bilan janubni ko’rsatuvchi chiziq hisoblanadi. Shuni esdan chiq armaslik kerakki, bu chiziqning janubi doimo quyoshning tush vaqti (kun o’rtasi) da bo’lgan yoki bo’ladigan tomonini ko’rsatadi.
Qutb yulduziga qarab orientirovka qilish usuli. Kechasi havo ochiq bo’lsa, qutb yulduziga qarab ham gorizont tomonini aniqlash mumkin. Chunki Qutb yulduzi doimo gorizontning shimol tomonida turadi. Qutb yulduzini topish yo’li quyidagichadir. Qutb yulduzi Besh Og’ayni yulduzlarning biri bo’lib, uni aniq lash uchun Yetti Og’ayni (Yetti qaroqchi, Katta ayiq ) to’rkumidagi ikki chetki yulduzlar orq ali hayolimizda to’g`ri chiziq o’tkazamiz. So’ngra bu yulduzlar orasidagi masofadan besh marta uzoq masofa o’lchanadi va ana shuni Qutb yulduziga kelib taqaladi.

Download 58.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling