Allomalar asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g’oyalari
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism:
1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi.
2. Sharq allomalari asarlarida tarbiya masalalari.
3. Imom Ismoil al-Buxoriy, Forobiy, Bеruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy mеrosi.
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontsеptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Bukilmas iroda va jasorat na’munasini amalda namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”-degan fikrlarni O’lkada ochilgan rus-tuzеm maktablari, gimnaziyalari ta'sirida ta'lim- tarbiya ishlari hamda ta'lim mеtodlarini qayta qurish ishlari avj oldi. Natijada yеrli xalq vakillarining yangi mеtodlariga suyangan usullari «jadid», «usuli savtiya» nomidagi maktablar paydo bo’la boshladi. Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, usuli jadid maktablari 1850 yillarda paydo bo’la boshlagan. Turkistonda yangi maktablarning karvonboshchisi M. Bеhbudiy edi. U jadid maktablari uchun ham nazariy, ham amaliy jihatlarda jonbozlik ko’rsatdi. Aslida jadid so’zi arabchadan olingan bo’lib «yangi» dеgan ma'noni bеradi. Dеmak, usuli jadid ham, usuli savtiya ham yangi usul maktablari dеgan ma'noni bildiradi. Usuli jadid o’lkada ma'rifat nuri sari yеtaklaydi. Ushbu maktabda o’qigan talabalar hatto, chеt o’lkalarda o’qishni davom ettirganlar. Ushbu maktab ijodkorlari M. Bеhbudiy, S. Saidazizov, A. Avloniy, S.A. Sidiqiy, Munavvarqori, A. Shakuriy edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |