2. Shaxsning kasbiy shakllanish determinatsiyasi. Shaxsning kasbiy shakllanishi
Shaxsning kasbiy shakllanish determinatsiyasi
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Касб психологияси ва касбий шаклланиш
Shaxsning kasbiy shakllanish determinatsiyasi.
Shaxsning kasbiy anglashi bo’yicha o’tkazilgan tahlilini umumlashtirib, bu jarayonning asosiy nuqtalarini ajratishimiz mumkin: Shaxs kasbiy anglashni tadqiq etib, N.S. Pryajnikov uning quyidagi mazmunli - protsessual modelini asoslab berdi 1. Kasbiy anglash - individning kasblar olamiga va tanlangan aniq kasblar olamiga nisbatan bo‘lgan tanlovli munosabati. 2. O‘z xususiyatlar va imkoniyatlarini, kasbiy faoliyat talablarini va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda kasbiy anglash yadrosi hisoblanadi. 3. Kasbiy anglash butun kasbiy hayoti davomida amalga oshiriladi, shaxs doim o’zgaradi, o’z kasbiy hayotini qayta anglaydi va kasbida o’zini namoyon etadi. 4. Shaxs kasbiy anglashning dolzarblashuvi, turli voqealar, ya’ni umum ta’lim maktabini, o’quv yurtini tugatish malaka oshirish, yashash joyini almashtirish, attestatsiya, ishdan bushash va hokazalar bilan anglanadi. 5. Kasbiy anglash shaxs muhim ijtimoiy - psixologik yetukligini tavsifi hisoblanadi. 1. Ijtimoiy foydali mehnatning qadr-qimmatini va kasbiy tayyorgarligining zaruriyatini anglashning qadriyatli, ma’naviy asosi. 2. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda o’z yo’nalishini topish va tanlanadigan faoliyatni kelajakda rivojlantira olish. 3. Kasbiy mehnat olamida umumiy holda o’z yo’nalishini aniqlay olish va kasbiy maqsadni ajrata olish. 4. Yaqin oradagi kasbiy maqsadlarni keyingi maqsadga eltuvchi yo’llar va vositalari sifatida aniqlash. 5. Kasbiy ukuv yurtlari va ish urinlariga muvofik kasblar va mutaxassisliklar xakida ma’lumot berish. 6. Kasbiy maqsadlarga erishishni murakkablashtiruvchi tusiqlar haqida tasavvurga ega bulish, shuningdek, muljallangan rejalarni amalga oshirishga kul beruvchi uz fazilatlarini bilish. 7. Anglashning asosiy variant buyicha muvafaqqiyasizlikka uchragan holda, tanlov zaxira variantlarining mavjudligi. 8. Shaxs kasbiy istikbollarining amaliy yuritilishini boshlanishi va muljallangan rejalarni doimiy ravishda korrektirovka etish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling