2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish


Download 194.56 Kb.
bet1/9
Sana21.06.2023
Hajmi194.56 Kb.
#1643012
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TURSUNOVA MAVJUDA ONA TILI


Ona tili va o`qish savodxonligi darslarida shaxs va narsa harakatini bildirgan so`zlarni pedagogik texnologiyalar asosida o`rganish
Reja:
Kirish
I BOB.
1.1. Boshlang‘ich sinflarda shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlarni o‘qitishning maqsad va vazifalari
1.2. Boshlang‘ich sinf ona tili va o`qish savodxonligi darslarida shaxs va narsa harakatini bildirgan so`zlarni o`rganishning ahamiyati
II BOB.
2.1. Boshlang‘ich sinflarda shaxs va narsa harakatini bildirgan so`zlarni pedagogik texnologiyalar asosida o`rganish
2.2. 2-sinflarda «Narsa va shaxs harakatini bildirgan so‘zlar»ni o‘rgatishda mashq materiallarining o`rni va ahamiyati

  1. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jamiyatni istiloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo‘g‘ini,jamiyatdagi o‘zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, Respublikani jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim sohasini istiloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ushbu dastur yosh avlodga uzluksiz ta`lim berish va uni tarbiyalash jarayonini qamrab oladigan yagona ta`lim majmui hisoblanadi. Bunda ta`lim tizimining har bir bo`g`ini alohida o`rin va ma`suliyatga egadir. Dasturni to`liq amlga oshirish, qo`yilgan vazifalarga erishish anashu bo`g`inlarni holati va rivojlanish darajasiga, ularning o`zaro uyg`unligiga bog`liqdir.
Uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy to‘siqlarga qaramay, O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg‘or fikr egalarini, dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at ahllarini yetkazdi, insoniyatga ilm-fan, madaniyat va adabiyot sohasida o‘lmas yodgorliklar taqdim etdi. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis Xorazmiy kabi olim va shoirlar o‘z asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim - tarbiya, ilmiy va badiiy asarlarni o‘qish 7 va o‘rganish haqida fikrlar bildirib, metodik fikrning rivojiga ta’sir ko‘rsatdilar. Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yoshlarning asar matnini ifodali o‘qish san’atini egallashlariga diqqatni tortdi. Ulug‘ shoir o‘zining «Lisonut tayr» asarida asar mazmunini tushunib o‘qish usulini egallashga chaqirdi. «Mahbubul qulub» asarida «Xushnavis kotib so‘zga oroyish berur va so‘zlaguvchiga osoyish yetkurur» deb chiroyli yozishning va yozma nutq malakasini egallashning barchaga «osoyish» berishini ta’kidladi. «Muhokamatul lug‘atayn» asarida talaffuz va imlo, so‘z qudrati va nutq madaniyati, so‘z ma’nolaridan to‘g‘ri foydalanish, nutqni to‘g‘ri tuzish kabi masalalarning ilmiy sharhini berish bilan turkiy (o‘zbek) tilni chuqur o‘zlashtirish metodikasiga ulkan hissa qo‘shdi.

Download 194.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling