2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish
-sinflarda «Narsa va shaxs harakatini bildirgan so‘zlar»ni o‘rgatishda mashq materiallarining o`rni va ahamiyati
Download 194.56 Kb.
|
TURSUNOVA MAVJUDA ONA TILI
2.2. 2-sinflarda «Narsa va shaxs harakatini bildirgan so‘zlar»ni o‘rgatishda mashq materiallarining o`rni va ahamiyati
Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarni o‘rta ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga,ularda o‘qish, o‘rganish, tashabbus ko‘rsatish, mustaqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni rivojlantirish kundalik vazifalarimizdan biridir. Bu ishda yangi pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanins zarur. Texnologiya nima? Texnologiya tuzilma, didaktik maqsad, vazifalarni belgilab olishdan boshlanib, ta’lim jarayonini bir butun yaxlitlikka yo‘nalishini nazarda tutadi. Bu jarayon 1-4- sinflar orasidagi uzviylikni ta’minlash bilan bog‘liq, u shunday kechadiki, o‘qituvchi 4 yil davomida o‘quvchilarni ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘inida muvaffaqiyatli o‘qishlariga mas’uldir. 1-4- sinflarda joriy etiladigan yangi texnologiya, avvalo fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni integratsiyalash, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtda unumli foydalanish, tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, ijodiy ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish kabi zarur ishlarni bajaradi. Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishini nazorat qilish – ta’lim bo‘yicha davlat standarti talablari asosida amalga oshiradi, ya’ni bunda integratsiya asosidagi takomillashtirilgan boshlang‘ich ta’limga o‘tish ta’minlanadi. “Nazarda tutilayotgan boshlang‘ich ta’lim jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib, takomillashib boruvchi ta’lim nazariyasiga tayangan holda muntazam tarzda rivojlantiriladi va shaxsning ham jamiyat talablari asosida rivijlanib borishini nazarda tutadi”,- deyiladi boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasida. Xo‘sh, boshlang‘ich ta’lim tizimidan yangi pedagogik texnologiyalar o‘rin olyaptimi? Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirishi uchun avvalo o‘qituvchi shaxsini har tomonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mas’uliyati katta, chunki u umumiy ta’lim tizimining asosining, poydevorini yaratuvchi shaxsdir. Yangi pedagagik texnologiya, avvalo, shaxs tarbiyasiga qaratilgan bo‘lib, uning ma’naviy, ma’rifiy tamondan to‘laqonli rivojlanishini ta’milashi zarur. Barcha yaxshi ishlar milliy ananalar, urf-odatlar ruxida amalga oshishi kerak. Bolani ezgulikga yetaklash o‘qituvchining pedagagik mahoratiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Buyuk alloma, inson mohiyatining muhandisi Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida shunday fikrni bayon qilgan: «Tarbiyachining barcha xati-harakatlari ezgulikdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Ezgulik bola ruxiyatiga ta’sir etib, u yoshlikdan faqat yaxshi ishlar ijodkori bo‘lib qoladi». Buning uchun o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga kirishishdan oldin uni loyihalab olishi kerak. Maqsad, vazifalarni rejalab, so‘ng dars mavzusi asosida interfaol usullardan birini qo‘llashi, keyingi darslarda esa ularni takomillashtirishi, o‘quvchilarda bu vazifalarni bajarishga ko‘nikma hosil qilishi kerak. Test savollari tizimini avvaldan tuzish, uni maqsadga qarab o‘quvchilar tamonidan bajarilishini tashkil etishga qaratilishi zarur. Atro-muhit bilan tanishtirish o‘qish darslari bilan uzviy bog‘lanadi. Sayr-sayohatlarga borish va ko‘rganlarini o‘qish darslarida gapirib berish, esda qolganlarini yozish, rasmda ifodalash o‘quvchi bilan ishlash eng qiziqarli ishlardan biri bo‘lib, unga hamma vaqt yangi-yangi shakl berish lozim. Bolani zukkolikga, topqirlikga, xozirjavoblikga tayyorlash bu yangi pedagogik texnologiyaning bir ko‘rinishidir. Pedagogik texnologiya - barcha boshqariluvchi tashkiliy qismlar va ularning bog‘liqligini taxlil qilish, tanlash, loyihalash va nazorat qilish yo‘li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko‘tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda davlatimizda ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o‘quvchilarda xurfikirlilik, bilimga chanqoqlik, Vantanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakillanadi. Texnologiya tushinchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1972-yilda kirib keldi va yunincha ikki so‘zdan- texos(technt)-san’at, hunar va logos(logos)- fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topib hunar fani ma’nosini anlatadi. Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi(tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldin belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakillantirish jarayonidir. Ananaviy ta’limda ona tilidan bilimlarning repraduktiv usulda berilishi natijasida(aqliy faoliyat harakatining pastligi tufayli) ayrim hollarda mavzuni tushinmasdan tinglash holatlari yuzaga keladi. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish uchun ularning ma’lum darjada boshlang‘ich bilimga ega bo‘lishlarini taminlash zarur. Bu tildagi bilimlar zahirasi repraduktiv usulida yaratiladi. Ona tili ta’limi jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligini ta’minlaydigan praduktiv usullarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan sanaladi. O‘qitishning bunday usullari o‘qitilayotgan fanga nisbatan o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi, ularning mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, o‘rganilayotgan hodisaga munosabat bildira olish ko‘nikmasini shakillantiradi. O‘qitish usullari o‘quvchilarning o‘z fikirlarini og‘zaki dalillar bilan ifoda etishi va savodli yozishi, o‘zgalar fikriga munosabat bildira olishga erishniradi. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stiradigan praduktiv usullarini ona tili darslariga joriy etish o‘qituvchidan u haqda nazaruy tushunchalarga ega bo‘lishni talab etadi. Mahoratli, izlanuvchan o‘qituvchigina o‘qitishning ilg‘or usullarini muvaffaqiyatli qo‘llay oladi. Kuzatishlar o‘qituvchilarning darsdagi maqsadi va vazifalarini belgilash e’tibordan chetda qolayotganini ko‘rsatadi. Holbiki, ularning maqsad va vazifalarini belgilash pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi sanaladi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar asosida o‘tilayotgan dars xaritalarining ba’zilarida o‘qituvchi va o‘quvchining darsdagi maqsad va vazifalari aniq belgilanmoqda. Lekin bunday darslarning ham natijalari ham aniq xulosalanmagan. Asosan, yaxshi smaraga erishdik,degan yakun yasalgan. Ularda o‘quvchilar oldiga qo‘yilgan maqsadlarning qaysilariga erishilgani yoki erishilmagani va ularning sabablari ko‘rsatilmaydi. Shuningdek, o‘quvchilarning darsda qaysi vazifalarni astoydil, qiziqib bajargani, qaysilarni bajarmagani, bajara olmagani, bajarishni istamagani to‘g‘risida xulosa berilmaydi. Narsa va shaxs harakatini bilrirgan so‘zlar mavzusini o‘rganishda ” Beshinchisi ( oltinchisi, yettinchisi,...) ortiqcha” metodidan foydalanamiz. Buni biz” Ortiqchasini ajrat ” degan topshiriq bilan berdik. O‘quvchilarga bir turkumdagi so‘zlar ichiga boshqa turkumga doir so‘zlar aralashtirib berildi. O‘quvchilar ular ichidan boshqa turkumdagi so‘zlarni ajratib olish sababini izohlab berishdi. Bu usulni biz kartochkalar yordamida va kompyuterda bajartirdik, ortiqchasini ajratishgandan so‘ng mavzuga taalluqli so‘zlarni husnixat bilan daftarlariga yozdirdik. Berilgan topshiriqlardan namunalar keltiramiz: Narsa va shaxs harakatini nomini bildirgan so‘zlar ichida ortiqchasini ajrat : daraxt , suv, osmon, ko‘k,mard, kamalak,yomg‘ir, tiniq. Narsa va shaxs harakatini belgisini bildirgan so‘zlar ichida ortiqchasini ajrat: baland, keng, choynak, piyola, tor. Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, ya’ni fonetikasi, leksikasi, so‘z yasalishi va grammatikasining o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslanadi. Tilning barcha tomonlari o‘zaro bog‘lanishining ko‘p qirraliligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo‘lad. aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidair. Bu vazifani tilning har bir qismi bohqa qimi bilan o‘zaro bog‘lanishda bajaradi. Har bir so‘zga xos bo‘lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so‘zning tovuh qurulihi, shakli mazmuniz,aqlga ti’g‘ri kelmaganidek, o‘zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig‘indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. Fe’lning mavzusini o‘rganishga tayyorgarlik 1-sinfdan boshlanadi: O‘quvchilar nima qildi?, nima qiladi? nima qilyapti? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘rganadilar. Fe’l shaxs va narsalarning harakitini bildiradi. harakat keng ma’noda tushuniladi. masalan, holat ((o‘tiribdi, uxlayapti), belgining o‘zgarishi, ya’ni boshqa bir belgiga kirish ( qizardi, ko‘kardi), kishi yoki narsaga munosabat ( xurmatlaydi, sevadi) kabilar ham harakat tushunchasiga kiradi. Harakat bundan keng ma’noda tushunilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qiyinlik qilishi tabiiy, chunki ular harakatni tor ma’noda, ya’ni harakatning o‘zini tushunadilar. O‘quvchilarda fe’l haqidagi tushunchani tushunishlari shakllanishi uchun ularga ”harakat ” tushunchasini keng ma’noda anglatish darslik turli leksik ma’no bildiradigan fe’llardan foydalanish, fe’lga nima qildi? nima qildilar? nima qilyapti? nima qiladi? kabi savollarga so‘roqni to‘g‘ri bera olishga o‘rgatih lozim. 2-sinfada ” Narsa va shaxs harakatini bildirgan so‘zlar ” mavzuini o‘rganish uchun 12 soat ajratilgan. O‘quvchilar savollar yordamida so‘zlar shaxs va narsalarning nomini hrakatini, belgisini ifodalashini bilib oladilar. So‘zlarniso‘roqlar yordamida farqlashga o‘rgatih so‘z turkumlarini o‘rganishda bosh’lang‘ich bosqich hisoblanadi. 2- sinfda bu mavzularni o‘rganish bilan o‘quvchilar lug‘atini yangi fe’llar bilan boyitish, fikrni ifodalash uchun eng muvofiq fe’ldan foydalanishga o‘rgatiladi. Download 194.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling