2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish
Download 194.56 Kb.
|
TURSUNOVA MAVJUDA ONA TILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Svetofor» usuli
- «Qiziquvchan» usuli
- «Sizning yangi kompyuteringiz» usuli
- Ushbu tadqiqotimiz orqali harakat bildirgan so‘zlar» 2-sinf «Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so‘zlar» mavzulari o‘tiladigan darsni kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni tavsiya etamiz
«Oltita shlyapa» usuli - texnikani o‘tkazishda har xil rangdagi 6 ta bosh kiyimni 1 o‘quvchining o‘zi birma -bir "kiyishi" kerak. Oq rangda - mavzudagi barcha faktlarni sinchkovlik bilan va xolis tekshirish topshirig‘i bajariladi, qora rangda - kamchiliklarni topish, sariq rangda - afzalliklarni tahlil qilish, yashil rangda - bir nechta g‘oyalarni berish va qizil rangda - hissiy munosabat bildirish va ko‘k rangda - umumlashtirish kerak bo‘ladi.
Matnlar bilan ishlash : «Svetofor» usuli - grammatika bilan ishlash uchun qo‘llaniladi. O‘qituvchi proyektorda gaplar yozilgan slaydni namoyish etadi. O‘quv topshiriq sifatida gaplarning grammatik tuzilishini aniqlash beriladi. O‘quvchilar to‘g‘ri grammatik qo‘shimchalarni tanlashda qizil va yashil kartochkalarni ushlab turadilar va javoblarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb bilganlarida ularni yuqoriga ko‘taradilar. «Qiziquvchan» usuli - matnni o‘qib bo‘lgach, o‘quvchilar zanjir shaklida navbat bilan ushbu matndagi ma'lumotni tarjima qilishadi va bu informatsiyani bilish darajalari haqida axborot beradilar: «Men bunga endi duch keldim ...», «Men bilardim ...», «Men buni o‘qidim ...», deyishadi. Yakuniy bosqich. «Xulosa» usuli - o‘quvchilar zanjir bilan javob berishadi: «Dars yaxshi o‘tdi», «Dars qiziqarli bo‘ldi», «Darsda shovqin bo‘ldi», «Menga yoqmadi...» O‘quvchilarning erkin fikri ustidan nazorat o‘rnatilmaydi va o‘qituvchi liberal yondashadi. «Sizning yangi kompyuteringiz» usuli - har bir o‘quvchiga har xil rangdagi to‘rtta stiker beriladi. Ular yangi o‘rgandilarini, nimani tushunganlarini va qanday his -tuyg‘ularni boshdan kechirganlarini yozadilar. Keyin bu gaplarning barchasi doskadagi ramziy kompyuterga yopishtirilgan. Monitorda - men nimani ko‘rdim, klaviaturada - nimani o‘rgandim, tizim birligida - nimani tushundim, sichqonchada - nimani his qildim. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, nostandart narsalar yorqin esda qoladi. Faol usullar zerikarli va tanish darslarni ularni qiziqarli va ma'lumotli qilishi mumkin. Faol usullar va yangi zamonaviy texnologiyalar, o‘quvchilarga mustaqil hayotda o‘zigq ishonchni shakllantiradi, yangi sharoitlarga tez moslashish va maqbul yechimlarni topa oladigan zamonaviy bilim, ko‘nikma va fazilatlarga ega bo‘lgan bitiruvchini tayyorlashga imkon beradi, murakkab masalalarga oson yechim topishga ko‘maklashadi. XULOSA I. Boshlang‘ich sinflarda shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlarni o`rgatish orqali o‘quvchilarni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalash maqsadida ularga mustaqil fikrlash, o‘zligini anglash, bilimlarni o‘rganishda, maktabda va maktabdan tashqari ishlarda faollik, boy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni o‘rgatish o‘z shaxsidagi “men”ini tanitish, yuksak axloqiy fazilatlar va estetik ruhda tarbiyalashdan iborat. Boshlang‘ich ta’lim yoshdagi o‘quvchilarda ona tili va o`qish savodxonligi darslarida fe’l soz turkumini o`rganishning ahamiyati kelajakda davlatimiz va jamiyatimizga kerakli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ona tilidan dars beruvchi o‘qituvchi haqiqiy ijodkor bo‘lishi, ta’lim jarayonida o‘quvchining mavzuni tinglash, anglash, erkin va mustaqil fikrlash, qiyoslash, farqlash, alohidaliklarga ajratish va tasnif etishga yo‘naltirilgan faoliyatini rag‘batlantirishi, o‘z fikri, g‘oyalarini o‘zgalarga yetkaza olish ko‘nikma va malakalarining shakllanishini nazorat qilishi, boshqarishi darkor. U yoshlaming ahloqiy-ma’naviy tarbiyasi bilan shug`ullanishi, ularga sharqona muloqot odobi, milliy an’analarimizga hurmat, ona-Vatanga muhabbat tuyg‘usi kabi zaruriy xislatlarni singdira olishi lozim. Оnа tili fаrzаndlаrimizgа nаfаqаt o‘qish-yozishni, bаlki юqоri nutq mаdаniyatini, ijоdkоrlik vа suхаndоnlikni egаllаsh, ilm-fаnning turli sоhаlаrini аmаliy egаllаsh vа turli sоhаlаrdа iхtirоlаr qilish imkоniyatini оchib bеruvchi sirli kаlitlаrgа egа bo‘lish huquqini bеruvchi ulkаn хаzinаdir. Оnа tili аyni vаqtdа milliy mа’nаviyat vа mаfkurа, mаdаniyat vа qаdriyatlаrimizning, milliy tаfаkkurni shаkllаntiruvchi eng аsоsiy vоsitа hаmdir. O‘zbеk tilini o‘qitish mеtоdikаsi fаni оnа tilining аnа shu imkоniyatlаridаn mоhirlik bilаn fоydаlаnа оlishni o‘rgаtish, bo‘lаjаk o‘qituvchilаrni оnа tilining mаqsаd vа vаzifаlаrni to‘liq аnglаgаn hоldа, tа’lim jаrаyonidа ushbu mаqsаdlаr uyg‘unligi tа’minlаy оlаdigаn, dаrslаrni mаhоrаt bilаn tаshkil etа оlаdigаn g‘оyaviy еtuk, bilimdоn vа kоmpеtеntli o‘qituvchilаrni tаyyorlаshdir. II. Yangicha ijtimoiy, iqtisodiy sharoitda ona tilini o‘qitish mazmunini takomillashtirish, darslarni jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilish talaba faolligini oshiradigan muhim omillardan hisoblanadi. Nutqiy faoliyatda har bir til hodisasining o‘z o‘rni, o‘z vazifasi bor. Yoshlar til imkoniyatidan vaziyatga qarab foydalanish makakasiga ega bo‘lishlari, o‘z fikrini aniq ifodalashga, zarur bo‘lgan so‘z va gap shakllari, ibora va tasviriy ifodalarni tanlay va qo‘llay bilishlari davr talabidir. Buning uchun ona tili o‘qituvchisi o‘z ixtisosini puxta bilishi, ilg‘or pedagogik texnologiya hamda zamonaviy o‘quv - texnik vositalaridan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim. Shundagina ta’lim samarasi ham, o‘qitish darajasi ham yuqori bo‘ladi. O‘quv mashg‘ulotlarini yangi zamonaviy shakl va usullarda tashkil etish, talabalarni dars jarayonida maqsadli boshqara olish, ayni kunda, o‘qituvchilik faoliyatining bosh mezoni deb qaralmoqda. An’anaviy yo‘nalishdagi dars didaktik maqsadiga ko‘ra: yangi bilimlarni o‘zlashtirish; o‘tiganilgan bilimlarni amaliy tatbiq etish orqali mustahkamlash; o`tilganlarni takrorlash; bilim va malakalarni mustahkamlash; o`quvchi bilimini nazorat qilish va baholash; ularni bir sistemaga keltirish kabi turlarga ega ekanligi pedagogika fanidan yaxshi ma’lum. Ammo iqtisodiy-ijtimoiy ravnaq, ilm-u fan sohalaridagi yangi-yangi yutuqlar ta’limning asosiy vositasi bo‘lgan dars (mashg‘ulot) va uning turlarining ko‘payishiga, takomillashuviga olib keldi. Endilikda darslarning yangi tiplari va shakllari haqida ko‘plab ilmiy-metodik ishlar mavjudligini hisobga olib, biz ulardan faqat ikkitasi haqida to‘xtab o‘tishni lozim ko‘rdik. Ilg‘or pedagogik texnologiyaga asoslangan zamonaviy dars turlari va suhbatlarni qo‘IIash, o`quvchining ta’lim jarayonidagi о‘rni , unga yangicha yondashuv, yangicha munosabatni ta’minlash mazkur jarayonni mohirlik va idrok bilan boshqarish demakdir. Quyida ilg‘or pedagogik texnologiyaga asoslangan dars turlarining o‘ziga xos tomonlari haqida fikr yuritamiz. Musobaqa darslari Ona tili ta’limida musobaqa darslarini o‘tkazishdan maqsad o‘quvchining til darsida olgan bilimlarini sinab ko‘rish, o‘zaro munozara - muloqot jarayonida til imkoniyatlaridan foydalana olish, nutqiy mahorat, tez va aniq fikrlash darajasini, muammoli vaziyatlardan chiqa olish malakasini baholashdan iboratdir. Musobaqa daislari o‘quvchilaida faollik, topqiriik, zukkolik iazflatlarini shakllantiradi, ulami mustaqil ijodiy fikr yuritishga odatlantiradi, zarur va foydali ko‘nikmalami hosil qilishga yoidam beradi. Samarali dars shakllaridan biri bo‘lgan musobaqa darsi til mashg‘ulotlarining qiziqarli o‘tishi va o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlovchi vositadir. Musobaqa darslari uchun «Nutq tovushlaring siri», «So‘z harfidan so‘z yasang», «Timish belgilari musobaqasi», «So‘zshunoslar anjumani», «Zakovat» darslari... Bahs-munozara darslari musobaqa darslarida yechib ulgurilmagan, hali bir to‘xtamga kelinmagan masalalarni oydinlashtirish, to‘g`ri, aniq va muxtasar xulosalar chiqarish bilan farqlanadi. Bahs-munozara o‘quvchilardan hushyorlikni talab etadi. U mustaqil va jadal fikrlashga, hozirjavoblikka, aytilgan fikrning yoki noto‘g‘riligi haqida o‘ylashga, o‘z fikrini mantiqli va izchil isbotlashga o‘rgatadi. Ushbu tadqiqotimiz orqali harakat bildirgan so‘zlar» 2-sinf «Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so‘zlar» mavzulari o‘tiladigan darsni kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni tavsiya etamiz: Darsning yangi mavzu o‘rganiladigan qismi bo‘yicha 1. Harakat bildirgan so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra farqlashga o‘rgatilish. 2. Harakat bildirgan so‘zlarni gap, matn tarkibidan so‘roqlari (nima qildi? Nima qilyapti? nima qilmoqchi?) yordamida aniqlay olish. 3. Harakat bildirgan so‘zlarni shaxslarning harakatini narsalarning harakatini bildirishini anglashlari borasida ishlar. 4. O‘quvchilarning harakat bildirgan so‘zlarni biror yo‘nalishda (shaxsni harakatnibildiradigan so‘zlar; narsalarning harakatini bildiradigan so‘zlar; ma’nodosh, shakldosh fe’llar va hokazo) guruhlashga o‘rgatish. 5. Harakat bildirgan so‘zlarni talaffuzi va imlosi ustidagi ishlar. 6. O‘quvchilarning muayyan harakatining nimaning (ilonning yoki pashshaning harakati ekanligini ajrata bilish. Xulosa qilib aytganda, ulug‘ donishmandlardan biri «...kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi. Download 194.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling