2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish
Download 136 Kb.
|
XOLMURADOVA LOBAR ONA TILI
Ona tili va o`qish savodxonligi darslarida shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlarni grafik organayzerlar asosida o`rganish MUNDARIJA: Kirish.
1.1. Boshlang’ich sinf ona tili darslarining qurilishi va ularda qo’llaniladigan metodlar. 1.2. Grafik organayzerlar ta`lim berishning yangi usuli II.Bob. 2-sinfda ”Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar” mavsusini o’rganish. 2.1.Boshlang’ich sinflarda narsa va shaxs harakatini bildirgan so`zlarni o’rganishda izchillik. 2.2.2-sinflarda ”Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar”mavsusini o’rganishda grafik organeyzerlardan foydalanish. Xulosa. Kirish.
Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo’lishi uchun o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri,uslubiy aniq,izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko’nikmasini shakllanishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o’stirish ko’rsatmasi grammatik materialni o’rgatishda o’quvchilarning tilimizdagi har bir so’z turkumi yoki so’z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo’llashni talab etadi,ya’ni grammatik to’g’ri va aniq nutq malakalarini shakllanishga,anglab,tushunib yozish malakalarini o’stirishga amalda tatbiq etish uchun o’rgatildi. darsda o’quvchilar nutqini o’stirish darsning mazmunida va qo’llanilgan vazifalar turlarida o’z aksini topadi. Ona tili darsi o’quvchilar tafakkurini o’stirish ustida ishlash maqsadiga yo’naltirilganligiga qarab baholanadi. bunda muayyan grammatik va imloviy materialni o’rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o’zlashtirish ta’minlaydigan,aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o’tkazish tushuniladi. Shu ma’noda ushbu bitiruv-malakaviy ishi mavzusi dolzarblik kasb etadi. Mavzuning maqsadi. Mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib,ushbu vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib oldik: - boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishning maqsad va vazifalari. - boshlang’ich sinf ona tili darslarining qurilishi va ularda qo’llaniladigan metodlar. - boshlang’ich sinflarda fe’lni o’rganishda izchillik. - 2-sinflarda ”Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Mavzuning ob’yekti 2-sinfda o’qish darslarini tashkil qilish jarayoni. Tadqiqot metodlari Pedagogik kuzatish, izlanish metodi, shuningdek, reproduktiv va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Shu bilan birga,oliy o’quv yurtida olgan bilim,malaks,ko’nikmalarimizga tayandik. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so`zlarni2-sinf milliy o`quv dasturi asosida belgilangan maqsadlari quyidagilardan iborat. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling