2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish


II.Bob. 2-sinfda ”Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar” mavsusini o’rganish


Download 136 Kb.
bet4/5
Sana21.06.2023
Hajmi136 Kb.
#1643487
1   2   3   4   5
Bog'liq
XOLMURADOVA LOBAR ONA TILI

II.Bob. 2-sinfda ”Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar” mavsusini o’rganish.
2.1.Boshlang’ich sinflarda narsa va shaxs harakatini bildirgan so`zlarni o’rganishda izchillik.
2-sinfda o’quvchilarni shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so’zlar bilan tanishtirish, ularda bunday so’zlarni shaxs va narsalar nomini va belgisini bildirgan so’zlardan farqlash ko’nikmasini o’stirish vazifasi qo’yiladi. Bu ” Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar” mavzusiga 12 soat ajratilgan. O’quvchilarda harakat bildirgan so’zlarga nima qildi?, nima qiladilar? Nima qilyaptilar?, nima qiladi?, so’roqlariga javob bo’lishini va bera olish ko’nikmasi shakllantiriladi.
So’zga so’roqni to’g’ri berish ko’nikmasi o’quvchilarni keyingi sinflarda fe’lning zamon,shaxs-son shakllarini bilib olishga tayyorlashni ko’zda tutadi.
Bulardan tashqari, o’quvchilar savollar yordamida so’zlar shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini ifodalashini bilib oladilar .
O’quvchilar harakat bnildiruvchi so’zning (fe’lning) umumiy leksik-grammatik ma’nosini tushunishga o’rgatiladi. Ma’lumki, fe’l shaxs va narsalarning harakatini bildiradi: yozdi, o’qidi,uxladi,tinchlandi,shodlandi kabi.
Fe’l ustida ishlashda izchillik, bo’limlar orasidagi bog’lanish, dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda o’rganish usullari va vositalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
“ Fe’l” mavzusini o’rganishda asosiy vazifalari: so’z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish ,o’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og’zaki va yozma nutqda fe’ldan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’stirish, o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim imlo qoidalarni o’zlashtirish hisoblanadi.
Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning aniq nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi.
1-sinfda fe’l ustida ishlash. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o’gatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig’iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe” dagi so’z va mashqlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog’lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so’z nimani bildirishini va qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko’rib,gapni mazmunga mos so’zlar bilan to’ldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?... (yetiladi), daraxt barglari nima qiladi?... (sarg’ayadi), bolalar nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar), … (o’ynayaptilar),… ( ishlayaptilar).
Fe’lni o’rganishda maqsadaga qaratilgan ishlar harakatini bildirgan so’zlar mavzusini o’rganishdan boshlanadi (1-sinf, o’quv yilining 2-yarmi). Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirish) mos keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi,arralaydi,sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan, o’quvchilar o’zlari bajargan harakatlarni aytishni so’rab, ular bergan javobini ( fe’lni) so’roqlari bilan xattaxtaga yozib,suhbat o’tkazish bilan tushuntiriladi. O’quvchilarni so’roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti,o’ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga o’rgatib borish muhim ahamiyatga ega.
Bunday mashqlar o’quvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish ko’nikmasini shakllana borishiga yordam beradi.
Dastur o’quvchilarda so’zlarga so’roq berib, ularni bir-biridan farqlash ko’nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi fe’lning har xil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar o’tkazadi. Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’z bilan nima qildi? (nima qilyapti?, nima qiladi?) so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar guruhi predmetni bildirishi, nima qildi? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga o’rgatadi,ularning nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi.
Fe’lga so’roq berishga o’rgatish yuzaki bo’lmasligi, o’quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi ? so’roqlarini, ikki undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar? so’roqlarini be rishni bilishlari zarur. Bunday so’roqlarga javob berishga o’rgatish o’z navbatida, fe’l zamonlarini o’rganishga tayorlanish demakdir.
1-sinfda morfologik so’roq so’z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. O’quvchilarni so’zga so’roq berishga, o’qituvchi bergan so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni tanlashga, so’zni so’roqqa mos ravishda o’zgartirishga ( nima qildi?- o’qidi, nima qilamiz?- o’qiymiz, nima qilmoqchi?- o’qimoqchi kabi) o’rgatiladi.
2-3- sinflarda fe’lni o’rganish. Bu bosqichning asosiy vazifasi ” Fe’l – so’z turkumi” degan tushunchani shakllantirish, bo’lishli bo’lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab farqlash ko’nikmasini hosil qilish, bo’lishsizlik qo’shimchasi (-ma) ning talaffuzi va imlosini o’rgatish hisoblanadi.
Fe’lning harakat bildirish yuzasidan o’quvchilarda aniq tasvvur hosil qilish uchun o’qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni o’quvchilarning o’zlari bajarayotgan ish - harakatni aytishni so’raydi, suhbat o’tkazadi. Suhbatda ” O’qituvchi nima qildi? O’quvchilar nima qildilar? Hozir o’qituvchi nima qilyapti? O’quvchilar nima qilyaptilar? O’qituvchi nima qiladi? Kabi so’roqlardan ham foydalanadi.
Suhbatdagi yoki o’quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo’lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi? Kabi so’roqlarga javob bo’lib, predmet harakatini bildidgan so’zlar fe’l deyiladi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi.
Mavzu yuzsidan o’quvchilarda ko’nikma hosil qilish uchun so’roq berib fe’lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qo’yish,aralsh berilgan so’zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Dasturga ko’ra 3-sinfda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar o’rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushunturiladi. Suhbat uchun ” O’qish darsida kimlar o’qidi? Shokir ham o’qidimi? Kim so’zladi? Alisher so’zladimi? Barni kutubxonaga boradimi? Abdulla-chi? U qachon bormoqchi? Hozir kim tushuntirayapti? Hozir tohir gapiryaptimi? ” kabi savollardan ham foydalaniladi. O’quvchilar so’roq berib fe’llarni topadilar, ma’nosini qiyoslaydilar va o’qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. Xulosa chiqaradilar: fe’l harakatning yuzaga chiqqanini, ya’ni bajarilayotganini ( o’qidi, so’zladi), hozir bajarilayotganini( tushuntiryapti), endi bajarilishini ( boradi, o’qiydi) bildiradi. Bu fe’llar bo’lishli fe’llar deyiladi. Ayrim fe’llar harakatning bajarilmaganligini (o’qimadi, so’zlamadi), hozir bajarilmayotganini (o’qimayapti), keyin ham bajarilmasligini
( bormaydi) bildiradi. Bunday fe’llar bo’lishsiz fe’llar deyiladi.
O’quvchilar bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni so’roqlari bilan ikki ustun shaklida yozadilar va so’roqlarini bo’lishsiz fe’l qanday hosil bo’lganini aytadilar. O’quvchilar bilimi mashqlari bilan mustahkamlanadi, bo’lishsiz qo’shimchasi –ma -mi shaklida talaffuz qilinsa ham, doim aslicha - ma shaklida yozilishi tushuntiriladi. O’quvchilarda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni ma’nosiga qarab farqlash ko’nikmasini o’stirish uchun bo’lishli fe’ldan bo’lishsiz fe’l hosil qilish, bo’lishsiz fe’llarning talaffuzi va yozilishini qiyoslash, bo’lishsiz fe’llar bilan gaplar tuzish mashqlaridan foydalaniladi.
4-sinfda fe’lni o’rganish. Bu sinfda fe’lni o’rganishning vazifalari quyidagilar:
1. Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi,zamon qo’shimchasi bilan o’zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikma hosil qilish; fe’lning leksik ma’nolari, bo’lishli va bo’lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.
2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bog’liq holda o’z va ko’chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.
3. Zamon qo’shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko’nikma hosil qilish.
4. Qo’shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikmani hosil qilish hisoblanadi.
Fe’l zamoni shaklining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya’ni ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytda, undan oldin va keyin bajarilishini taqqoslash nasosida ochiladi. Aniq kuzatish asosida yig’ilgan bu leksik materiallar o’qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi.

  1. Fe’llar zamon bilan o’zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o’tgan zamon, kelasi zamon.

  2. Hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? so’rog’iga javob bo’ladi, hozirning o’zida ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi.

  3. O’tgan zamon fe’li nima qildi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi.

  4. Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan savollardan bilib oladilar. So’roqdan so’ng leksik ma’nosi ham bilinib turadi.

Fe’lning zamon shaklini yasash va bilib olish uchun o’quvchilarni so’roqlardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Zamon shaklini hosil qilish uchun fe’lning II shaxs birlik shakli asos qilib olinadi. Fe’lga so’roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi.
O’quvchilarni fe’l zamonlarini ongli qo’llashga o’rgatish maqsadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe’l zmonini aniqlash va biror fe’l shaklidan foydalanishni asoslash, shuningdek, fe’l zmonii o’zgartirish , fe’llarni muayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish topshiriladi.
Dasturga ko’ra, bu sinfda fe’llarda shaxs-son haqida tushuncha beriladi. O’quvchilarda o’zbek tilida III shaxs: so’zlovchi ( I shaxs), tinglovchi ( II shaxs ),o’zga ( III shaxs) mavjudligi haqidagi dastlabki ko’nikma ” Otlarning egalik qo’shimchalari bilan o’zgarishi” va ” Kishilik olmoshlari” mavzulari o’rganilayotganda hosil qilingan. ”Fe’llarda shaxs-son” mavzusi shu ko’nikmaga asoslangan holda tushuntiriladi.
Fe’llarda shaxs-son haqidagi ko’nikmani shakllantirish uchun mazmunga mos shaxs-son qo’shimchalarini qo’yish, berilgan fe’llarni hozirgi , o’tgan, kelasi zamonda shaxs –son qo’shimchasi bilan tuslash, fe’llarni so’z turkumi jihatdan tahlil qilish mashqlaridan foydalaniladi.
Bu sinfda fe’llarning yozilshi hamda u haqida ko’nikma hosil qilinadi. Mavzuni tushuntirish uchun fe’llar ko’proq bo’lgan matn tanlanib, matnni o’qish, so’zlab berish, so’roq berish, fe’llarni topish va qanday yozilganini aytish topshiriladi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar.
Mavzu. Shaxs ( kishi)lar va narsalarning harakatini bildirgan so’zlar haqida tushuncha.
Maqsad: Shaxs va narsaning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti? nima qiladi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini bildirgan so’roqlarga beriladigan so’roq bilan shu so’zning ma’nosini taqqoslash ko’nikmasini o’stirish.
Darsning borishi.
I. Kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni chap tomonga, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni o’ng tomonga ustun shaklida yozing.
1. Bolalar ta’lim-tarbiya oladigan o’quv yurti. (Maktab)
2. Maktabda o’qiydigan bola. ( O’quvchi)
3. G’o’za ekilgan dala. ( Paxtazor)
4. Paxta yetishtiruvchi dehqon. ( Paxtakor)
5. Mevali daraxtlar ekilgan joy. ( Bog’)
Bog’ni parvarish qiladigan odam. ( Bog’bon)
Namuna : kim? O’quvchi. Nima? Maktab.
O’quvchilar bajargan ish tekshiriladi.
- kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar nimalarni bildiradi? O’qituvchi xulosalaydi. Kim? so’rog’iga javib bo’lgan so’zlar kishilarning, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar narsalarning nomini bildiradi.
II. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar nimani bildirishi yuzasidan kuzatish.
Birinchi usul. O’quvchilar 211-mashqlarni topshiriqlarni tartibida bajaradilar; nima qildi?, nima qilyapti? nima qiladi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar kishilar va narsalarning harakatini bildiradi, degan xulosaga keladilar.
Ikkinchi usul. O’qituvchi bolalarga nima qilish kerakligi yozilgan topshiriqli (masalan, xattaxtaga yozish, berilgan kitobni o’qish, rasmga qarab kishi va narsalar qanday ishni- harakatni bajarayotgani haqida gap tuzish kabi) kabi kartochkalarni tarqatadi. o’quvchilar topshiriqni bajarishga tayyorlanadilar. Ikki o’quvchi chaqiriladi, ulardan biri o’qituvchi aytgan so’zni doskaga yozadi; ikkinchisi berilgan kitobni o’qiydi; boshqa o’quvchilar ular bajargan ish- harakatni kuzatadilar; keyin bir necha o’quvchi berilgan rasmga qarab, gap tuzib aytadilar.
Kuzatish natijalari shakllantiriladi; o’qituvchi xattaxtaga, o’quvchilar daftarlariga quyidagi tartibda yozadilar:
Kim? Nima qildi?
qizcha yozdi
bola o’qidi
Nima? Nima qiladi?
qush uchadi
bulbul sayraydi
daryo oqadi
- Chap ustundagi so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi? ( Kim? yoki nima?) ular nimani bildiryapti? ( Kishi – shaxs va narsalarning nomini bildiradi.)
- O’ng ustundagi so’zlar qanday so’roqlarga javib bo’lyapti? Ular nimani bildiryapti?
O’quvchilar nima qilyapti?, nima qiladi? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlar aytadilar.
Umumlashtirish. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar kishilarning va narsalarning harakatini bildiradi.

III. Kishilarning va har xil narsalarning harakatini, ishini bildirgan so’zlarni aniqlab bilib olish.


1. 212-213- mashqlarni bajarish.
2. Darslikdan qoidani o’qish, miollar aytish.
3. Hayvonlar qanday ovoz chiqarishini o’ylab toping va gap tuzing. o’qituvchi hayvon nomini aytadi, o’quvchilar gap tuzadilar. Ot kishnaydi, it vovullaydi. Mushuk miyovlaydi. Harakat bildirgan so’zlarga nim qiladi? so’rog’ini beradilar.
4. Og’zaki mashq. Topishmoqni o’qing.
Oyog’i yo’q, qochadi.
Qanoti yo’q, uchadi.
- Tophmoqning javobi – tutunning harkatini bildirgan so’zlarni aniqlang, ularga so’roq bering. ( Nima qiladi? uchadi, qochadi.)
IV. Darsni yakunlash.
- Darsda nimalar haqida bilib oldingiz? Nimalar o’rgandingiz?
V. Uyga vazifa. 214 – mashq.

Mavzu. So’z – narsa, belgi, sanoq yoki harakatning nomi.


Maqsad. Nutq birligi bo’lgan so’z haqidagi tasavvurni shakllantirish: odamlar bilan aloqa,munosabat jarayonida gap va so’zning xususiyatlari haqidagi tasavvurni aniqlash.
Darsning borishi.
I. uy vazifasini tekshirish.
II. darsning maqsadini tushuntirish.
- Gap nima? Bu haqda darlikdan o’qing. Qaysi mavzudan qidirasiz? ( Nutq. Matn. Gap.) o’quvchilar mundarijadan mavzu nomini o’qiydilar va drslikdan shu betini topadilar, gap haqidagi ma’lumotlarni o’qiydilar. O’zingiz qish fasli haqida gaplar tuzing. ( ular tuzga gaplardan biri izihalb yozdiriladi)
- Gap nimalardan tuziladi? ( so’zlardan)
Drslikda berilgan so’roqni o’qing .( so’z nimalarni bildiradi?) Bu savolga qanday javob berasiz? ( o’quvchilar o’ylaydilar). Darsning maqsadi aytiladi:
- So’z nima? So’z nimalrni bildiradi? so’rog’iga birgalikda javob beramiz.
III. So’z yuzasidan kuzatish.
Birinchi usul. Suhbat.
- sinfdagi narsa buymlarning nomini ayting. ( Parta, xattaxta, stol, stul, javon, daftar,...)
- Derazadan maktab hovlisiga ( ko’chaga) qarang. U yerda ko’ringan narsalarning nomini ayting. ( O’quvchilar ko’rgan narsalarini aytadilar, lekin kishilarni aytmasliklari mumkin) Hovlida kimlarni ko’ryapsiz? ( O’quvchi, o’qituvchi, bola, ...)
- Siz narsa va shaxslarning nomini aytish uchun nimadan foydalandingiz? (so’zlardan) Narsalarni bildirgan so’zlardan beshtasini yozing. ( So’z aytib turish bilan yozdiriladi)
- Har bir narsaning o’z belgisi bor. ( Oqituvchi biror narsani, masalan, qandni,olmani ko’rsatadi.)
- Bu nima? ( Qand) Qandning rangi qanaqa? (Oq) Mazasi qanday? ( Shirin) Shakli qanaqa? ( Dumaloq) Olma nechta?
- Siz narsa buyumning ( qand, olmaning) belgisini ( rangini, mazasini, shaklini) va sonini aytish uchun nimadan foydalandingiz? ( so’zdan) Demak, so’z narsa –shaxslarning belgisini va sonini bildiradi.
Narsalar ( hayvonlar, jonivorlar,qushlar, …) va kishilar ( shaxslar) biror ishni yoki harakatni bajaradilar.
( Masalan, ot, o’quvchi rasmi ko’rsatiladi.) Ot nima qiladi? ( Yuradi, tashiydi, chopadi.) O’quvchi nima qiladi? ( O’qiydi,yozadi,so’zlaydi, …) Narsa va kishilar bajargan ish harakatni aytishda nimadan foydalandingiz? ( so’zdan) Demak, so’z narsa va kishilarning harakatini bildiradi.
- Odamlar atrof – muhitda mavjud bo’lgan hamma narsa – shaxslarni, ularning belgilarini va harakatlarini juda e’tibor bilan kuzatadilar hamda ularning barchasiga nom qo’yadilar. Agar narsa va shaxslar so’z bilan atalmasa,biz bir – birimizni hech tushuna olmaymiz va har vaqt bir – birimizni hech tushuna olmaymiz va har vaqt bir –birimizga fikrimizni tushunishni juda qiyinlashtiradi. So’z nima? So’z nima uchun kerak?
O’quvchilar xulosani darslikdan o’qiydilar.
Ikkinchi usul. O’quvchilar sarlavha tagida berilgan savolga javob berish uchun shu betda berilgan topshiriqlarni bajaradilar, bir necha so’zni yozadilar, o’qituvchi yordamida xulosa chiqaradilar va darslikdagi xulosani o’qiydilar.
155-mashq.
IV. So’z va gapning nutqimizdagi ahamiyatini taqqoslash.
O’quvchilar 156-157- mashqlarni bajaradilar, darslikdagi xulosa ustida ishlaydilar.
V.” Tilimizda so’zlar n nima uchun juda ko’p?” savoliga birgalikda javob topish. ( Atrofimizda har xil narsalar, o’simliklar ko’p, o’rmonlarda turli xil daraxt va hayvonlar, daryo va ko’llarda har xil baliqlar ko’p. ... Ularning hammasining nomi bor. Kishilar xilma-xil ish harakatni bajaradilar. Bularning ham nomi bor. Har bir narsaning bir necha xil belgisi va soni, sanog’i mavjud, ularning ham nomi bor va boshqalar. Ana shular uchun ham tilimizda so’zlar juda ko’p.)
VI. Darsni yakunlash.
- Darsda nimalarni bilib oldingiz?
VII. Uyga vazifa. 158- mashq.
So’z va gap haqida darslikdan o’qish bilish. Tilimizda yangi so’zlar yaratiladimi? savoliga javob berishga tayyorlanish.
2.2. 2-sinflarda ” Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini o’rganishda grafik organayzerlardan foydalanish.
Boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarni o’rta ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga,ularda o’qish, o’rganish, tashabbus ko’rsatish, mustaqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni rivojlantirish kundalik vazifalarimizdan biridir. Bu ishda yangi pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanins zarur.
Texnologiya nima? Texnologiya tuzilma, didaktik maqsad, vazifalarni belgilab olishdan boshlanib, ta’lim jarayonini bir butun yaxlitlikka yo’nalishini nazarda tutadi. Bu jarayon 1-4- sinflar orasidagi uzviylikni ta’minlash bilan bog’liq, u shunday kechadiki, o’qituvchi 4 yil davomida o’quvchilarni ta’lim tizimining o’rta bo’g’inida muvaffaqiyatli o’qishlariga mas’uldir. 1-4- sinflarda joriy etiladigan yangi texnologiya, avvalo fanlar orasidagi bog’liqlikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni integratsiyalash, o’quvchi faoliyatini to’g’ri izga solish, vaqtda unumli foydalanish, tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, ijodiy ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish kabi zarur ishlarni bajaradi.
Boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarning to’laqonli bajarilishini nazorat qilish – ta’lim bo’yicha davlat standarti talablari asosida amalga oshiradi, ya’ni bunda integratsiya asosidagi takomillashtirilgan boshlang’ich ta’limga o’tish ta’minlanadi.
” Nazarda tutilayotgan boshlang’ich ta’lim jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib, takomillashib boruvchi ta’lim nazariyasiga tayangan holda muntazam tarzda rivojlantiriladi va shaxsning ham jamiyat talablari asosida rivijlanib borishini nazarda tutadi”,- deyiladi boshlang’ich ta’lim konsepsiyasida.
Xo’sh, boshlang’ich ta’lim tizimidan yangi pedagogik texnologiyalar o’rin olyaptimi?
Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirishi uchun avvalo o’qituvchi shaxsini har tomonlama mukammal bo’lishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang’ich sinf o’qituvchisining mas’uliyati katta, chunki u umumiy ta’lim tizimining asosining, poydevorini yaratuvchi shaxsdir.
Yangi pedagagik texnalogiya, avvalo, shaxs tarbiyasiga qaratilgan bo’lib, uning ma’naviy, ma’rifiy tamondan to’laqonli rivojlanishini ta’milashi zarur.
Barcha yaxshi ishlar milliy ananalar, urf-odatlar ruxida amalga oshishi kerak. Bolani ezgulikga yetaklash o’qituvchining pedagagik mahoratiga ko’p jihatdan bog’liq. Buyuk alloma, inson mohiyatining muhandisi Ibn Sino o’zining ”Tib qonunlari” asarida shunday fikrni bayon qilgan: ” Tarbiyachining barcha xati-harakatlari ezgulikdan iborat bo’lmog’i lozim. Ezgulik bola ruxiyatiga ta’sir etib, u yoshlikdan faqat yaxshi ishlar ijodkori bo’lib qoladi”.
Buning uchun o’qituvchi yangi pedagogik texnalogiyalarni qo’llashga kirishishdan oldin uni loyihalab olishi kerak.
Maqsad, vazifalarni rejalab, so’ng dars mavzusi asosida interfaol usullardan birini qo’llashi, keyingi darslarda esa ularni takomillashtirishi, o’quvchilarda bu vazifalarni bajarishga ko’nikma hosil qilishi kerak.
Test savollari tizimini avvaldan tuzish, uni maqsadga qarab o’quvchilar tamonidan bajarilishini tashkil etishga qaratilishi zarur.
Atro-muhit bilan tanishtirish o’qish darslari bilan uzviy bog’lanadi. Sayr-sayohatlarga borish va ko’rganlarini o’qish darslarida gapirib berish, esda qolganlarini yozish, rasmda ifodalash o’quvchi bilan ishlash eng qiziqarli ishlardan biri bo’lib, unga hamma vaqt yangi-yangi shakl berish lozim.
Bolani zukkolikga, topqirlikga, xozirjavoblikga tayyorlashda grafik organayzerlar ko’rinishidir.
Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.
Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi:
Ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali.
Ma`lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi.
Muammolarni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli” sxemalari, “ Qanday?” ierarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema kabi turlari mavjud.
“VENN DIAGRAMMASI” METODI
Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Talabalarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari:
-Talabalar ikki guruhga bo‘linadi;
-plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo‘yiladi;
-har bir to‘g‘ri fikrga qo‘yiladigan ball oldindan kelishib olinadi;
-qo‘yilgan topshiriq bo‘yicha guruhlarning har qanday to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrlari bir talaba tomonidan ikki xil rangdagi flomasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi;
-kichik guruh ichidan biror talaba sheriklarining ismi-shariflari to‘g‘risiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi va talabalar hamkorligida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar aniqlanadi;
-to‘g‘ri javobga uch ball qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir noto‘g‘ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi;
-eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib hisoblanib ular rag‘batlantiriladi;
-bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto‘g‘rilari o‘chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo‘yiladi. Venn diagrammasi metodini barcha talabalar bir-biriga bog‘liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida ushbu metodni Zamonaviy iqtisodiyot darslarida qo‘llash mumkin: Rag‘batlantiruvchi marketing bilan Remarketing umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin mavzularni umumlashtiris maqsadida “Venn diagrammasi” qo`llanilsa dars samaradorligi osha
Xulosa
Maktabda o’quv predmeti sifatida tilni o’rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, ya’ni fonetikasi, leksikasi, so’z yasalishi va grammatikasining o’zaro ichki bog’lanishlariga asoslanadi.
Tilning barcha tomonlari o’zaro bog’lanishining ko’p qirraliligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo’lad. aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidair. Bu vazifani tilning har bir qismi bohqa qimi bilan o’zaro bog’lanishda bajaradi. Har bir so’zga xos bo’lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi.
Ammo so’zning tovuh qurulihi, shakli mazmuniz,aqlga ti’g’ri kelmaganidek, o’zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig’indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig’indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin.
Fe’lning mavzusini o’rganishga tayyorgarlik 1-sinfdan boshlanadi:
O’quvchilar nima qildi?, nima qiladi? nima qilyapti? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni o’rganadilar.
Fe’l shaxs va narsalarning harakitini bildiradi. harakat keng ma’noda tushuniladi. masalan, holat ((o’tiribdi, uxlayapti), belgining o’zgarishi, ya’ni boshqa bir belgiga kirish ( qizardi, ko’kardi), kishi yoki narsaga munosabat ( xurmatlaydi, sevadi) kabilar ham harakat tushunchasiga kiradi.
Harakat bundan keng ma’noda tushunilishi boshlang’ich sinf o’quvchilariga qiyinlik qilishi tabiiy, chunki ular harakatni tor ma’noda, ya’ni harakatning o’zini tushunadilar.
O’quvchilarda fe’l haqidagi tushunchani tushunishlari shakllanishi uchun ularga ”harakat ” tushunchasini keng ma’noda anglatish darslik turli leksik ma’no bildiradigan fe’llardan foydalanish, fe’lga nima qildi? nima qildilar? nima qilyapti? nima qiladi? kabi savollarga so’roqni to’g’ri bera olishga o’rgatih lozim.
2-sinfada ” Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar ” mavzuini o’rganish uchun 12 soat ajratilgan.
O’quvchilar savollar yordamida so’zlar shaxs va narsalarning nomini hrakatini, belgisini ifodalashini bilib oladilar. So’zlarniso’roqlar yordamida farqlashga o’rgatih so’z turkumlarini o’rganishda bosh’lang’ich bosqich hisoblanadi.
2- sinfda bu mavzularni o’rganish bilan o’quvchilar lug’atini yangi fe’llar bilan boyitish, fikrni ifodalash uchun eng muvofiq fe’ldan foydalanishga o’rgatiladi.


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling