2-sinf Ona tili O’zbek alifbosida nechta unli tovush bor?


Download 24.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi24.5 Kb.
#246314
Bog'liq
2-sinf Ona tili test yangi


2-sinf Ona tili

1.O’zbek alifbosida nechta unli tovush bor?

A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta



2.O’zbek alifbosida nechta undosh tovush bor?

A) 24 ta B) 23 ta C) 22 ta.



3. Pashsha” so’zida nechta tovush bor?

A) 6ta B) 5ta C) 7ta



4.Gapning oxiriga qanday belgi qo’yiladi?

A) Vergul B) Ikki nuqta C) Nuqta



5. Qanoti bor, qoni yo’q,

Tuxum qo’yar,soni yo’q.Topishmoqning javobi nima?

A)Kapalak B)Tovuq C)O’rdak

6. Qaysi tovushlarni aytganimizda, havo og’izda to’siqqa uchraydi?

A) Unli tovushlarda B) Undosh tovushlarda C) Ikkalasida ham

7. Qaysi so’zda nuqtalar o’rniga u unlisi qo’yiladi?

A) Uz..m B) Bil..m CTin..m



8. Qaysi so’zda nuqtalar o’rniga h undoshi qo’yiladi?

A)…at B)…ayot C) dara..t



9. Jarangsiz undoshlarga xos xususiyatni belgilang.

A) talaffuzda faqat ovoz eshitiladi B) talaffuzda shovqin va ovoz eshitiladi

C) talaffuzda faqat shovqin eshitiladi

10.Jarangli undoshlarga xos xususiyatni belgilang.

A) talaffuzda shovqin va ovoz eshitiladi B) talaffuzda faqat shovqin eshitiladi

C) talaffuzda faqat ovoz eshitiladi

11. Matn nimalardan tuziladi?

A) gaplardan B) so‘zlardan C) bo‘g‘inlardan



12. O’zbek alifbosida qaysi harf ikkita tovushni ifodalaydi?

A) h harfi B) x harfi C) j harfi



13. Harf birikmasi ishtirok etgan so’zni toping.

A) Toshkent B) Farg’ona C) Samarqand



14. Tutuq belgisi no’to’ri qo’llangan so’zni toping.

A) va’da B) sa’va C) ma’shal



15. So‘zda nechta bo‘g‘in borligi qanday aniqlanadi?

A) so‘zdagi unli harflar soniga qarab B) so‘zdagi undosh harflar soniga qarab

C) barcha harflar sanaladi

16. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri bo‘lingan so‘zni belgilang.

A) sa-yyo-ra B) say-yo-ra C) say-yora



17. “Qalpoqni top, qopqoqni yop” tez aytishida nechta bir bo‘g‘inli so‘z bor?

A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta



18. O’zbekiston so’zi nechta bo’g’indan iborat?

A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta



19. Qaysi so’zning oxiriga “t” tovushi qo’yiladi

A) xursan... B) balan… C) darax…



20. Maqolni davom ettiring. Bir yigitga…

A) 7 hunar oz B) 70 hunar oz C) ko‘p hunar oz



21. Maqolning davomini toping va chiziq chizish orqali birlashtiring:

1

Ish ishtaha ochar

bir kes

2

Beshikdan to qabrgacha

Oltin beshiging

3

Ona yurting

ilm izla

4

Yetti o’lchab

dangasa ishdan qochar

22. Bir bo’g’inli so’zlarga beshta misol yozing.

23. Undosh tovushlarni jarangli va jarangsiz undoshlarga ajratib yozing.

24. ”h” va ”x” undoshlari qatnashgan 3 tadan so’z yozing.

25. Tutuq belgili so’z qatnashgan gap tuzing.
Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling