2-sinf uchun matimatikadan 1soatlik
Download 83.55 Kb.
|
1-sinf matematika 104-107.Qavslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Darsning borishi
I
Darsning rejasi: 1.Tashkiliy ishlar-1’ 2.O’tilgan mavzu bo’yicha qisqacha takrorlash, savol-javob, baholash ishlarini o’tkazish-5| 3.Yangi mavzu bayoni-20| 4.Yangi mavzu bo’yicha amaliy ishlar-12| 5.Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning mustaqil amaliy ishlari-3| 6. Kitob bilan ishlash –2| 7. Uyga topshiriq berish-2| I.Darsning borishi: 1.Tashkiliy ishlar –salomlashish, sinf o’quvchilarining darsga tayyorgarligini aniqlash, sinf xattaxtasida dars uchun yozuvlar, chizmalar, sxemalarni tayyorlash, davomat, yangi mavzu uchun materiallarning mavjudligi. 2. O’tilgan mavzu bo’yicha takrorlash, savol-javob, qisqacha yakunlash. Perimetr nima? Kvadratning perimetrini oson topishning yo’lini ayting. To’g’ri to’rtburchak perimetri qanday topiladi? Uchburchakning perimetrini topishda nechta tomon yig’indisini qo’shish kerak? Olti tomonli ko’pburchakda nechta tomon bor? Olti burchakli ko’pburchakni perimetrini hisoblashda nechta tomon yig’indisi topiladi? III.Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzu quyidagi misolni yechish bilan boshlanadi(ish og’zaki bajariladi). 3 va 4 sonlari va bu yig’indini 9 sonidan ayiring 9 - (3+4) = 2 b) 5 soniga 10 va 8 sonlari ayirmasini qo’shing. 5 + (10-8) = 7 Og’zaki hisoblashlar vositasida umumiy qoida chiqariladi, yani, agar songa yig’ma yoki yig’indini qo’shish kerak bo’lsa, ularni qavslar ichiga yoziladi: 9-(3+4) va 5+(10-8) Darslikdagi masala ishlandi.
Bolaning 10 so’m puli bor edi. U 5 so’mga ruchka, 2 so’mga qalam oldi. Bola sotuvchiga 10 so’m bergan bo’lsa, sotuvchi bolaga qancha qaytishi kerak? Masalani yechish uchun shunday mulohaza qilishga o’rgatiladi. Bolalar, sotuvchi bolaga qancha qaytim berishi uchun avval u ruchka va qalamning pulini nima qiladi (qo’shib oladi yani 5 so’mga 2 so’mni qo’shadi 5+2=7 so’m). Sotuvchi shundan keyin 10 so’mdan 7 so’mni olib qolib qolganini qaytib berishi kerak bo’ladi. Demak hisoblashlar quydagicha yozlishi kerak . 10-(5+2) = 3 so’m Demak, qavslar oldin yig’indini topish, so’ngra ayirmani bajarish kerakligini bildiradi ekan .Demak, qoida shunday : Qavsli ifodalarda oldin qavslar ichiga yozlgan sonlar ustida amallar bajarildi. Shundan keyin quyidagi misol va masalalar taxlil qilinadi, ishlanadi. 271. a) o’qing va hisoblang . 1) 16 sonidan 20 va 17 sonlarining ayirmasini ayiring : 16-(20-17) 2) 8 soniga 3va 9 sonlarining yig’indisini qo’shing 8+(3+9) b) Buvim 9 g’altak jigarrang ip va 7 g’altak sariq ip sotib oldi. Do’ppi tikishga u 6 g’altak ipni sarfladi. Buvimda nechta g’altak ip qoldi? Bu masalani 3 usul bilan echish mumkin . 1 usul – (9+7) – 6 = 10 (g’altak) 2 usul - (9-6) + 7 = 10 (g’altak) 3 usul – (7-6) + 9 = 10 (g’altak) Bu 3 ta usulning har biri alohida – alohida tahlil qilinishi kerak. Bolalar, har bir usulning yechilishidagi mohiytni, mazmunni anglashi va qaysi usul osonligini o’zlari topishi zarur. Shundan keyin bolalarga shunday misollar berish kerakki, bolalar qavslar natijalariga, yani javobning to’g’ri yoki noto’g’ri chiqishiga ta’sir qlishi mumkinligini topa olsin. Masalan, 272-misolni berish kerak. Sharti: qavslarni qayerga qo’ysak, natija to’g’ri chiqadi A) 10-6+3=1 B) 10-6+3=7 V) 12-7+5=0 G) 12-7+5=10 Demak, bu 4 ta holning quyidaglarining qavsga olinishini bola topishi kerak. A) holda (6+3) B) holda (10-6) V) holda (7+5) G) holda (12-7) Bo’lgandagina va doimo qoida bo’yicha qavslar uchidagi amallar oldin bajarilsagina natija to’g’ri chqishini bola anglashi, idrok qilishiga erishish zarur. Bolalarga qavs amalarini oldin bajarishi xaqidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida qartochkali misollar qayerga qavs qo’yilsa, javob to’g’ri bo’lishini topishga doir misollar beriladi. Masalan 15-7+3 = 5 4+15-10 = 9 19-15-10 = 14 6-3+ 1 = 2 7+3-2 = 8 8-4+1 = 3 va hokazo IV.Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning mustaqil ishlari uchun sinf xattaxatasiga quydagi misollar berilishi mumkin, 6+9-2 =13 16-7- 3 =12 25-19+1 =7 30+7-4 =33 25-19+1 =5 16-7-3 =6 12-8+3 =1 30+90-80 =40 12-8+3 =7 20-14+9 =15 Masala: Bolalar oshxonaga dasturxon tuzishda yordam berdi. Ular oldin dasturxonga 4 ta katta taqsimcha, so’ng 2 ta katta va 3 ta kichik taqsimcha qo’ydilar. Bolalar hammasi bo’lib qancha taqsimcha qo’yshgan? Masalani har xil usul bilan yeching? 4 2 3 a) 4+2+3 = 9 ta. b) (4+2)+3 = 9 ta v) 4+(2+3) = 9 ta V. Darslik va daftar blan ushlash, 273 va 274- shakllar mustaqil bajariladi. Hamma olma nechta? Test 1.Shakilardan qaysi biri to’g’ri to’rtburchak? A) 2-shakl B) 4-shakl V) 3-shakl G) 1-shakl 63 sonining ichida nechta o’nlik, nechta birlik bor A) 6 ta o’nlik 1 ta birlik B) 5 ta o’nlik 3 ta birlik V) 6 ta o’nlik 3 ta birlik G) 6 ta o’nlik 2 ta birlik 3. 5 dm necha santimetrdan iborat? A) 53 sm B) 50 sm V) 51 sm G) 60 sm 4. 43+17= masalaning javobini toping. A) 60 B) 40 V) 30 G) 63 5. 5dm 50 sm < = > belgilarini to’g’ri qo’ying. a) > b) < v) = 6. 1 so’m necha tiyin? a) 70 tiyin b) 100 tiyin v) 90 tiyin g) 10 tiyin 7. 15 ta qush bor edi 7 tasi uchib ketdi. Qoldi-? a) 13 ta b) 10 ta v) 8 ta g) 7 ta 8. 70 – (13+2) = amallarni bajaring. a) 55 b) 65 v) 45 g) 60 9. 1+5+4 = yi’gindini aniqlang. a)4 b)5 v) 1 g) 10 10. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? a) 1992 yil 2 iyul b) 1992 yil 8 dekabr v) 1992 yil 18 dekabr g) 1992 yil 10 dekabr Download 83.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling