2-sinfda "Gap" bo’limini o’rgatish metodikasi Reja: Kirish I bob. 2-sinfda ona tili ta’limida Gap" bo’limi o’ganish тизими. 1-fasl. Мактабларда Gap" bo’limini o’rgatishning мавжуд аhволи. 2-fasl


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GAP USTIDA ISHLASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI


Download 73.86 Kb.
bet2/6
Sana26.01.2023
Hajmi73.86 Kb.
#1124173
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bоshlang

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GAP USTIDA ISHLASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taaassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o‘zaro munosabati, his-tuyg‘ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o‘rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Ona tili boshqa fanlarni o‘qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg‘otishda ham alohida o‘rin tutadi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnalllarni o‘qigan bola o‘zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi.


Ona tili boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘rinni egallar ekan, har bir o‘quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borishi zarur.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili mashg‘ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. O‘qish, yozuv, grammatik materialni o‘rganish, kuzatishlar hamda o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog‘liq holda, ularning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish.

  2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o‘rgatish, ya’ni ularni elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish, bu ko‘nikmalarni malakaga aylantirish.

  3. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to‘g‘ri talaffuzni o‘rganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash.

  4. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o‘rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.

  5. O‘quvchilarni o‘qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko‘nikmasini hosil qilish.

Bu vazifalarning hammasini boshlang‘ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi [1].
Biz pedagoglarning asosiy vazifamiz esa o‘quvchilarga ona tilimizning go‘zal, jozibador jumlalari orqali ona tili ta’limini davr talabi, zamonaviy o‘qitish usullari bilan birgalikda olib borib, o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.
O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir. Fan yutuqlari, urf-odat, an’analar davlat tili vositasida e’zozlanadi, asraladi, avloddan avlodga meros qilib qoldiriladi. Hayotning barcha sohasida to‘plangan ijtimoiy tajriba ona tili orqali o‘zlashtiriladi, ona tili vositasida o‘rgatiladi. Shu tufayli ona tili birinchi muallim sanaladi. Maktabda ona tilini o‘quv predmeti sifatida o‘qitish uning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshiradi. Bola o‘zining ilk tasavvurlarini, ichki kechinmalarini til vositasida yuzaga chiqaradi. U o‘zini va o‘zgalarni, atrofdagi narsa-hodisalarni til yordamida taniydi, bilib oladi.
Maktabda ona tili fanini o‘qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, bu fanni chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchining nutqi rivojlanib, milliy madaniyati yuksaladi. Qalbida vatanparvarlik hissi jo‘sh uradi. Bu yo‘lda esa o‘quvchilarga faqat ilm o‘rgatish emas, balki ularning til malakasini oshirish ham dolzarb vazifadir. Tilning jamiyatda tutgan o‘rni, til va tafakkur hamda til va nutqning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi g‘oyalar maktabda ona tili ta’limining nazariy asoslari sanaladi [2].
Ona tili darslarining sifat va samaradorlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadga to‘laqonli javob bersa, bu o‘qituvchining o‘z faoliyati davomida erishgan eng katta yutug‘idir va u tinimsiz mehnat hamda izlanish bilangina qo‘lga kiritiladi.
So‘zlashuv jarayoni yoki matnda o‘zga nutqining ham bo‘lishi tabiiy, albatta. Badiiy matnlarda o‘zga gaplarning tutgan o‘rni, ularning matnda bajaradigan uslubiy vazifalari asar muallifining personajlarni tavsiflashga qaratilgan nutqida, ko‘chirma gaplar mazmunida oydinlashadi [3].
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sintaksisning muhim belgilarini dastlabki bosqichdan tortib, to 4-sinfgacha bo‘lgan davrda ham tushuntirishga katta e’tibor qaratiladi. Ular so‘roqlar yordamida gap tuzish va uni yoyishni, gap oxirida ovozning pasayishi asosida to‘xtam (pauza) qilishni, yozuvda gap oxiriga nuqta qo‘yilishini, gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yozilishini ham o‘rganishadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki hamda yozma nutqini o‘stirishda gap ustida ishlashning ahamiyati juda katta. Gap grammatik jihatdan tashkil topgan, tarkibidagi qismlar bir yaxlit holda kelgan, mazmun va intonatsion butunlikka ega bo‘lgan sintaktik birlik bo‘lib, u fikr, tuyg‘u va istakni boshqalarga bildirish uchun qo‘llanadi. Har bir gap grammatika qoidalariga muvofiq shakllanadi. Gapning muhum belgisi uning grammatik-intonatsion va fikriy jihatdan bir butunlikka, tugallikka ega bo‘lishidir [4].
Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirirb, boyitib borishiga asoslanadi.
Gap ­ kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan asosiy birlik, fikr ifodalashning eng oddiy ko‘rinishi. U so‘zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi. Kishi ongidagi fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchadan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchaning shakli sanalgan so‘z va so‘z birikmalaridan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari ­ so‘z (ibora), grammatik shakl va so‘z birikmalari. Fikr tushunchalarsiz bo‘lmagani kabi nutqiy gap asosida ham, avvalo, so‘z yotadi. Zero, gap asosidagi atov birligi ­ voqealangan leksema. Leksemaning guruhlanishida ham yetakchi omildan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyati yotishi bejis emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo‘laklari turli mustaqil so‘z turkumi bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo‘lagi uchun ma’lum bir so‘z turkumi ko‘proq xoslangan bo‘ladi ­ semantik va grammatik xossalari bilan ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasiga mos so‘zlar bor. Masalan, “kesim vazifasida kelish uchun ko‘proq fe’l xoslangan”. Ega, to‘ldiruvchi vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so‘z keladi. Bu so‘z turkumlarining umumiy ma’noviy tabiati va grammatik xususiyati bilan belgilanadi [5].
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gap mavzusini o‘rgatish uchun o‘qituvchi ta’limning eng qulay usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda didaktik o‘yinlarning ahamiyati juda katta. Shuning uchun o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar ularning yosh xususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtiriladi. Bundan o‘yinlar jarayonida o‘quvchilar boshlang‘ich sinf ona tili darsligida berilgan, o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan materiallarni oson o‘zlashtiradi va shu bilan birga atrof-muhit, voqealarni kuzatishga, solishtirib ko‘rishga, ular to‘g‘risida fikrlashga, ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarishga va xulosalarini asoslashga o‘rganadilar. O‘quvchilarni fanga qiziqtirishni va bilim, ko‘nikma, malakalarini to‘g‘ri egallashlariga erishishni didaktik o‘yinlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Quyida biz ayrim didaktik o‘yinlardan namunalar keltiramiz:
Qo‘ng‘iroq chalindi Gullar ochildi
Bola yugurdi Yiqilib tushdi
Bahor keldi Duo qildi
Chol qo‘lini ko‘tardi Dars boshlandi
Darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida didaktik o‘yinlarni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar uchun didaktik materiallarni tayyorlab qo‘yish, didaktik o‘yin jarayoni uchun vaqtni to‘g‘ri belgilash hamda to‘g‘ri nazorat qilish, didaktik o‘yinni yakunlash va xolisona baholash kabilarni aniq rejalashtira olish lozim.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, ona tili fanini o‘qitishdan maqsad ­ o‘quvchilarda mustaqil kreativ fikrlash qobiliyati, fikr mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri hamda ravon ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Gap ma’lum bir fikrni ifodalab, nutqning bir qismini tashkil qiladi. Tugal fikr, ya’ni gap tuzish o‘quvchilar tafakkurining kengayishiga va nutqining o‘sishiga ta’sir qilmay qolmaydi. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tilining izchil kursini o‘rganish jarayonida gap haqida ma’lum malaka va ko‘nikmalar shakllanib boradi. Ular gap orqali fikrni ixcham, to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning turli yo‘llari, usullari bilan tanishadilar.


Bоshlang‘ich ta’lim jarayоni bоlaning mantiqiy tafakkur qila оlish salоhiyati, aqliy rivоjlanishi, dunyоqarashi, kоmmunikativ savоdхоnligi va о‘z-о‘zini anglash salоhiyatini shakllantirishga, jismоnan sоg‘lоm bо‘lishga, mоddiy bоrliq gо‘zalliklarini his eta оlishga, gо‘zallik va nafоsatdan zavqlana оlish, milliy urfоdatlarni о‘zida singdirish va ardоqlash, ularga riоya qilishga о‘rgatadi. О‘zbеkistоn Rеsрublikasidagi bоshlang‘ich ta’lim tayanch о‘quv rеjasi dоirasiga оna tili, matеmatika, tabiat hamda insоn va jamiyat ta’limi sоhalari kiritilgan. Оna tili ta’limi bоlalarning tafakkur qilish faоliyatlarini kеngaytirishga, erkin fikrlay оlishi, о‘zgalar fikrini anglashi, о‘z fikrlarini оg‘zaki va yоzma ravishda ravоn bayоn qila оlishi, jamiyat a’zоlari bilan erkin mulоqоtda bо‘la оlish kо‘nikma va malakalarini rivоjlantirishga хizmat qiladi. [1] Boshlang‘ich sinflar ona tili kursini o’rganishning yetakchi insoniy tamoyili tilning barcha tomonlarini (leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi) o‘zaro bog’liq holda o’rganish hisoblanadi. Mazkur tamoyil tilni yaxlit hodisa sifatida o‘rganinshni ta’minlaydi va til kishilarning aloqa vositasi ekanini o‘quvchilar tushunishlari uchun imkoniyat yaratadi. Bu tamoyil bo‘limlar orasidagi mumkin bo‘lgan bog‘lanishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o‘rganiladigan va nazariy o’rganiladigan bilimlarga bo‘linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang’ich sinfda “Gap”, “Darak gap”, “So‘roq gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon gap”, “Gap bo‘laklari”, “Bosh bo‘laklar”, “Ikkinchi darajali bo‘laklar”, “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.[2.B.318] Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘zlashtirilgani uchun tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So‘zning lug‘aviy ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda ma’lum bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash mumkin). Boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim belgilarini o‘rgatish). 2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash). 3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish. 5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish. Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi. Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi. “Gap” mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi – gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishini o‘rganishga o‘tadilar. Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi. Agar o‘quvchilar gapning bosh
bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham savod o‘rgatish davrida gapning bosh bo‘laklari ustida kuzatish o‘tkazgan ma’qul. Gapning bosh bo‘laklarini kuzatish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq ifodalashga o‘rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasi shakllanadi. Gapni o‘rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so‘z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material kam bo‘lsa ham, butun o’quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi. Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, 1-sinfda “Ona tili va o‘qish savodxonligi”da o’quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish belgilari qo‘yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi. 2-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” da esa o‘quvchilar gap haqida amaliy tushunchalar oladilar. Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so‘zni ajratishga o‘rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo’laklarni o‘rganishga muqaddima bo‘ladi. 3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O‘quvchilar gapni amaliy o‘rganishdan tushuncha sifatida o’rganishga o‘tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so‘zlarning bog‘lanishiga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilar gapning asosi (ega va kesim) ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo‘laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim va tobe so‘z)ni, so‘zlarning grammatik jihatdan, ya’ni qo‘shimchalar orqali bog‘lanishni bilib oladilar.Shuningdek, gapning maqsadga ko‘ra turlari, darakgap, so‘roq gap, buyruq gap hamda his-hayajon gaplarning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishadilar. [3. B.28-53] 4-sinfda “Nutq. Matn” mavzusini o‘rganish bilan gap haqidagi bilim kengaytiriladi. Xususan, o‘quvchilar matn nutqning yozma shakli ekanligi, uni qismlarga bo‘lish, unga sarlavha qo‘yish, reja tuzish mumkiinlgi haqidagi tushunchlarga ega bo‘ladilar. [4. B. 142] Shunday qilib, o‘quvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasavvurni o‘stirish gapni o‘zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o‘quvchilari gap bo‘laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga) bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o‘zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh bo‘laklarni aniqlovchilik va to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinflarda sintaksisni o‘rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyatini hisobga olgan holda og‘zaki va yozma nutqini, tafakkurini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchilarda gapni to‘g‘ri tuza olish, ulardan nutq jarayonida to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. I BOB. 3-SINF ONA TILI DARSLARIDA GAP VA UNING TURLARINI O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI


Download 73.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling