Musiqa tinglash:
-O’qituvchi: Aziz o’quvchilar sizlar bilan musiqa savodini ham mustahkamlab oldik, keling, endi siz bilan musiqa tinglash madaniyatimizni, olgan bilim va malakalarimizni, xotiramizni va tasavvurlarimizni ham mustahkamlab olsak.Biz o’tgan musiqa tinglash jarayonida sizlar bilan qanday kuyni tinglagandik?
-O’quvchi: Biz musiqa tinglash jarayonida Fransiyalik kompozitor Pol’ Morio yaratgan musiqiy asarini tinglaganmiz. Pol’ Mario 1925 yili 4-matrda Fransiyaning Marsel shahrida tavallud topadi.
-O’quvchi: U Marselning musiqa konservatoriyasining “klassik fartapiana” cholg’u yo’nalishini tamomlab, 17 yoshida birinchi marta o’zining orkestrini yaratadi. U ajoyib va mohir aranjirofkachilik san’atini egallab,xalq yaratgan klassik kuy va qo’shiqlarni estrada yo’nalishida qaytadan ishlab,xaqlqa xavola etadi.Kampozitor yaratgan musiqalar bugungi kunda butun dunuoga mashhur bo’lib ketgan.
(Ekranda kampozitorni rasmi namoyish etiladi )
-O’qituvchi: To’g’ri javob berildi, keling yana bir bor Po’l Mario tomonidan bastalangan va Estrada cholg’u orkestr guruhi tomonidan ijro etilgan kuyni qaytadan tinglab tamosha qilamiz va orkestrda ijro etayotgan barcha cholg’u saboblarga va ularning guruhda joylanish tartibiga e’tiborimizni qaratsakda va o’zaro tahlil qilib mustahkamlasak, marhamat.
O’quvchilar o’tgan mavzuda tinglab tamosha qilgan kuyni qaytadan tinglab, orkestr guruhida tuzilgan cholg’u asboblarga va ularning joylanish tartibiga e’tiborni qaratadilar va cholg’u guruhining nomlarini aniqlab, musiqa tinglash jarayonini yakunlaydilar.Shundan so’ng, o’qituvchi yangi sanani va yangi mavzuni doskaga yozadi.Har bir shartlarda guruhlar baholab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |