5.Yangi mavzuni mustahkamlash.
-O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, zerikib qolmadingizmi? Kelin yana sizla bilan navbatdagi o’yinimizni o’ynasak, bu safargi o’yinni “musiqa bastalaymiz” deb nomladik. Sizlarni bastakorlik qobilyatingizni uyg’otish maqsadida ikki xil manzaralarni namoyish etaman.Birinchi manzarada vatanimizni tasvirlangan bo’lsa, ikkinchisida esa tabiatni aks ettirilgan manzaradir.Bu manzaralarga qarab uch xil harakterdagi kuylarni (quvnoq, g’amgin va juda sho’x bo’lgan va turli xalq kuylaridan) namoyish qilaman, sizlar mana shu ikki manzaralarga mos kelgan kuylardan birini tanlaysizlar.
O’quvchilar ekrandagi manzaralarga bastalangan kuylarni tinglab, manzaraga to’ri kelgan va bastalangan kuyni tanlaydilar.
-O’qituvchi: O’quvchilar, endi esa sizlar bilan musiqa tinglash jarayonimizda o’zbek xalqing sevimli dutor cholg’u asbobi bilan tanishamiz va uning ijrosida o’zbek xaql kuylaridan biri bo’lgan “Yori ketaman” kuyini tinglaymiz.
O’qituvchi dutor haqida qisqacha tushuncha berigach, o’zbek xaql kuylaridan biri bo’lgan “Yori ketaman” kuyini ijro etib beradi.O’quvchilar kuyni o’zaro tahlil qiladilar.
-O’qituvchi: Unday bo’lsa keling, unda sizlar bilan kuylagan “Gullar” qo’shig’ini harakatlar yordamida milliy estrada yo’nalishida ekranimizda tasvirlangan turli gullar bilan hamohang xolda ijro etamiz, marhamat.
O’quvchilar “Gullar” qo’shig’ini harakatda raqsga tushib ijro etib beradilar.
6.Uyga vazifa:
-O’qituvchi: Mana darsimiz ham o’z nihoyasiga yetdi, endi sizlarga uyda bajaradigan vazifalaringizni belgilab bersam.
1. O’zbek bastakorlari yaratgan operalarni nomlarini o’rganib kelish
2. “Gullar” qo’shig’ini o’zingiz xoxlagan kuyga bastalab kuylab kelish
O’qituvchi darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va o’quvchilar bilan musiqa ohangida xayrlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.5.6.7-sinf musiqa kitobi
2. Ziyo.uz internet ma’lumoti
Do'stlaringiz bilan baham: |