-O’quvchi: Tasanno, mana quyidagi topishmoqni ham to’g’ri bajardingiz,kelin endi sizlar bilan qo’shiq kuylash jarayonimizni boshlasak, o’tgan mavzuda sizlar bilan qanday qo’shiqni kuylashni o’rgangan edik?
-O’quvchi: Biz o’tgan mavzuda “Gullar” deb nomlangan qo’shiqni birinchi qismini kuylashni o’rgangan edik.Ushbu qo’shiqni she’ri Fotima va Zuhra Ziyomuhamedovalar qalamiga mansub ,musiqasini Qunduzxon Muminova bastalagan.
(Ekranda slaydda “Gullar” qo’shig’ining notasi va so’z matni namoyish etiladi)
Qo’shiq kuylashdan avval, o’quvchilar bilan ovoz sozlash mashqini bajariladi.Ovoz sozlash mashqida bolalar folklor qo’shiqlaridan foydalaniladi. Akapela uslubida uch ovozlikda ijro etiladi.
1-mashq: Ana gullola, mana gulola gullola
Qanday go’zal yurtimiz-ey gullola
2-mashq: Boka, boka boy dor o’ynang
3-mashq: Chamanda gul ochilibdi-yo
Chakkanga toq chakkanga
Ovoz sozlash mashqidan so’ng,o’quvchilar bilan “Gullar” qo’shig’ini birinchi qismini kuylab takrorlanadi.Songra, ikkinchi qismini o’qituvchi o’zi kuylab ko’rrsatadi va o’rgatadi.Shundan so’ng,o’quvchilarni birgaliklda cholg’u asbobi jo’rligida to’g’ri kuylashni mashq qildiradi va mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |