Loyiha ishi -2 Matematika darslarida siz bir loyiha ishini bajardingiz. Bu jarayon bo ‘yicha ko‘nikmangiz hosil bo‘ldi. Endi siz bilan “Kasblarda matematika”


Download 58.88 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi58.88 Kb.
#1061301
Bog'liq
Loyiha ishi -2 Matematika darslarida siz bir loyiha ishini bajar


LOYIHA ISHI -2
Matematika darslarida siz bir loyiha ishini bajardingiz. Bu jarayon bo ‘yicha ko‘nikmangiz hosil bo‘ldi. Endi siz bilan “Kasblarda matematika” mavzusida loyiha ishi bajaramiz

  • Loyiha ishini 3-4 kishilik guruhda bajarasiz.

Loyiha ishini bajarish bosqichlari:

  • ishni rejalashtirish va vazifalarni o‘zaro taqsimlab olish;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topish;

  • so‘rovlar yoki tajribalar o‘tkazish;

  • ish natijalari bo‘yicha hisobot yozish, taqdimot tayyorlash va uni himoya qilish.

Hozirda, kompyuter va Internet asrida, ko‘pchilik o‘quvchilar kelajak kasbimizda matematika kerak bo‘lmaydi, deb o'ylashadi. Aslida shundaymi? Buni aniqlash uchun loyiha ishi o‘tkazamiz.
L oyiha topshirig‘i. “Kasblarda matematika” mavzusida kichik tadqiqot o‘tkazing. Bu tadqiqot quyidagicha o‘tkazilishi mumkin. Oldin sinf o‘quvchilarining oilasida ota-onalari kasblari aniqlanadi. So‘rov natijalariga ko‘ra jadval, so‘ng chiziqli diagramma tuziladi. Aytaylik, quyidagi diagramma hosil bo‘lgan bo‘lsin.
Diagramma asosida quyidagi savollarga javob berish orqali loyiha ishi bajariladi:
a) Sinfda jami nechta o‘quvchi ota-onasi kasbi aniqlandi?
b) Qanday kasb egalari bor va ularning har biri nechtani tashkil etdi?
d) Oilalarda qaysi kasb egalari eng ko‘p? Buning sababi nimada?
e) Kasblar?
f) Diagrammadan qanday xulosaga (taxminga) kelish mumkin?
Loyihaning keying bosqichida ota-onalaringizdan kasblarida matematika fani qanday o ‘rin egallashi haqida so‘rovnoma o‘tkazing. Har bir kasb egasi bilan tanishtiruvchi va so‘rovnoma natijalari aks etgan taqdimotni tayyorlang.

A maliy loyiha ishi namunasi:


Mavzu: “Kasblarda matematika”
TADQIQOT USULLARI:
a) kuzatishlar;
b) ijtimoiy so'rov, so'rov;
d) manbalardagi ma'lumotlarni qidirish va o'rganish, Internet resurslari bilan ishlash;
e) ma'lumotlarni qiyosiy tahlil qilish.
So‘rovnoma uchun 2 ta savol tanlandi:


  • "Matematika" fani kasbingiz uchun muhimmi?

  • "Kundalik ish jarayonida matematika darsida olgan bilimlaringizdan foydalanasizmi? Qanday foydalanasiz?"

Olingan ma’lumotlar asosida diagramma tuzib, uni tahlil qilinadi.

Diagrammalarni yasashda word va powerpoint dasturlaridan foydalaning.
Download 58.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling