4.Yangi mavzu: “Dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”
-O’qituvchi: O’quvchilar bugun sizlar bilan o’tiladigan yangi mavzuyimizda “Dunyo tan olgan bastakorlarning operalari” haqida tanishamiz.O’tgan mavzuda sizlar opera haqida bilim va tasavvurga ega bo’lgandingiz, demak, opera italiyada XVI asrda paydo bo’lgan.O’sha davrlarda yevropa bastakorlari ikki xil yo’nalishda musiqiy asarlarni yaratganlar.1.Romantizm 2. Realizm yo’nalishlarda ijod etishgan.Fransuzcha so’zdan olingan “romantizm" - bu hayolga kelgan voqeani aks ettirish bo’lsa,realizm- bu hayotni san’atda har qanday pardozsiz haqqoniy aks ettirish,jamiyatdagi adolatsizliklarni keskin tanqid qilish,insonparvarlik g’oyalarini badiiy ifoda etish usulidir.
(Ekranda kompozitorlarni rasmlari namoyish etiladi)
Opera san’atini rivojlanishida buyuk bastakorlar o’z xissalarini qo’shishgan,shulardan V.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov boshqalar.Bugun sizlar bilan Volfgan Amadey Motsartni “Sehrli nay” operasini tamosha qilamiz va uni tahlil qilamiz.
(Ekranda V.A.Motsartni “Sehrli nay” operasi namoyish etiladi)
O’quvchilar operani ko’rib uni tahlil qilib beradilar.
-O’qituvchi: Mana sizlar bilan dunyo tan olgan bastakorlardan V.A.Motsartni “Sehrli nay” operasini tamosha qilib, uni tahlil ham qildik, keling, endi bugungi kunda opera san’atini zamonaviy talqinda ham targ’ib qilib yoshlarimizga xavola etayotgan jaxon bastakorlarini yaratyotgan operalardan birini tinglaymiz va tinglash davomida hayollar og’ushida sayr etamiz, marhamat.
O’quvchilar operani tinglab o’z hayollar bilan o’rtoqlashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |