2. Sirojiddin Sayyid she`rlarida metaforaning til sathiga ko`ra tasnifi: so`z-metaforalar, birikma-metaforalar, gap-metaforalar, matn-metaforalar
Download 31.6 Kb.
|
Tilshunoslik (1)
Birikma-metaforalar
So`z birikmasi shaklidagi metaforalar matn tarkibida nisbatan kam qo`llansa-da, uning semantik tuzilishida muhim o`rin egallaydi. So`z birikmasi shaklidagi metaforalar matn referentlari va lisoniy belgi o`rtasida mazmuniy shartlanganlik vaziyatini yuzaga keltiradi. Ezilgan kiftlarida o`zbaki to`n, O`tib keldi ochiq zindondan Oybek. (“Oybek”, 2005.) Bu o`rinda birikma shaklidagi metaforalarning bir xususiyatiga to`xtalib o`tish lozim. Matn boshlanmasida ko`chma ma`noda qo`llangan so`z birikmasi matnning keyingi jumlalari semantikasiga ham o`z ta`sirini o`tkazadi, ya`ni kogerantlik talabi bilan takrorlangan ko`chma ma`noli birikmalar navbatdagi jumlalarga ham metaforik mazmunni olib o`tadi. Ushbu hodisani - metaforik mazmunda qo`llangan birliklarning keyingi jumlalarga mazmuniy ta`sirini “semantik inersiya” deb ataladi. Yuqoridagi misrada ham ochiq zindon birikma-metaforasi o`zidan oldingi misrada qo`llanilgan ezilgan kiftlar birikmasiga semantik jihatdan bog`liq va semantik inersiyani yuzaga keltirgan. Ezgulik karvonlarin yo`llab, muyassar aylagay, O`zbekistonni bahoriston, quyoshistonga tong. (“Tong”, 2005.) Bu misralarda esa ezgulik karvonlari (ezgu ishlar) birikmasi bahoriston, quyoshiston so`zlariga semantik jihatdan bog`langan bo`lib, semantik inersiyaga yana bir misol bo`la bo`ladi. Bundan tashqari quyidagi misollarda ham birikma-metafora va shu bilan birga o`z o`rnida semantik inersiya uchraydi: Sen borsan – so`zimning boshoqlari to`q, Sen borsan – tinmagay tildan taronam. ***** (“Izhor”, 2006.5.08.) Hasad g`avg`osi-yu minnat jafosi, Ne ko`rdi ul buzug` davrondan Oybek? ***** Yangi-yangi uyg`oq buloqlar, Yangi-yangi dillar bo`ladi. Jilg`alarday chopib, o`ynoqlab Yangi-yangi yillar keladi. (“Yangi-yangi yillar keladi”, 2005) ***** Elim bor, yurtim bor – nomus, orlarim, Oltin dalalarim – bug`doyzorlarim. (“Bug`doyzorlarim”, 2005) ***** Yor, shirin kulganlaring yodimdadir, Yashirin kelganlaring yodimdadir. (“Nastarin sevgi”, 2005) ***** Yorug` niyatlarning amalimi bu? Yoki tiriklikning samarimi bu? (“Shukuh”, 1985.) Yuqoridagi barcha misralarda ham o`ziga xos birikma-metaforalar qo`llanilib, matn semantikasiga sezilarli ravishda ijobiy ta`sir ko`rsata olgan. Sirojiddin Sayyidning yana shunday misralari borki, ularda ikki birikma-metaforalar bir-biriga semantik tomondan antonim sifatida keladi: Mahkam qil ezgulik chegaralarin, G`amga chulg`amagin tevaraklarin. “Ustoz” nomli she`ridan olingan ushbu misrada qo`llanilgan ezgulik chegaralari hamda g`amga chulg`amoq so`zlari matn semantikasi yuzasidan tahlil qilinganda semantik antonimlardir. Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling