2. Sirojiddin Sayyid she`rlarida metaforaning til sathiga ko`ra tasnifi: so`z-metaforalar, birikma-metaforalar, gap-metaforalar, matn-metaforalar
Download 31.6 Kb.
|
Tilshunoslik (1)
Gap-metaforalar
Gap shaklidagi metaforalar, ya`ni o`zida boshqa bir nutqiy vaziyat ifodasini implitsit tarzda namoyon etuvchi gaplar ham badiiy matnga xos xususiyatlardan biridir. Bunga ko`plab xalq maqollarini misol qilib keltirsak bo`ladi. Masalan: Sanamay sakkiz dema; Buzoqning yugurgani somonxonagacha va hk. Metafora asosida ma`nosi ko`chgan so`z boshqa bir denotatning nomi bilan kelgani kabi yuqoridagi jumlalar ham o`z tashqi tuzilishida ifodalangan propozitsiyadan tamomila farqlanuvchi boshqa bir propozitsiyaning nomi bilan keladi. Muayyan til egalarning lisoniy xotirasida barqaror holatda saqlanuvchi bu kabi birliklar konvensionallik xususiyatiga ega bo`lib, ularni lingvistik va ekstralingvistik omillarning dialektik birligi bo`lgan lingvomadaniy birliklar sifatida tadqiq etish o`zbek tilida so`zlashuvchi til egalarining lisoniy ong darajasini belgilashda muhim omillardan biri bo`la oladi. Metaforik mazmun kasb etgan yuqoridagi kabi birliklar uzual xarakterga ega bo`lib8, matn yaratuvchi ulardan tayyor holda foydalanadi. So`z-metaforalar kognitiv nuqtayi nazardan ikki tushunchaning shaxs ongidagi o`zaro qiyosiy munosabati sifatida izohlash mumkin, ammo metaforik mazmundagi gaplarda bu tarzda yondashib bo`lmaydi. Sirojiddin Sayyid she`rlarida ham metaforik mazmundagi gaplar (yoki gap-metaforalar) uchraydi, ammo ko`p emas. Bunday ko`rinishdagi metaforalar asosan nasriy asarlarda qo`llanilib, she`riy asarlarda nisbatan kam bo`ladi. Quyida shoir she`rlarida mavjud ayrim gap-metaforalarni keltirib o`tamiz: Ajab hoyu havaslardir zaldan she`r-u shoirlik, Uni olam yuvib oq-u, butun olam tarab qo`ysa. (“Mening shoirligim”, 2006.) _____________________ 8. N. Mahmudov. O`xshatishlar – obrazli tafakkur mahsuli // O`zbek tili va adabiyoti, 2011, 3-son, 23-bet. Ustoz G`afur G`ulom duosi bilan Parvozin boshlagan uyg`oq gazetam. (“Toshkent oqshomi”ga, 2006.) Bu misralarda qo'llangan "Parvozin boshlagan uyg‘oq gazetam" misrasida ham o‘ziga xos metaforik ma‘no mavjud bo‘lib, shoirning poetik maqsadi, ya‘ni endi avjlanib kelayotgan ijodini nazarda tutadi. Qish oxiri, keldi xabar: Surxonda bodom gulladi, Ushbu xabardan g`am to`la Ko`ksimdagi jom gulladi. (“Xushxabar”, 2006.29.02) Yuqoridagi misrada esa xushxabardan, ya‘ni bahorning kelganidan xursand bo‘lgan shoirning ichki kechinmalari ifodalangan. Boshqa bir tomondan olib qarasak, bu misralarda mustaqillikka erishganimizga shukronalik tuyg‘usi ham aks etgan deyishimiz mumkin. O`tar davr-u davronlar, O`tgay alam, g`am, nola. Yot ellarda sochilgan To`rt yuz ellik ming lola. (“450 000 lola”, 2005.) Bu misrada qo'llangan metaforada ham shoir o‘z fikrini o'zgacha yo‘sinda ifodalagan bo‘lib, urushda halok bo‘lgan, jasadi ona yurtidan uzoqlarda qolib ketgan qurbonlarni lolaga mengzaydi. Bu o'xshatish uchun asos bo‘lgan vosita bu loladagi ayvon ranglilik desak, adashmaymiz. Aynan shu qizil rang urush qurbonlarining qonini ifoda etgan. Shoirning poetik maqsadi esa shu misralarda oydinlashadi. (“450 000 lola”, 2005.) ***** Qomatingdan zar yog`ar, siyminbadan, atlasnigor, Ko`ylagingning zarlaridan menda ko`ngil zorlari. (“ Menda ko`ngil torlari-yu…”, 2005) Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling