1.Oddiy metafora
Bunday metaforalar ma`lum so`zning leksik ma`nosi ifoda etgan obyekt o`ziga to`g`ridan to`g`ri o`xshash bo`lgan ikkilamchi bir obyektni nomdosh qilib olishi bo`ladi. Shuning orqasida mazkur so`z ikkinchi obyektni ham ifoda etuvchi ko`chma ma`no orttiradi. Bu obyektlar o`rtasidagi o`xshashlik ularning sirtqi belgisi, harakat va holat xususiyati, vazifasi kabilarga asoslanadi. Masalan, darvoza so`zi qurilishga oid bir tushunchani ifodalaydi. Sportga oid to`p va shayba kiritish uchun mo`ljallangan qurilma ham mazkur tushunchaga sirtqi belgisi va vazifasiga ko`ra o`xshash bo`lganligi uchun uni ham darvoza so`zi bilan ifodalangan. Ot so`z turkumidan tashqari oddiy metaforalar fe`l va sifat turkumlari bilan ham ifodalanadi. Xususan, shoirning quyidagi misralari fikrimiz dalilidir: “ …Xijroningda bu qurg`ur jon kuyib bitdi…”, “… Bo`sh o`rin izlagan bir devonadek, Huzuringga qush kabi qanot qoqarman…” Bu o`rinda qo`llanilgan bitdi va bo`sh so`zlari oddiy metaforani hosil qilgan.
2. Personifikatsiya
Metaforaning bu turi ma`lum so`zning leksik ma`nosi ifoda etgan jonli obyekt o`ziga qiyoslanib, o`xshatilib qaralgan jonsiz obyektni nomdosh qilib olishi bo`ladi. Mazkur jonli va jonsiz obyektlar o`rtasidagi o`xshashlik ham sirtqi belgi, harakat va holat xususiyati, vazifasi kabilarga aoslanadi. Ammo bu o`xshashlik nomdosh bo`lib olgan obyektga jonli holat baxsh etish orqali yuzaga chiqadi. Masalan, dam so`zining leksik ma`nolaridan biri nafasni ifoda etadi. Bu so`z nafasga sirtqi belgisi o`xshash bo`lganligi uchun quyosh tafti, haroratini ham ifodalaydi.
“…Quyoshning damidan qizargan yuzlar
Bug`doyzorlar aro kezib yuribdi…”
Shoir qalamiga mansub ushbu misralarda ham dam so`zi aynan yuqorida aytib o`tgan ma`noda kelgan va personifikativ metaforani hosil qilgan.
Personifikatsiya ot so`z turkumidan tashqari fe`l va sifat so`z turkumiga oid so`zlarda ham uchraydi. Masalan, qiz sho`rlikni dar yedi, dardga qo`ygan kim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |