Reja: Fe’l xususiyati


Download 25.52 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi25.52 Kb.
#1376235
Bog'liq
FE’ L SO’Z TURKUMI

FE’ L SO’Z TURKUMI


REJA:
1.Fe’l xususiyati.
2. Fe’lning grammatik kategoriyalari.
3.Fe’lning vazifa shakllari.

Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz. Grammatikada "harakat" soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq va boshqa
Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil Feʼllar, yordamchi Feʼllar. Mustaqil Feʼllar, xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi va h.k. (qarang Soʻz turkumlari). Yordamchi Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi Feʼllar oʻz vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: 1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar: qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi); 2) Feʼlning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar (bular, odatda, "koʻmakchi Feʼllar" deb yuritiladi). Feʼlning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqa; 3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi Feʼllar. Masalan, qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq.
Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi Feʼllardan farklanuvchi "toʻliqsiz Feʼl" (lugʻaviy maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi Feʼl)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.
Feʼl turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega (qarang Soʻz yasalishi, Shakl yasalishi). Yasama Feʼllar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi Feʼllari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq.
Feʼllar oʻziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy maʼnolari bilan oʻzaro farklanuvchi, bir umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi shakllar tizimi Feʼlning grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida Feʼlning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat kategoriyasi, boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi, shaxsson kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt va obyektga munosabatini koʻrsatuvchi grammatik kategoriya. Harakatning subʼyekt va obyektga munosabatini koʻrsatishiga koʻra nisbat kategoriyasining 5 turi farklanadi: bosh nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qoʻshimcha yerdamida yasaladi. Faqat bosh nisbat maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va boshqa Oʻzlik nisbati shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari yerdamida yasaladi va harakatning subʼyektning oʻziga obyekt sifatida karatilganligini yoki subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va boshqa Orttirma nisbat shakli dir, ir, t affikslari yerdamida yasaladi va obyektsiz Feʼlni obyektiv Feʼlga aylantiradi, obyektli Feʼldan yasalganda esa unga yana obyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, oʻqit va boshqa Majhul nisbat shakli (i)l, (i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy eʼtiborni harakatning bajaruvchisiga emas, balki obyekt bilan harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli obyektsiz (oʻtimsiz) Feʼllardan yasalganda, shaxssizlik maʼnosi ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi va boshqa Birgalik nisbati sh affiksi yerdamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqa Demak, nisbat shaklining oʻzgarishi bilan harakatning subʼyekt yoki obyektga munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki inkori maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik. Boʻlishli Feʼlning maxsus koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli). Boʻlishsiz Feʼl shakli esa ma affiksi yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl) — kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik (inkor) maʼnosi "yoʻq" soʻzi va "emas" toʻliqsiz Feʼli bilan ham ifodalanadi: borgani yoʻq, borgan emas.
Mayl kategoriyasi — harakatning voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan belgilovchi grammatik kategoriya. Oʻzbek tilida maylning quyidagi turlari bor: 1) buyruqistak mayli: ayt, aytgin, ayting kabi; 2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi yerdamida yasaladi: borsam, borsang, kursa kabi; 3) shartli mayl — bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan (shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli (a)r edi, maye edi yerdamida yasaladi va bu shakldagi Feʼl bosh gapning kesimi boʻlib keladi: Vaqting boʻlsa, kinoga borar edi k. Imkoning boʻlsa, bunday qiynalib yurmas eding; 4) maqsad mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi yerdamida yasaladi va harakatni bajarishbajarmaslik maqsadini bildiradi: soʻramoqchiman, oʻqimoqchiman, aytmoqchi emasman; 5) ijro mayli — harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va shaxsson koʻrsatkichlari orqali shakllanadi: oʻqidim, oʻqiyapman, oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan, koʻrgan.
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra Feʼlning 3 zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan va boshqa
Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3 shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan biriga oidligi maʼnosini bildiruvchi grammatik turkum: keldi m (birinchi shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs, koʻplik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz (ikkinchi shaxs koʻplik).
Oʻzbek tilida Feʼlni maʼlum bir vazifaga xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular: sifatdosh (qarang), ravishdosh (qarang), harakat nomi (q) shakllaridir.
Bulardan tashqari Feʼlning turli modal maʼno, takror maʼnosi va boshqa maʼnolarni bildiruvchi shakllari ham bor. Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta qol, ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq, qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa
Feʼllar qanday grammatik shaklda qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi vazifasida keladi. Mas, mayl, zamon, shaxsson paradigmasiga mansub shakllardan birida qoʻllanganda — kesim vazifasida; sifatdosh, ravishdosh shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida; harakat nomi shaklida esa ot turkumiga oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.
Fe’l xususiyati
1.Grammatik xususiyati- harakatni ifodalab nima qilmoq ?, nima bo’lmoq ? so’rog’lariga javob bo’ladi.
1. Morfologik xususiyati-yasalish xususiyatiga egaligi va yasalish uchun asos bo’la olishi: supur- supurgi, maqtan-maqtanchoq.
Tuzulishiga ko’ra turi: sodda( keldi), qo’shma(ishlab chiqarish),juft(oldi – berdi),takrorlash(bo’ldi- bo’ldi).
Fe’lning doimiy formalari: zamon, nisbat, shaxs- son
mayl .

Fe’lning vazifa shakllari: sof fe’l ( o’qidi), harakat nomi(o’qimoq\ yozish),sifatdosh(o’qigan),ravishdosh


( o’qib \ kelgach) .
Fe’llar gapda:obyektli-o’timli ( kitobni o’qimoq),
obyektsiz – o’timsiz(kitobdan o’qimoq).
3. Sintaktik xususiyati- fe’l gapda quyidagi vazifada keladi:
- kesim: U choyxona yonidan o’tdi.
- hol:Bola shoshilib gapirdi. Kula-kula gapirdi.
-aniqlovchi: O’qigan kishi o’zadi. Aytar so’zni ayt.
-kirish so’z: Aytishicha , kechda qaytarmish.
Otlashganda:
-ega: Eshitgan (kishi) uyaladi.
-to’ldiruvchi: Bilmagan(narsa)ni so’rab bilish kerak.
-qaratqich- aniqlovchi: Ko’rmaganning ko’rgani qursin.
4.Leksik- grammatik xususiyat - ular ikkiga bo’linadi.
1. Mustaqil fe’l – sof fe’l;
2.Yordamchi fe’l- 3ga bo’linadi;
a) Qo’shma fe’l
b) Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
c) To’liqsiz fe’l

Fe’l nimani atab kelishiga ko’ra harakat fe’llari va holat fe’llarizga bo’linadi.


Harakat fe’llari – shaxs va narsaning jismoniy harakat natijasida ro’y bergan harakat ifodalovchi: yugurmoq, eshitmoq, so’zlamoq, qurmoq.
Holat fe’llari – shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish jarayonini ifodalovchi fe’llar : quvonmoq, achchiqlanmoq,
uxlamoq , isimoq, sovumoq , pishmoq , eshitilmoq.
1, Yumush fe’llari: ishladi, mehnat qildi, ter to’kdi.
2. Tafakkur fe’llari : o’ylamoq, o’qidi, kashf qildi.
3. Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi.
4. Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo’ldi,qayg’urdi, iztirob chekdi.
5.Nutq fe’llari: gapirdi, so’zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming’irladi, do’ng’illadi.
6. Ishora fe’llari: imo qildi, labini burdi, ko’zini qisdi.
7.Jismoniy holat fe’llari: og’ridi, isitma qildi, xasratlandi, sog’aydi, kuchaydi, charchadi.
8.Tabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yotdi, uxladi.
9. Ko’rish fe’llari: qaradi, ko’rdi, boqdi, termildi.

SHAXS- SON SHAKLLARI


Fe’lda ifodalangan harakat va holatni bajaruvchi shaxsini bildirib, fe’lni kesim sifatida shakllantiruvchi ega bilan bog’lab keluvchi shakllar shaxs- son shakllari sanaladi.
Fe’llarning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi. III shaxsda esa zamon qo’shimchalari shaxs ma’nosini ham ifodalaydi.
O’tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart mayli - sa shakllaridan so’ng -m, - ng , -k, - ingiz, qo’shimchalari; ravishdosh sifatdosh shakllari hamda sof fe’lning hozirigi zamon shakllaridan so’ng -man,
-miz , -san, -siz, qo’shimchalari qo’llaniladi.
Shaxs –son qo’shimchalari
Birlik Ko’plik

  1. –man : -m I. – miz : -k

  2. – san : -ng II. – siz : - ngiz

  3. - III. –lar

3 – SINF 110 – BET


306- MASHQ. O’qing. Fe’llarga so’roq bering.

  1. Shamol yaproqlarini (……) silkitadi. 2. Tikuvchi kiyim (……) tikyapti. 3 . Mexanizator paxta (……) teradi.

4. Ahmad rubob (….) chalyapti. 5. Qushlar in (……) quradi. 6. Yomg’irdan so’ng osmonda kamalak (…) ko’rindi.
Qavs ichiga fe’llarga beriladigan so’roqlarni qo’yib ko’chiring .
1.Shamol yaproqlarini (nima qildi?) silkitadi .2. Tikuvchi kiyim ( nima qilyapdi ?) tikyapdi . 3 . Mexanizator paxta (nima qiladi?) teradi. 4. Ahmad rubob ( nima qilyapti ? )
chalyapti. 5. Qushlar in ( nima qiladi ?) quradi. Yomg’irdan so’ng osmonda kamalak ( nima qildi ? ) ko’rindi.
305 MASHQ
So’roqlarga mos fe’l tanlab, gaplarni tugating.
Hamon qor (nima qilyapti ?) ….. . Qushlar chirqillab don ( nima qiladi ?) … . Buvim peshoyvonga don (nima qildi? ) …. . Musicha , chumchuqlar peshoyvondagi donlarni ( nima qilyapti ? ) … . Baroq mushuk sekin (nima qildi ?) … . Qushlar gur etib ( nima qildi? )… .
Foydalanish uchun so’zlar: izlaydi , yog’yapti , uchib ketdi , yeyapti , sepdi , yaqinlashdi.
Hamon qor yog’yapti. Qushlar chirqillab don izlaydi . Buvim peshayvonga don sepdi. Musicha, chumchuqlar peshayvondagi donlarni yeyapti . Baroq mushuk sekin yaqinlashdi. Qushlar gur etib uchib ketdi .
308-MASHQ. 111- BET.
Gapning mazmuniga mos so’zlar tanlab, matnni ko’chiring.
Baxtiyorning otasi Safar aka cho’lda baxtini topgan insondir . Qo’riq yerga paxta …. , bog’rog’ bunyod….
Uning mehnatidan el –yurt …. .
Safar aka oilasini cho’lga olib ketishi uchun mashinada ….. . Baxtiyor otasi oldiga yugurib …. .
Otasi uni ….. .
Foydalanish uchun so’zlar : qildi , ekdi , keldi , erkaladi , bordi , bahra oldi .
Baxtiyorning otasi Safar aka cho’lda baxtini topgan insondir. Qo’riq yerga paxta ekdi , bog’rog’ bunyod qildi. Uning mehnatidan el-yurt bahra oldi.
Safar aka oilasini cho’lga olib ketish uchun mashinasida keldi . Baxtiyor otasini oldiga yugurib bordi.
Otasi uni erkaladi.
Download 25.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling