2. Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi? “O‘zbekinvest” sug’urta kompaniyasi


Misol sifatida, avtomobil sug‘urtalashni ko‘rib chiqamiz


Download 70.39 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi70.39 Kb.
#1405808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sug’urta kompaniyalari Ularning asosiy funksiyalari

Misol sifatida, avtomobil sug‘urtalashni ko‘rib chiqamiz:
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish:

  • b irovning avtomobiliga zarar yetkazilganda javobgarligingizni sug‘urta qiladi;

  • jabr ko‘rgan begunoh shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash tartibi bo‘yicha g‘amxo‘rlik qilish orqali muhim ijtimoiy rolga ega;

  • avtomobilning quvvati va foydalanish hududiga qarab belgilangan hamda sug‘urta to‘lovining qat’iy miqdoriga ega.

Avtomobilni ixtiyoriy sug‘urta qilish (KASKO):

  • yo‘llar, avtomobillar turargoxi va boshqa joylarda har qanday yo‘l hodisalari tufayli avtomobilingizga yetkazilgan zararni sizning aybingiz bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligidan qat’iy nazar qoplashni ta’minlaydi;

  • avtomobil egalarining mulkiy huquqlarini himoyalash va qo‘riqlash orqali ularning shaxsiy manfaatlari himoyasida turadi;

  • polis narxi turli tashqi o‘zgaruvchan omillarga qarab belgilanmaydi;

  • sug‘urta qoplamasi sug‘urta shartnomasining miqdoriga bog‘liq, ammo sug‘urtalangan transport vositasining to‘liq qiymatidan oshib keta olmaydi.

Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi?
O‘zbekistonda sug‘urta bozori regulyatori Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bo‘lib, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini Litsenziyalaydi, sug‘urta to‘lovlarining normativlari va mexanizmlarini, hamda ularni hisoblash tartibini ishlab chiqadi.
Sug‘urta bozorining ikki asosiy ishtirokchisi mavjud: sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi.
Sug‘urta qiluvchi – risklarni o‘ziga oluvchi va sug‘urta kompensatsiyasini to‘lovchi kompaniya.
Sug‘urta kompaniyalari – jismoniy (fuqarolar) va yuridik shaxslar (korxonalar) xatarlarini tuzilgan shartnoma asosida sug‘urtalovchi moliyaviy tashkilotning maxsus turi.
2022 yil 1 iyun holatiga ko’ra O‘zbekiston sug‘urta bozorida 42 sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Download 70.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling