2. Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi? “O‘zbekinvest” sug’urta kompaniyasi
Download 70.39 Kb.
|
Sug’urta kompaniyalari Ularning asosiy funksiyalari
Mavzu: Sug’urta kompaniyalari. Ularning asosiy funksiyalari. Reja: 1.Sug’urta haqida umumiy tushuncha. 2. Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi?3. “O‘zbekinvest” sug’urta kompaniyasi.4. Xulosa.Sug’urta haqida umumiy tushuncha. Sugʻurta kompaniyasi - sugurta faoliyatini amalga oshirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs, sugʻurta xizmatlari bozoritsht professional ishtirokchisi. Oʻzbekiston Respublikasi da Sugʻurta kompaniyasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin yuridik shaxs makrmini oladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olganidan soʻnggina sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi. Sugʻurta kompaniyalariga hayot sugʻurtasi va hayot sugʻurtasidan tashqari umumiy sugʻurta turlarini oʻtkazish uchun litsenziya alohidaalohida beriladi. Hayot sugʻurtasini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan Sugʻurta kompaniyasi ushbu sugʻurta turidan tashqari boshqa umumiy sugʻurta turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas yoki aksincha. Sugʻurta kompaniyasi turli mulk shakllarida faoliyat koʻrsatishlari mumkin. Oʻzbekiston sugʻurta bozorida ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritayotgan sugʻurta kompaniyalari koʻpchilikni tashkil etadi. Ular tarkibida eng yirik "Oʻzagrosugʻurta" davlataksiyadorlik Sugʻurta kompaniyasi va "Kafolot" sugʻurta kompaniyasi, "Madad" sugʻurta agentligi va "ALSKOM" ochiq aksiyadorlik Sugʻurta kompaniyasi, "Osiyo temir yoʻl" Sugʻurta kompaniyasi va boshqa bor. Sug‘urta – mol-mulk, sog‘liq yoki hayot, biznes, va qiymatga ega bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir. Sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi. Download 70.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling