Katta hajmli maʼlumot (inglizcha: Big data) — katta hajmdagi ma´lumotlarga nisbatan qo´llanadigan termin hisoblanadi(odatda terabayt, ekzabayt va petabaytlar darajasida). Ushbu ma´lumotlarni amaldagi va yangi yaratilayotgan texnologiyalar yordamida to´plash, taqsimlash, o´zgartirishlar kiritish, tahlil qilish, saqlash va vizual shaklda tasvirlash imkoni bo´lishi kerak. Ma´lumotlar miqdorining tez o´sishiga so´nggi yillarda kuzatilayotgan texnologik taraqqiyot va buning natijasi hisoblanmish mashina tomonidan yaratilayotgan ma´lumotlarning ko´payib borishi sababchidir. RFID-texnologiyasining keng tarqalishi, elektron transaksiyalarning moliya sohasida keng qo´llanilishi, ilmiy-tadqiqot muassasalarining to´plagan natijalari, web-texnologiyalarining keng tarqalishi, telekommunikasion tizimlardagi protokollar shular jumlasidandir. Big Data aslida ilmiy-tadqiqotga aloqador sohalarda avvaldan ham mavjud bo´lgan bo´lsa-da, lekin so´nggi yillardagina ushbu fenomen ko´proq tilga olinadigan bo´ldi. Buning sababi shundaki, katta miqdordagi ma´lumotlarni tahlil qilish endi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan ham keng qo´llanila boshlanishi va buning oqibatida ma´lumotlar tahlilining raqobatbardoshlikni oshirish va samaradorlikni kuchaytirish kabi muhim masalasarda asosiy o´rinni egallaganidir. Big Data odatiy Bosh Informasion Mutaxassis (Chief Information Officer - CIO) uchun qo´shimcha vazifalar va talablar yaratishdan tashqari, yangi Ma´lumot Boshqaruvchisi (Data Steward) va Ma´lumot bo´yicha mutaxassis (Data Scientist) kabi kasblarning paydo bo´lishiga olib keldi.
3. Iqtisodiy axborotlarni shakillanishi
Har qanday, shu jumladan iqtisodiy axborot, uni ishlash texnikasidan qat’iy nazar muayyan tuzilmaga ega bo'ladi. Tuzilma axborot tuzilishini ochib beradi. Odatda iqtisodiy axborotning rekvizit, ko’rsatkich, hujjat, guruh (massiv), oqimdan iborat beshta tuzilmali birligi farqlanadi (1- chizma).
Rekvizitlar iqtisodiy axborotning oddiy bo'linmas birliklari hisoblanadi. Ular ob’ektning muayyan xossalarini ifodalaydi. Rekvizitlar rekvizit-belgilar va rekvizit-negizlarga bo'linadi. Rekvizit-belgilar tavsiflanayetgan ob’ektning (harakat vaqti va joyi, ijrosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va hokazo) sifatiy xossalarini ifodalaydi.
Rekvizit-negizlar esa ulchamning muayyan birliklaridan ifodalangan hodisalarning miqdoriy tavsifini beradi. Masalan, tovarlar hajmi - so'mlarda, reja bajarilishini - foizlarda. Aloxida olingan rekvizit-belgilar va rekvizit-negizlar iqtisodiy ma’noni kasb etmaydi, shuning uchun bir-biri bilan boqliqligidagina qo'llaniladi.
Iqtisodiy ma’no kasb etgan o'zaro bog'langan rekvizit-belgilar va rekvizit-negizlar kursatkich deb ataladi. Har bir ko’rsatkich bitta yeki bir necha rekvizit belgidan tashkil topadi.
Ko’rsatkichlar quyidagi ko'rinishda berilishi mumkin:
P=R1, R2, R3 -…Rn, K,
bunda R1, R2, ...,Rn – ko’rsatkichning rekvizit belgilari;
K – ko’rsatkichning rekvizit negizi.
Rekvizit formulasi quyidagicha berilishi mumkin:
Rekvizit:= .
Hujjatlar ko’rsatkichlar asosida tuziladi, ya’ni bitta yeki bir nechta ko’rsatkichni o'z ichiga olishi mumkin. Hujjatlarda ulardagi axborot to'g'riligi uchun javobgar shaxslar imzosi albatta bo'lishi shart.
Muayyan belgi bo'yicha birlashtirilgan hujjatlar jami guruhni hosil qiladi. Axborotning tuzilmali birligi bo'lgan guruh ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda ishlashda yetakchi ahamiyat kasb etadi, chunki qul texnikasi va hisoblash mashinalari majmuidan (HMM) foydalanish sharoitida e’tibor rekvizitlarga, hisoblash mashinalari parkidan (HMP) foydalanish sharoitida esa – ko’rsatkichlarga beriladi. Massivlar turli belgilarga ko'ra ancha yirik va murakkab axborot birliklariga qo'shiladi. Boshqaruv faoliyatining bir sohasiga taaluqli massivlar jami odatda axborot oqimi deb, umuman boshqaruv faoliyatini tavsiflaydigan bunday oqimlar jami axborot tizimi deb ataladi.
Axborot tizimi boshqaruv ob’ektlarining butun axborotini to'la qamrab oladi hamda oliy darajadagi tuzilmali birlik hisoblanadi. Shu tariqa, iqtisodiy axborot umumiy tuzilmasini oddiy tarzda quyidagi tarxda ifodalash mumkin.
1 tarhda keltirilgan iqtisodiy axborotning tuzilmasi umumiy mantiqini aks ettiradi. Iqtisodiy axborot turlarining mazmuniy tahlili o'ziga xos tuzilmali axborot birliklari qo'shimcha tarzda ajratilishi mumkinligini ko'rsatadi. Masalan, buxgalteriya hisobi olib borishning usuliy tamoyillari negizidagi hisob axborotida buxgalteriya yozuvi singari ko'zda tutiladi.
Iqtisodiy axborotni tasniflanishi.
Iqtisodiy axborot boshqaruv vazifalari, paydo bo'lish joyi, foydalanish darajasi, hosil bo'lish bosqichlari, paydo bo'lish vaqti, ma’lumotlar berish usuli, to'lalik, barqarorlik belgilari bo'yicha tavsiflanadi.
Iqtisodiy axborotni boshqaruv vazifalariga ko'ra tasniflash, ularning o'zaro nisbatini boshqaruv vazifalariga boq’liq holda hisob, reja, direktiva va xokazo axborotga ajratiladi. Bunda hisob axboroti sodir bo'lgan voqealar, xodisalar, xo’jalik jarayenlarini tavsiflaydi, reja axboroti esa kelgusi davrda yuz beradigan xodisa va voqealarni aks ettiradi. Direktiva axborotida direktivaga xos ma’lumotlar bo'ladi va bu axborot boshqaruvning yuqori darajalaridan kelib chiqadi.
Iqtisodiy axborotni paydo bo'lish joyiga ko'ra ichki va tashqi axborotga ajratish mumkin.
Axborot hosil bo'lish bosqichlariga ko'ra birlamchi va ikkilamchi (hosila) axborotga ajratiladi. Birlamchi axborot boshqaruv jarayenining dastlabki bosqichida paydo bo'ladi va ob’ekt holatini aks ettiradi. Birlamchi axborotni ishlash natijasida ikkilamchi axborot paydo bo'lib, oraliq va yakuniy axborotga ajratiladi. Oraliq axborot deganda kelajakda turli vazifalar yechimida foydalaniladigan ma’lumotlardir. Birlamchi axborotni yoki ko'pincha birlamchi va oraliq axborotni qayta ishlash jarayenida olinadigan yakuniy axborot, ob’ekt ishini boshqarish hamda yechimlarni tayyorlash va qabul qilish uchun foydalaniladi.
Iqtisodiy axborotdan foydalanish darajasiga boq’liq holda ma’lum guruhga kiritish uchun oldin quyidagi koeffitsiyentlarni zarur;
bunda Kfoy, Kfoy1, Kfoy11- axborotdan foydalanish koeffitsiyentlari;
Vbirl - birlamchi axborot hajmi;
Vikk. - ikkilamchi axborot hajmi;
Vyak - yakuniy axborot hajmi;
Vor - oraliq axborot hajmi.
Iqtisodiy axborot paydo bo'ladigan fursatiga ko'ra davriy va nodavriy axborotlarga bo'linadi. Davriy axborotda oylik, choraklik, yillik, besh yillik axborotlar ajratiladi. Nodavriy axborot foydalanuvchi talabiga ko'ra beriladi. Axborotli xabarlar ob’ekt ishi maromida olinayotgan bo'lsa, ular odatda vaqt amaliy ko’lamidagi xabarlar deb ataladi.
Iqtisodiy axborot ma’lumotlar berilishi uslubiga ko'ra matnli va yozuvli axborotlarga bo'linadi. Matnli iqtisodiy axborot alifbolik, raqamlik va alifbo-raqamlik bo'lishi mumkin.
Xulosa
Axborot boshqa belgilarga ko'ra ham tavsiflanar ekan. Masalan, hujjatlarda qayd etilishiga boq’liq holda hujjatlashtirilgan va hujjatlashtirilmagan axborotlarga, berish hamda idrok etish usuliga ko'ra og'zaki va yozma, ko'z bilan kuzatiladigan hamda kuzatilmaydigan axborotlarga ajratiladi.
Iqtisodiy axborotning ayrim ishlovchi turlari uchun o'ziga xos tasniflar ham tuziladi. Masalan, rejali axborot uzoq muddatli axborotlarga, buxgalteriya hisobi axboroti tahliliy hamda sintetik axborotlarga bo'linadi.
Iqtisodiy axborotga bir qancha talablar qo'yiladi. U o'z vaqtida beriladigan, ishonchli va dolzarb bo'lishi kerak.
O'z vaqtida beriladigan axborot boshqaruv qarorini ishlab chiqishda belgilangan marosim va tartibni buzmay hisobga olinishi mumkin bo'lgan axborotdir. Axborotning ishonchliligi deganda axborotni amalda mavjud bo'lgan ob’ektlarni zarur aniqlik bilan aks ettirish xususiyati tushuniladi.
Axborotning dolzarbliligi undan foydalanish fursatida uning boshqaruvsiz qiymatini saqlash darajasi bilan belgilanadi hamda aks ettirilayotgan ob’ektning statistik tavsiflariga (ularni o'zgarishiga) va mazkur axborot paydo bo'lish fursatidan keyin o'tgan vaqt oralig'iga boq’liq bo'ladi.
Sifatli axborot yuksak pirovard natijaga erishish maqsadida to'g'ri boshqaruv yechimlari qabul qilinishiga yordam beradi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida, umuman iqtisodiyet bo'yicha va, xususan, temir yo'l transportida yangi xo’jalik tuzilmalarining (ijara, kichik, aksiyadorlik, xususiy va boshqa korxonalarning) paydo bo'lishi axborot sifatiga oshirilgan talablarni qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |