2. Tabiiy shamollatish
Download 196.3 Kb.
|
1509450430 69570
2. Tabiiy shamollatishTabiiy shamollatish tashqaridan bino ichiga kiigan sovuq havo bino ichidagi issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib, isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli yengillashib binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun truba yoki tirqishlar hosil qilsak, unda biz,havoni tashqariga chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Biz jarayon har qanday sanoat korxonasi binosida, shuningdek, har qanday binoda, ayniqsa, sovuq faslda uzluksiz davom etadi va bu hodisani aeratsiya deb yuritiladi. Mashinasozlik sanoati korxonalarida, ayniqsa, ko'p miqdorda issiqlik ajralishi bilan kechadigan jarayonlarda tabiiy shamollatishning ahamiyati nihoyatda katta bo'iadi. Chunki bu sexlarda almashtiriladigan havoning miqdori juda katta bo'lganligi sababli mexanik shamollatishga juda katta mablag' sarflashga to'g'ri keladi. Bunday issiq sexlarda ajralib chiqayotgan issiqlikni tabiiy shamollatish yo'li bilan chiqarib yuborish anchagina iqtisodiy samara berishini hisobga olish kerak. Bunda asosiy e'tiborni havoni kirish yo'nalishlari va chiqish joylarini ta'minlash katta rol o'ynaydi. Ma'lumki, issiq havo yuqoriga qarab ko’tariladi, sovuq havo esa pastga yo'naladi. Shuning uchun ko'p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi sexlarda sovuq havoni poldan 4 m balandlikdan berish maqsadga muvoflq hisoblanadi. Sovuq havo pastga , qarab yo'nalishi borasida issiq havo bilan aralashadi, isiydi va vujudga kelgan tabiiy oqimlar harakatiga qo'shilib uzluksiz harakat hosil qiladi. Bu uzluksiz harakat davomida oqimlarga yangidan-yangi miqdorlar qo'shilishi natijasida yuqori to’siqlar tomon yo'naladi va bir qismi tabiiy shamollatish tirqishlaridan tashqariga chiqib ketadi, bir qismi esa sovib yana pastga qarab yo'naladi va bu bilan havoning xona ichidagi aylanma harakatini kuchaytirishga o'z hissasini qo'shadi. Shunday qilib, binolarning ichida havo harakatining tutash oqimlari vujudga keladi. Buni 11-rasmda ko'rsatilgan sxemada ifodalash mumkin. Agar tashqarida havo nihoyatda issiq bo'lsa, (30—40 °C atrofida) tabiiy shamollatish ehtiyoji oshadi. 11-rasm. Tabiiy shamollatishda sanoat korxonasida hosil bo’ladigan bosimlaniing taqsimlanish. Tabiiy shamollatishni hisoblash, asosan, ma'lum isish hisobiga yengillashib, binoning yuqori qisimlarida yig'ilgan ortiqcha bosimni, biron-bir havo chiqarib yuborish joyidan chiqarib yuborishga mo'ljallangan. Ko'ndalang kesimga ega bo'lgan sexga umumiy havo bosimi asosida belgilab olasak, ma'lum balandlikka ko'tarilgan havo isib, xona haroratiga tenglashgan chizig'i deb faraz qilaylik. Shu chiziqdan yuqori tomonda bosim ortiqcha bo'lib, past tomonda birmuncha kam bo'lishini grafikda ko'rinib turibdi. Hosil bo'lgan ortiqcha bosimi balandlik hisobiga bo'lganligidan uni quyidagicha ifodalash mumkin: P=H(m u ), bunda, H—quyi havo kirish joyi bilan yuqoridagi havo chiqish joyi orasidagi balandlik; m =tashqaridagi havoning zichligi, kg/m u=ichkaridagi havoning zichligi,kg m. Bundan tashqari tabiiy havo almashish shamol ta'sirida ham bo'lishi mumkin. Agar binoga shamol urilayotgan tomondagi bosim (12-rasm) shamol hisobiga birmuncha ijobiy bo'lsa, shamol urmayotgan tomonda bosim salbiy yo'nalishda bo'ladi va buni quyidagicha ifodalash mumkin: P= P1-P2 bunda, P1-shamol urilayotgan tomondagi bosim P2-shamol urilmayotgandagi tomondagi bosim. 12-rasm. Shamol ta'siri havo almashtirish miqdorini oshiruvchi qurilma (deflektor). Agar binoga har ikkala bosim kuchi tabiiy shamollatish vazifasini bajarayapti deb hisoblasak: P =(m u ) H+ (P1-P2) Ortiqcha bosim miqdorini aniqlagandan yuborilayotgan havo miqdorini ham aniqiash mumkin: Q = f 2qP bunda, —havo miqdori koeffitsiyenti; f-havo chiqarib yuboruvchi teshik kesim yuzasi. Soddalashtirilgan holda bu formula ko’nishiga ega bo’ladi. Q =4.04 Agar chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, kirib kelayotgan havo miqdoriga teng desak, unda biz kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan havo harakat tezligini topishimiz mumkin; V= Q F bu yerda F — havo chiqib ketiyotgan tirqish kesim yuzasi. Chang tozalagichlarning turlari ko'p. Ularni qo'llaganda asosan chang tozalovchi qurilmaning ishlatish jihatidan qulayligiga, uning chang tozalash darajasiga va arzon-qimmatligiga qarab tanlanadi. Download 196.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling