2. Tabiiy shamollatish


Download 133.58 Kb.
bet2/5
Sana01.05.2023
Hajmi133.58 Kb.
#1419208
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sanoat korxonalarini shamollatish usullari

1. Shamollatish usullari


Umumiy shamollatish. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan bar xil zararli moddalarni shamol yo'nalishtirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo'lmasa yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo'lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo'llash imkoniyati yo'qoladi. Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko'p ajralib chiqayotgan .zonaga o'rnatish kerak.
Ishlab chiqarish zonalarida yig'ilgan havodagi zararli moddalar shaxta va fonarlar, shuningdek, havo almashtirish maqsadida o'rnatilgan havo qabul qilish vositalari orqali chiqarib yuborilishi mumkin. Sof havoni esa yuqorida ko'rsatib o'tilgan vositalarning biri yordamida amalga oshirish mumkin. Qanday yo'l bilan xonaga sof havo berish va zararli moddalar yig’ilgan havoni chiqarib yuborish1 usullari, zararli moddaning xona bo'ylab tarqalish xususiyatiga bog’liq bo'ladi. Masalan, agar sexda ko'plab issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo'lgan mashina va mexanizmlar o'rnatilgan bo'lsa, ularning sexda joylashish holatiga asosan shamollatish usullari belgilanadi. Bundan tashqari har xil zararli faktorlarga ega bo'lgan jihozlarni sex bo'ylab joyiashtirish ham katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham sanoat korxonalari loyihalanayotgan vaqtda iqlim sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va sexdagi jihozlarni to'g’i joylashtirish masalalari qoniqarli hal qilingan bo'lsa, shamollatish vositalarini o'rnatish ham shunchalik osonlashadi.
Shamollatish vositalarini o'rnatishda, shamollatish sxemasining iqtisodiy kamxarj bo'lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur.

7-rasm. Markazdan qochma kuchga asoslangan ventilator.
Bu birlik bir soat davomida xona ichidagi havo nee ha marta yangilanayotganini ko'rsatadi.
Ventilatorlarning markazdan qochma (7-rasm) va o'q bo'ylab (8rasm) havo harakati hosil qiluvchi turlari mavjud. Markazdan qochma kuchga asoslangan ventilatorlar har xil konstruksiyaga ega bo'lishlari mumkin. Ularni turlarga bo'lishda qanday ish uchun tavsiya etilganligi va hosil qiladigan bosimi hisobga olinadi. Hosil qiladigan bosimi bo'yicha past bosimli ventilatorlar (R>I kPa yoki 100 kg/sm2), o'rtacha R > Z kPa, yoki 300 kg/sm2 va yuqoribosimli R< Z kPa bo'lishi mumkin.

1-rasm. O'q bo'ylab havo harakatini ta'minlovchi ventilator.
Markazdan qochma kuchga asosolangan ventilatorlar asosan spiralsimon tashqi qobiqqa joylashtirilgan kurakchali g'ildirakdan tashkil topgan. G'ildirak aylanma harakat qilishi asosida kurakchalarga urilgan havo kuch bilan tashqarigai markaziy o'qqa perpendikular ravishda markazdan qochma kuch asosida harakatlantirilib yuboriladi va bu havo spiralsimon tashqi qobiq bo'ylab yo'naltiriladi. Bunday markazdan qochma kuchga asoslangan ventilator anchagina katta bosimdagi havo harakatini ta'minlay oladi.

2-rasm. SP7-40 N8 ventilatorning aerodinamik ko'rsatkichlari.
Ventilatorlar qanday maqsadlarda foydalanishga qarab ma'lum nomerlarga va markazlarga ega bo'ladi. Ventilatorlarning nomeri uning ishchi kurakchali g'ildiragining dm larida ifodalangan diametridir, ya'ni N 4 bo'lsa, unda kurakchali g'ildiragi 400 mm li ventilyatorlar tushuniladi. Markazdan. qochma ventilatorlarning hamma o'lchanadigan birliklari GOST 10616-73 «Markazdan qochma va o'q bo'ylab, harakat hosil qiluvchi ventilatorlar. Asosiy o'lchamlari va xususiyatlari»da ventilatorlarning I danu 50 nomergacha keltirilgan va izohlangan. Ventilatorlarning kurakchali g'ildiragini elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladi.
Ventilator tuzilishi va ishlatiladigan joyiga qarab turli-tuman ko'rinishlarga ega. Masalan, changli havoni harakatga keltirish uchun ishlatiladigan ventilatorlar SP7-40 tartibidagh ventilatorlar seriyasini tashkil qiladi va bular birmuncha mustahkam ishchi g'ildirakka ega bo'lib 74 tadan sakkiztagacha kurakchat bilan ta'minlangan bo'ladi. Bunday kurakchalarning siyrak joylashuvchi ventilatorlarga har xil havo tarkibidagi tolasimon materiallar va changning tiqilib qolmasligini ta'minlaydi. 9-rasmda SP7-40 ventilatorlarning ish unumi, hosil qiladigan bosimi kurakchali g'ildiragining aylanish soni ham foydali ish koeffitsiyenti o'rtasidagi umumiy bog'lanishlar keltirilgan. Har bir ventilator tuchun bunday chizmalarning berilishi kerakli joyga munosib ventilator tanlab o'rnatish imkoniyatini beradi. O'q bo'ylabr havo harakati hosil qiluvchi ventilatorlarningv bosimi kam bo'lib (30:3000Pa), ammo ancha ko'p miqdorda havoni harakatlantirish imkoniyatiga ega. Bir-biridan parraklarining tuzilishi bilan farqlanadigan ventilatorlar mavjud. Ular ichida eng ko'p tarqalgani tomga o'rnatiladigan ventilator bo'lib (10-rasm), mashinasozlik sanoati korxonalari xonalarini umumiy shambllatishda keng qo'llaniladi.


3-rasm. Tomga o'rnatiladigan ventilatorlar:













Download 133.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling