2. Tabiiy shamollatish
Havoni tozaiashni va atmosferaga chiqarib yuborishni tashkil qilish
Download 133.58 Kb.
|
Sanoat korxonalarini shamollatish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Havoni motadillashtirish
Havoni tozaiashni va atmosferaga chiqarib yuborishni tashkil qilishAjralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi, shu yo’l bilan zavod territoriyasidagi va korxona tashqarisidagi havo muhitining ifloslanmasligi ta'minlanadi. Zavod va fabrika atrofidagi sanitariya-himoya zonalarida havoning ifloslanishidan saqlash ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba ishlab chiqarish korxonalaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim muammolaridan biri bo’lib,bu ishga butun dunyo mutaxassislarining diqqat-e'tiborini jalb qilmoqda. Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalanadi. 4. Havoni mo'tadillashtirishHavoni mo’tadillashtirish sanoat korxonasi xonalaridagi havo holatini ichki omillar issiqlik ajralib chiqishi, namlik va tashqi omillar havoning issiq-sovuqligidan qat'i nazar, avtomatik ravishda bir xil me'yorida yoki berilgan programma asosida havo parametrlarini saqlab turish tushuniladi. Havoni mo'tadillash sanitar-gigienik sharoitini yaxshilashdan tashqari texnologik talablar asosida ham o'rnatilishi mumkin. Masalan, kimyoviy tolalar ishlovchi ba'zi bir sexlar havoning parametrlarining doimiy bo'lishini taqozo qiladi. Bunday hollarda sexlar deraza va framugalarsiz bo'lib, undan havoning birliklarini mo'tadillashtirish qurilmalari ta'minlanadi. Ba'zi hollarda havoni mo'tadillashtirish ish sharoitida vujudga keladigan statik zaryadlarni namlikning ko'payishi hisobiga yo'qotish maqsadida qo'llaniladi. Havoni mo'tadillashtirish uchun maxsus konditsionerlardan foydalaniladi. Har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan konditsionerlarning seksiyalari nusxalari tayyorlangan va bu seksiyalar yordamida istagan ishlab chiqarish sharoiti uchun kerakli ishlab chiqarish hajmiga va ehtiyojiga moslashtirilgan kondrtsionerlar tayyorlash imkoniyatini mavjud. Seksiya, nusxalari havo qabul qilishini ta'minlaydi, uni filtrlab tozalaydi, issiq yoki sovuq bilan ta'minlaydi, harakatga keltiradi, namlaydi va boshqa jarayonlarni bajaradi. Konditsionerning. ehtiyoji bo'lmagan seksiyalarini o'chirib qo'yish mumkin. Konditsionerlarni montaj qilish sistemasini, seksiya tiplarini, tiplashtirilmagan shamollatish elementlari bilan qo'shib, o'zgartirish mumkin. Konditsioner sistemasini har xil datchiklar va qurilmalar o'rnatib avtomatik rejimga keltirish mumkin. 13-rasmda konditsionerlarning tuzilish chizmasi ko'rsatilgan. Havo konditsionerlarga havo o'tkazgich (1) orqali qabul qilinadi, filtr (2) orqali o'tib har xil iflosliklardan tozalaniladi va I kameraga o'tadi va bu yerda qish vaqtida isitiladi, yoz vaqtida sovutiladi. Undan keyin havo II kameraga o'tadi, unda havoga (5) forsunkalar yordamida suv tomchilari purkash bilan namlanadi. Bundan tashqari bu yerda havo qo'shimcha isitilishi yoki sovutilishi mumkin. So'ngra hayo III kameraga o'tadi va bu yerda ikkinchi bosqich kaloriferlar (7) bilan uning harorati ishchi xonalariga yuborish uchun kerakli holatga keladi. Uni ventilator (9) yordamida havo o'tkazgich orqali xonalarga yuboriladi. Agar xonada havo zarari maddalar bilan ifloslanmayotgan bo'lsa, unda uni o'tkazgich (3) orqali qaytadan ishlov berib, aylanma tizim tashkil qilish mumkin 4-rasm. Sanoat konditsionerlarining tuzilish chizmasi Download 133.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling