2-Tajriba ishi Mavzu: Bir fazali induktsiоn elektr hisоblagichni ishlash
Download 58.88 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-tajriba ishi
2-Tajriba ishiMavzu: Bir fazali induktsiоn elektr hisоblagichni ishlashprintsipini o’rganish1. Ishning maqsadi Bir fazali o'zgaruvchan tok zanjirlaridagi elektr energiyamiqdorini o'lchash usullari bilan tanishib, bir fazali induksion elektr hisoblagichni tuzilishini, ishlash prinspini va ularni tekshirish usullarini o'rganish. 2. Nazariy ma'lumotlar Induksion sistemadagi asboblardan faqat o'zgaruvchan tok zanjirlaridagina foydalaniladi. Ular elektr energiya hisoblagichlari sifatida keng tarqalgan. SO tipidagi bir fazali elektr hisoblagichlari 127 V li hamda 220 V kuchlanishli, 50gs chastotaga mo'ljallangan bo'ladi. Bu elektr hisoblagichni o'lchash mexanizmi ikkita elektromagnitdan iborat bo'lib, ular yupka alyuminniy diskning chekkasiga joylashtirilgan elektromagnitda ko'p o'ramli chulg'am bo'lib, bu tok iste'molchisi bilan paralel ulanadi va kuchlanish chulg'ami deyiladi. Bu elektromagnit chulgamlaridan o'zgaruvchan tok o'tganda, magnit oqimlari hosil bo'ladi va bu oqimlar alyuminiy diskni kesib o'tishi natijasida yuguruvchi magnit maydon xosil bo'ladi. Diskka ta'sir etuvchi aylantiruvchi momentni miqdori iste'molchining aktiv quvvatiga proporsional, ya'ni MaylanK1R bunda R - iste'molchining quvvati; K1 ayni hisoblagich uchun o'zgarmas koeffisiyent bo'lib, u chulg'amdagi o'ramlar soni va elektromagnitlarni joylashishiga bog'liq. Diskning bir xil tezlikda aylanishi uchun tormozlovchi moment zarur, bu moment o'zgarmas magnit (4)ning magnit maydonini diskka ta'sir etishidan vujudga keladi. Bu magnit maydon ham diskda uyurma toklar hosil qiladi va magnit maydon bilan ta'sirlashib, disk harakatini tormozlaydi. Diskka ta'sir etuvchi tormozlovchi moment uning harakat tezligiga to'g'ri proporsional, ya'ni Mt K2 n; bunda K2-ayni hisoblagich uchun o'zgarmas proporsionallik koeffisiyenti; n - diskning sekundiga aylanishlar soni. Bundan RSn kelib chikadi. Diskning aylanish tezligi tormozlovchi moment aylantiruvchi momentga tenglashguncha ortib boraveradi, ya'ni Maylan Mt yoki K1RK2 n; Agar tok zanjiri (t) vaqt ichida R quvvat iste'ol qilsa, sarflangan energiya quvvat bilan vaqtning ko'paytmasiga teng bo'ladi. W=P·tC·n·tC·N bunda Nnt - diskning aylanishlar soni; C - hisoblagichning haqiqiy doimiysi deb ataladi. Hisoblagichning haqiqiy doimiysi C ning miqdori hisoblagich diski bir marta to'liq aylanganda elektr iste'molchisi olgan energiyaga tengdir. Asbob shitida hisoblash mexanizmining uzatish soni ko'rsatilgan bo'ladi, u tokning muayyan ish birligida diskning necha marta aylanishini ko'rsatadi, masalan, 1kVtsoatq5000 diskning aylanishlar soni. Uzatish soniga ko'ra hisoblagichning nominal doimiysi C0 aniqlanadi. Diskning harakati chervyak vint orqali hisoblash mexanizmiga uzatiladi, hisoblash mexanizmi 0 dan 9 gacha raqamlar yozilgan bir qator shisternachalardan iborat bo'ladi. Barcha raqamlar birgalikda hisoblagich tarmoqqa ulanib turgan vaqt ichida sarflangan energiyaning kVtsoat larda ifodalangan miqdorini ko'rsatuvchi sonini beradi. Elektr energiyasining o'lchov birligi XBT da (1Ж1Вт1сек) 1J1Vt1sek olingan, lekin amalda ko'pincha 1kVtsoat3,6106J (joul) ishlatiladi. Reaktiv energiyani maxsus reaktiv energiyani o'lchashga mo'ljallangan reaktiv energiya hisoblagichlaridan foydalaniladi. Reaktiv energiyani o'lchov birligi 1kVarsoat ishlatiladi. Download 58.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling