Mavzu: asinxron generatorlar reja 1 asinxron generatorlar


Download 20.44 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.44 Kb.
#1558505
Bog'liq
Asinxron generatorlar reja 1 asinxron generatorlar


MAVZU: ASINXRON GENERATORLAR

REJA

1 ASINXRON GENERATORLAR

2 ASINXRON GENERATORLARNING ISHLASH PIRINSIPI

3. XULOSA

4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


A
sinxron generator
 — Generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator xarakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yoʻnalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda Asinxron generator rotorinint sirpanishi manfiy boʻlib qoladi, mashina valida tormozlovchi moment vujudga keladi va energiyasini tarmoqqa berib, generator sifatida ishlaydi. Asinxron generatordan kichik quvvatli yordamchi elektr tok manbai va tormozlash qurilmasi sifatida foydalaniladi
Asinxron mashinaning tuzilishi va asosiy qismlari
Asinxron motorlar (A.М) elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantiruvchi qurilmadir. U tuzilishining soddaligi, arzonligi, ishda ishonchliligi sababli sanoat, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng qo’llaniladi. 
Har qanday elektr mashinalari kabi A.М. generatorlar rejimida ham ishlashi mumkin. Umuman A.М.ning generator rejimida ishlashi iqtisodiy-texnik jihatdan maqsadga muvofiq emas, ammo oxirgi yillarda o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, asinxron mashinalarning generator sifatida ishlatilishining bir qator ustunliklari borligini ko’rsatdi.
Hozirgi vaqtda asinxron mashinalari asosan uch fazali motorlar sifatida ishlatiladi.
Asinxron motorlar sanoatda ishlatilayotgan elektr motorlarining 80 foizidan ko’progini tashkil etadi. Bunday katta talabni qondirish uchun mashinasozlik zavodlarida har yili ishlab chiqarilayotgan asinxron motorlarning quvvati vattning bir necha ulushlaridan, bir necha ming kilovattgacha, ish kuchlanishi esa 127 V dan 10 kV gacha bo’ladi.
Asinxron motorlar qo’zg’almas stator va aylanuvchi rotor qismlardan iborat. Stator ayrim elektrotexnik po’lat plastinkalardan yig’ilgan o’zak o’rnatilgan bo’lib, o’zakning sirtidagi ariqchalarga (pazlarda) uchta, fazoda 1200ga siljigan, mis simli chulg’amlar joylashtiriladi. Bu chulg’amlar o’zaro―yulduzcha‖ yoki ―uchburchak usulida ulanib uch fazali elektr tarmog’iga qo’shiladi. Demak, stator chulg’amlarining natijaviy magnit maydoni aylanuvchi bo’lib rotorning chulg’amlarini kesib o’tadi.
A.M.ning rotori silindr shaklida bajarilib, uning ham ayrim eletrotexnik po’lat plastinkalaridan yig’ilgan o’zagi ariqchalarida (pazlarida) chulg’am joylashtirilgan. A.M.-lar rotor chulg’ami yasalishi jihatidan ikkiga bo’linadi. Shunga muvofiq rotor qisqa tutashgan A.M. yoki alyuminiy sterjenlardan olmaxon g’ildiragi shaklida bajarilgan bo’lib, bunday A.M.ning rotori qisqa tutashgan A.M.deyiladi.
Asinxron elektr mashina — Rotorining aylanish chastotasi stat-rinint magnit maydoni aylanish chas-totasiga mos kelmaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi. Asosiy qismlari: staninaga oʻrnatilgan poʻlat oʻzak va oʻzakka oʻralgan chulgʻamlardan iborat stator hamda oʻqqa oʻrnatilgan va ariqchalariga chulgʻamlar joylashtirilgan poʻlat oʻzakdan iborat rotor. Rotor oʻzagi ham, stator oʻzagi ham poʻlat plastinalardan yigʻiladi. Chulgʻamlarning bir-biriga oʻzaro ulanishi va manbadan tok bilan taʼminlanishi usuliga koʻra stator bir, ikki, uch va koʻp fazali qilib tayyorlanishi mumkin. Uch va koʻp fazali chulgʻamlar oʻzaro yulduzcha, uchburchak va koʻpburchak shaklida ulanadi. Chulgʻamlarining tayyorlanishiga koʻra, rotor qisqa tutashtirilgan va fazarotorli xillarga boʻlinadi. Stator bilan rotor orasidagi havo tirqishi iloji boricha kichik (0,025 mm gacha) qilinadi. Asinxron elektr mashina rotorining aylanish chastotasi stator magnit maydonining aylanish chastotasiga bogʻliq boʻladi va isteʼmol qilinadigan tok chastotasi hamda mashinaning juft qutblar soni bilan aniqlanadi. Sirpanish (siljish) qiymatiga qarab, Asinxron elektr mashinani asinxron elektr dvigatel va asinxron generator sifatida ishlatish mumkin.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Asinxron generator — Generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiy ani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator xarakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yoʻnalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Har qanday elektr mashinalari kabi A.М. generatorlar rejimida ham ishlashi mumkin. 


Umuman A.М.ning generator rejimida ishlashi iqtisodiy texnik jihatdan maqsadga muvofiq emas, ammo oxirgi yillarda o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, asinxron mashinalarning generator sifatida ishlatilishining bir qator ustunliklari borligini ko’rsatdi.
Rotorining aylanish chastotasi stat-rinint magnit maydoni aylanish chas-totasiga mos kelmaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinas

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. A. Qudratov, T.G’aniev, O’. Yuldashev, G’.Yo. Yormatov, N. Xabibullaev, F.D Xudoev. «Hayot faoliyati xavfsizligi» maruzalar kursi. Toshkent 2005 y.

  2. Yuldashev O.R., Sapaev Sh.M., va boshqalar «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan amaly mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma. Toshkent 2010 y

  3. Т.В. Гитун, А.Г Елисеев и др. «Экстремальная медицина» Полный справочник. Москва 2006 г.

  4. О.Р Юлдашев, О.Т Хасанова и др. «Аварийно-спасательные раьоты» Учебное пособие. Ташкент 2008 г.

  5. О.Р Юлдашев, О.К Абдурахманов и др. «Безопасность жизнедеятельности» Учебное пособие. Ташкент 2009 г.

  6. X.V Salimov. «Ekologiya» Ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati Toshkent 2009 y.

Download 20.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling