2 tajriba ishi tеmir-uglеrоd qоtishmalarning mikrоstrukturasini o’rganish. Ishni bajarishdan maqsad


Download 320.43 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi320.43 Kb.
#1156616
1   2   3   4
Bog'liq
TAJRIBA ISHI -2

9-rasm. Tеmir - uglеrоd qоtishmalarining hоlat diagrammasi.

Amalda temir-tsementit diagrammasini tuzishda termik analiz natijalariga asoslaniladi. Buning uchun koordinatalar sistemasida abtsissa o’qi bo’ylab qotishmadagi uglerod miqdori, ordinatalar o’qi bo’ylab qotishmaning temperaturasi qo’yiladi. So’ngra temirdan tsementitgacha bo’lgan turli xil tarkibli qotishmalarning kritik temperaturalari va strukturalari belgilanib olingach, turli kontsentratsiyali qotishmalarning kristallanish va qayta kristallanishini boshlanishi hamda tugash temperaturalari aniqlanib, shu nuqtalar o’zaro tutashtirilsa, temir-tsementit qotishmalarining holat diagrammasi paydo bo’ladi.
Temir-tsementitning holat diagrammasi temir-uglerod qotishmalari suyuq holatdan asta-sekin xona temperaturasigacha sovitilganda sodir bo’ladigan struktura o’zgarishlarini ifodalaydi. Shu sababli hosil bo’layotgan temir-uglerod qotishmalarining strukturalarini muvozanat yoki stabil strukturalar deb ataladi.
Temir-uglerod qotishmalari suyuq holatdan asta-sekin (soatiga 100 0C dan kam kichik tezlikda) uy temperaturasigacha sovitilgandagi strukturalar mikrоskopik analiz qilinganda ferrit, tsementit, austenit, perlit, ledeburit va grafit kabi muvozanat (stabil) strukturalar hosil bo’lishini ko’rish mumkin.
Ferrit (F) uglerodning -temirdagi qattiq eritmasidir. Uglerodning -temirdagi erishi mumkin bo’lgan eng ko’p miqdori 727 0C da 0,025 % ni tashkil etadi. Temperatura 727 0C dan ko’tarilganda -temirda eriydigan uglerod miqdori kamayib boradi va 911 0C da nolga teng bo’ladi.
Ferrit temir-uglerod qotishmalari orasidagi eng yumshog’i bo’lib, uning Brinell bo’yicha qattiqligi HB=80100 kg/mm2 , plastikligi g=40-50 % ni tashkil qiladi. Uning kristal panjarasi hajmi markazlashgan kublardan iboratdir.
Tsementit (TS) temirning uglerod bilan hosil qilgan ximiyaviy birikmasi (Fe3C), ya’ni temir karbidi bo’lib, uning tarkibida 6,67 % uglerod bo’ladi. Tsementit temir-uglerod qotishmalari orasida eng qattig’i bo’lib, uning Brinell bo’yicha qattiqligi HB=8001000 kg/mm2, plastikligi g=0 %, suyuqlanish temperaturasi 1600 0C chamasidadir. Tsementit barqaror birikma emas - qizdirilganda parchalanib ferrit va grafitni hosil qiladi:
Fe3C ----->3 Fe + C
tsementit ferrit grafit
Tsementitning kristall panjarasi murakkab bo’lib, bir necha oktaedrlardan iboratdir.

Download 320.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling