2. Ta'lim va tarbiyani shaxs kamolotining omili sifatida izohlab bеring
Download 14.79 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Talim va tarbiyani shaxs kamolotining omili sifatida izohlab b е ring.
qsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. 2. Ta'lim va tarbiyani shaxs kamolotining omili sifatida izohlab bеring. Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi: 1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o'sishi sodir bo'Iadi. Masalan, bola o'z ona tilini, atrofini o'rab turgan muhitning ta'sirida o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish va yozishni ta'lim olish yo'li bilan o'rganadi. Ma'lum bilim ko'nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi. 2. Tarbiya yordamida kishining tug'ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o'zgartirish mumkin. Chunonchi, ba'zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar, ko'r, soqov va h.k) bilan tug'iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sogiom kishilar bilan barobar faoliyatda bo'lishi mumkin. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan kamchilik (bolalarning qarta, qimor o'ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga o'rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin. Tarbiya - istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs kamolotini ta'minlashda ilg'or rol o'ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bola shaxsining o'ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta'sirini hisobga olishga bog'liqdir. Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan Download 14.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling