Tabiat, inson va jamiyat munosabatlari uyg‘unligi


Download 20.14 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi20.14 Kb.
#1040440
Bog'liq
adhamjon tezis


Tabiat, inson va jamiyat munosabatlari uyg‘unligi
Abdumanonov Adhamjon Bahodir o’g’li
Farg’ona Politexnika instituti
adhamabdumannonov7@gmail.com +998930533133




Shu munosabat bilan jamiyatda inson ekologiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. Tabiat, inson va jamiyat orasidagi o‘zaro munosabatlarni ilmiy, ijtimoiy ahamiyatining O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan muhim masala sifatida ilgari surilishi dolzarb, nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan masalardan biriga aylandi. Uning dolzarbligi jahonda kechayotgan ijtimoiy va iqtisodiy, muayyan holatlarda siyosiy jarayonlarning ekologik vaziyat, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, inson manfaatlarining, uning sog‘lig‘i, yashash sharoitining takomillashuvi, uzoq umr kechirishi, mehnat sharoiti, xo‘jaligining butligi, sanitariya talablariga javob berishi, oziq- ovqat xavfsizligi masalalari bilan uzviy bog‘liqdir. Muammoning ahamiyati va dolzarbligi Yer yuzining turli burchaklarida vujudga kelayotgan ekologik inqirozlar va halokatlar, tabiiy xarakterga ega bo‘lgan kataklizmlarning inson faoliyatiga bog‘liqligi va ta’sirida namoyon bo‘lmoqda. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham sezilmoqda. Mazkur hududda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, atrof-muhitni ifloslantirmaslik tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, yuqori bonitetga ega bo‘lgan yer resurslarining kamayishi holatlari, cho‘llanishga daxldor bo‘lgan hududlarning kengayib borayotganligi, flora va fauna vakillarini asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish zaruriyati, ekologik muammolar yechimida har bir insonning ma’ sulligini oshirishni taqozo qilmoqda. Mamlakatimiz hududida global, mintaqaviy, regional, lokal darajadagi ekologik xatarlarni uchratish mumkin. Bunday vaziyat ekologik muammoning dolzarbligi, uning bevosita demokratik islohotlarga bog‘liqligini, shuningdek, alohida qo‘riqlanadigan hududlar maydonini kengaytirish zaruriyatini ham vujudga keltirmoqda. O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbari tomonidan ta’kidlanayotgan muammoninng ijtimoiy jihatlari, bevosita jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida har bir inson faoliyati uchun shaffof, xavfsiz ekologik muhit yaratish lozimligi bilan bog‘liqdir. Bunday vaziyat uning huquqiy, institutsional asoslarini vujudga keltirish, muntazam takomillashtirish bilan birgalikda, oliy ta’lim tizimida tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirish, shaxs ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish jarayoniga e’tiborni kuchaytirish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni tobora kengaytirish vazifasini ham ilgari suradi. Shu bilan birga, ekologik xavfsizlik insonning demokratik islohotlardagi faolligini oshiradi, mamlakatimizda yangi taraqqiyot bosqichida amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik, ilgarilash, raqamlashtirish, ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar jadallashuvida ishtirok etishga, innovatsion g‘oyalarni ilgari surishga undaydi. Muammoning amaliy jihatlaridan yana biri, inson ma’naviy, axloqiy kamolotini, mehnatsevarligini ta’minlaydigan omillar qatoriga kiradi. Inson ekologiyasining ta’minlanishi har bir shaxsning ona zaminga, yurtga muhabbatini oshiradi, uning har bir qarich yerini qadrlaydi, undan samarali foydalanishning ijtimoiy imkoniyatlarini yaratadi. Yangi taraqqiyot bosqichida, inson ekologiyasiga O‘zbekiston ekologik partiyasi tomonida e’tiborning kuchayishi, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi uchun inson faoliyai takomili mexanizmining muhim qismi hisoblanadi.O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbari Narzullo Oblamurodovning saylov oldi dasturida global ekologik masallarga ham e’tibor qaratilgan. Partiya dasturida jamiyatning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalari, munosabatlarini tashkil qilishiga alohida urg‘u berilgan. O‘zbekiston Ekologik partiyasi saylov oldi dasturi shaxsning salomatligi, muqim yashash joyidagi sharoitda faoliyat olib borishi, shakllantirilgan infrastruktura, undan samarali foydalanish mexanizmlari mazmuni- mohiyati, ekologik muhitning insonga ta’sir qilish jarayonlarini o‘rganishga chaqiradi. Ushbu dasturni o‘qir ekansiz biosferaning parametlarini asrash uchun zarur bo‘lgan sharoitni saqlash, sodir bo‘layotgan, kechayotgan ekologik jarayonlarga ob’ektiv baho berish, ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlashdan iboratligini aniq tushunasiz.
O‘zbekiston Ekologik partiyasining asosiy maqsadini jamiyat taraqqiyotiga tabiiy sharoitning ta’sirini optimallashtirish, ushbu jarayonni shakllantirgan sabablarni aniqlash, insonning muayyan sharoitdagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar ishlab chiqishga chaqiradi. Ushbu dasturning amaliy, nazariy ahamiyat shundaki, unda mamlakatimiz aholisini xavfsiz ekologik muhitda yashash istiqbollari ifodalangan.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.http://www.sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/2571
2.https://www.xabar.uz/uz/jamiyat/ota-global-muammo-ozon-qatlami-tuynuklari
3. (P.Sultonov) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari
4.Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish (A.Ergashev, T.Ergashev)
Download 20.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling