2. Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi. Uzluksiz ta’lim. Pedagog kadr tavsifnomasi Tayanch tushunchalar


Qonun loyihasiga quyidagi yangi boblar kiritildi


Download 296.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana13.04.2023
Hajmi296.05 Kb.
#1350696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
umumiy pedagogika 1

Qonun loyihasiga quyidagi yangi boblar kiritildi: 
ta’lim faoliyati va uni tashkil etish (4-bob); 
ta’lim muassasasi xodimlari (5-bob); 
ta’lim oluvchilar va ota-onalar(qonuniy vakillar)ning huquqlari
majburiyatlari va javobgarligi (6-bob); 
ta’lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi (7-bob);
ta’lim muassasalarini litsenziyalash, davlat akkreditatsiyasi, ta’lim 
to‘g‘risidagi hujjatlar nostrifikatsiyasi va apostil qo‘yish (8-bob); 
ta’lim tizimida davlat nazorati (10-bob); 
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik (11-bob).
Qonun loyihasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: 
✓ xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida milliy ta’lim tizimini xalqaro 
standartlarga moslashtirish
✓ ta’lim sifatini yaxshilashga ta’sir qiluvchi omillarni va uning mexanizmlarini 
qonunning mazmunida aks ettirish


✓ ta’lim sifatini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish; 
✓ ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, huquqlari, 
majburiyatlari va javobgarligini tartibga solish
✓ katta yoshdagilar ta’limi, inklyuziv ta’lim, davlat-xususiy sheriklik, ta’lim 
sohasiga investitsiyalarni jalb etish, mulkchilik shaklidan qat’i nazar ta’lim 
xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar va boshqa bir qator tushunchalarni 
alohida moddada ochib berish va boshqalar. 
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasinining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga 
ko’ra uzluksiz ta’lim tizimi quyidagilardan iborat: 
✓ Maktabgacha ta’lim va tarbiya; 
✓ Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; 
✓ Professional ta’lim; 
✓ Oliy ta’lim; 
✓ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 
✓ Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
✓ Maktabdan tashqari ta’lim. 
 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni 
intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, 
shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni 
boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek 
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonuni
 bilan belgilanadi. 

Download 296.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling