1-mavzu:O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning
konseptual asoslari
Reja:
1.“Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.
2.Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi.
3.Uzluksiz ta’lim. Pedagog kadr tavsifnomasi
Tayanch tushunchalar: tayanch o’rta ta’lim, professional ta’lim, katta
yoshdagilar ta’limi, inklyuziv ta’lim, dual ta’lim, davlat-xususiy sheriklik
.
O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan
«2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik,
innovatsion
g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat
dasturining 172-bandida «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida yigirmadan ortiq xorijiy davlatning
(Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya, Angliya, AQSh, Fransiya, Shvetsiya,
Daniya,
Norvegiya, Hollandiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va b.) ta’lim
to‘g‘risidagi qonunlari o‘rganildi va ularning ilg‘or tajribalari inobatga olindi.
30 ga yaqin manfaatdor vazirlik va idoralar, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan
50 dan ortiq mutaxassis va 100 dan ortiq fuqaro qonun loyihasi bo‘yicha fikr va
mulohaza, takliflarini bildirdi. Mazkur loyiha O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi
bilan amalga oshirilmoqda.
Takliflarning aksariyati ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimiga,
shuningdek ta’lim sifatini yaxshilashga, muallimlarning obro‘-e’tiborini oshirishga,
ularning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan.
Yangi tahrirda ishlab
chiqilgan qonun loyihasida boblar soni 5 tadan
11 taga
va
moddalar soni 34 tadan
75 taga
yetkazildi.