2. Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi. Uzluksiz ta’lim. Pedagog kadr tavsifnomasi Tayanch tushunchalar
Qonun loyihasiga quyidagi yangi boblar kiritildi
Download 296.05 Kb. Pdf ko'rish
|
umumiy pedagogika 1
Qonun loyihasiga quyidagi yangi boblar kiritildi:
ta’lim faoliyati va uni tashkil etish (4-bob); ta’lim muassasasi xodimlari (5-bob); ta’lim oluvchilar va ota-onalar(qonuniy vakillar)ning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi (6-bob); ta’lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi (7-bob); ta’lim muassasalarini litsenziyalash, davlat akkreditatsiyasi, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar nostrifikatsiyasi va apostil qo‘yish (8-bob); ta’lim tizimida davlat nazorati (10-bob); ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik (11-bob). Qonun loyihasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✓ xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish; ✓ ta’lim sifatini yaxshilashga ta’sir qiluvchi omillarni va uning mexanizmlarini qonunning mazmunida aks ettirish; ✓ ta’lim sifatini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish; ✓ ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solish; ✓ katta yoshdagilar ta’limi, inklyuziv ta’lim, davlat-xususiy sheriklik, ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish, mulkchilik shaklidan qat’i nazar ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar va boshqa bir qator tushunchalarni alohida moddada ochib berish va boshqalar. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasinining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga ko’ra uzluksiz ta’lim tizimi quyidagilardan iborat: ✓ Maktabgacha ta’lim va tarbiya; ✓ Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; ✓ Professional ta’lim; ✓ Oliy ta’lim; ✓ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim; ✓ Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; ✓ Maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim va tarbiya Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. Download 296.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling