2. Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi. Uzluksiz ta’lim. Pedagog kadr tavsifnomasi Tayanch tushunchalar


Download 296.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana13.04.2023
Hajmi296.05 Kb.
#1350696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
umumiy pedagogika 1

 
Inklyuziv ta’lim 
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-
xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida 
ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. 
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) 
uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. 
Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
 
Eksternat tartibidagi ta’lim 
Eksternat tartibidagi ta’lim olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda 
o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat 
ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi. 
Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
 
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida 
kadrlarni tayyorlash 
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni 
tayyorlash ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasinining «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
qonuniga ko’ra 
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar
quyidagilardan iborat: 
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: 
ta’lim ustuvorligining tan olinishi; 
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; 
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; 
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; 
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning 
singdirilganligi; 
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; 
ta’limning uzluksizligi va izchilligi
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan 
bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning 
majburiyligi; 
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim 
olishning hamma uchun ochiqligi


o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va 
tabaqalashtirilganligi; 
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; 
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; 
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; 
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; 
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. 

Download 296.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling