2-tartibli chiziqli bir insli o'zgarmas koeffisientli differensial tenglamalar Reja
Download 170 Kb.
|
2-tartibli chiziqli bir insli o\'zgarmas koeffisientli differensial tenglamalar
1 - Teorema. Agar y1(x) va y2(x) funksiyalar tenglamaning chiziqli erkli yechimlari bo`lsa, u holda tenglamaning har bir yechimi ularning chiziqli kombinatsiyasi ko`rinishida ifodalanishi mumkin.)
(2) tenglamaning tartiblangan chiziqli erkli y1(x) va y2(x) yechimlari tizimiga uning fundamental yechimlari sistemasi deyiladi. y1(x) va y2(x) yechimlarning fundamentallik zaruriy va ham yetarli sharti W(y1;y2) ≠ 0 tengsizlikning bajarilishi hisoblanadi. Ta`rifdan foydalanib, teoremani o`zgacha bayon qilish mumkin. Agar y1(x) va y2(x) bir jinsli tenglamaning fundamental yechimlari tizimlaridan biri bo`lsa, u holda uning umumiy yechimi: у(x0) = c1y1 + c2y2. ko`rinishga ega, bu yerda, c 1, c2 - ixtiyoriy o`zgarmas sonlardip. Masalan, y" + y = 0 tenglama xususiy yechimlari sifatida y 1= sin x va y2 = cosx funksiyalarni tanlash mumkin. Ularning Bronskiy aniqlovchisi Demak, у1 va y2 chiziqli erkli boiganidan, tenglama umumiy yechimi: y(x) = c1·sinx + c2·cosx o`zgarmas koeffitsientli bir jinsli tenglama fundamental yechimlari sistemasini qurishning sodda usuli mavjud. tenglama xususiy yechimini у = eλx ko`rsatkichli funksiya ko`rinishida qidiramiz. Funksiyani ikki mavta differensiallab, y′ = λ· eλx, у" = λ2· eλx tengliklarni olamiz. у funksiya va uning hosilalarini tenglamaga qo`ysak, (λ2 + P · λ + q) · eλx = 0 tenglama hosil bo`ladi. eλx ≠ 0 (har doim musbat) ekanligini hisobga olsak, oxirgi tenglamaga teng kuchli (λ2 + P · λ + q) = 0 tenglamani olamiz. algebraik tenglamaga differensial tenglamaning xarakteristik tenglamasi deyiladi. tenglamaning fundamental yechimlari sistemasini qurishning navbatdagi qadami quyidagicha: kvadrat tenglama ikki λ1 va λ2 haqiqiy yoki kompleks ildizlarga ega boisin. Unda y1 = eλ1x, y2 = eλ2x funksiyalarning har biri tenglamaning yechimi bo`ladi. Agar ushbu funksiyalar chiziqli erkli bo`lsa, tenglama umumiy yechimi c 1 eλ1x + c2 eλ2x ko`rinishda yoziladi. Agar fiinksiyalar chiziqli bog`liq bo`lsa, umumiy yechimni qurish jarayoni qo`shimcha mulohazalarni talab etadi. Umumiy yechimni tuzishning xarakteristik tenglama yechimlari bilan bog`liq barcha hollarini qaraymiz: 1- hol: λ1 va λ2 ildizlar haqiqiy va turlicha. Ularga mos y1 = eλ1x va y2 = eλ2x yechimlar chiziqli erkli, chunki Demak, y1 va y2 fundamental yechimlar sistemasini tashkil etadi. Misol. y" - 8y′ + 7y = 0 tenglama umumiy yechimini quring. Xarakteristik tenglama λ2 - 8λ + 7 ko`rinishga ega va uning ildizlari λ 1 = 1, λ2 = 7. Natijada, chiziqli erkli y1 = ex va y2 = e7x xususiy yechimlami olamiz. Tenglama umumiy yechimi y = c1 - ex + c2·e7. 2-hol: λ1 va λ2 ildizlar o`zaro qo`shma λ1 = α + βi va λ2 = α - βi kompleks sonlar, bu yerda – β ≠ 0. Ildizlarga mos kompleks yechimlami Z 1 va Z 2 deb belgilaymiz: Z1 = e(α + βi), Z2 = e(α - βi) λ1 ≠ λ2 bo`lganidan, ular chiziqli erkli. Eyler formulasidan foydalanib, Z1 = eαx·(cosβx + i·sinβx), Z2 = eαx·(cosβx - i·sinβx), funksiyalarni olamiz. Funksiyalarining quyidagi chiziqli kombinatsiyalarini tuzamiz: y1 = 1/2 (Z1 + Z2) = eαx ·cosβx, y2 = l/(2·i)(y1 - y2) = eαx·sinβx. y1 va y2 funksiyalar tenglamaning haqiqiy yechimlari bo`lib, chiziqli erklidir. Natijada, umumiy yechim у = c1· eαx ·cosβx + c2·eαx·sinβx = eαx·( c1·cosβx + c2·sinβx) ko`rinishda yoziladi. Misol. y"- 6y′ + 10y = 0 tenglama umumiy yechimini toping. Xarakteristik tenglama λ2 - 6λ + 10 = 0 bo`lib, uning ildizlari λ1= 3+i, λ2 = 3-i. Shunday qilib, xususiy yechjimlar y1 = e3x ·cosx, y2 = e3x ·sinx. Umumiy yechim: у = e3x ·(c1 – cosx + c2·sinx). 3-hol: λ1 va λ2 ildizlar o`zaro teng va haqiqiy. λ1 = λ2 ildizlarga xususiy eλ1x va x·eλ1x chiziqli erkli (tekshirib ko`ring) yechimlami mos qo`yish mumkin. Shunday qilib, umumiy yechim у = c1·eλ1x + c2·x·eλ1x = eλ1x ·(c1 + c2·x). Misol. y" + 4y` + 4y = 0 tenglama umumiy yechimini toping. Xarakteristik tenglama λ2 + 4λ + 4 = 0 va λ1 = λ2 = - 2. Umumiy yechim у = е-2х ·(с1 + с2·х). Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling