65
Ko’p yadroli
arxtekturalarga misollar
3. Xotirani va ichki kommunakatsiyani tashkillashtirish
Umumiy shinali xisoblash majmualarida,
uning hamma qurilmalari, ya’ni
protsessorlar, operativ xotira qurilmasi modullari, kiritish-chiqarish qurilmalari,
axborotlar
adreslarini va boshqarish
signallarini uzatishga
muljallangan
utkazgichlar tuplami (kabellar) ko’rinishidagi umumiy shina orqali bog’lanadi. Bunday
holda interfeys bitta bog’‘lanishli hisoblanadi, ya’ni axborot almashish xoxlagan
vaqtda faqat ikkita qurilma o’rtasida amalga oshiriladi.
Majmua qurilmalari shinaga vaqtni bo’laklash
rejimida ishlashga moslashib
bog’lanadi, bu esa, shinada konfliktli vaziyatlarni yuzaga keltirib chiqaradi, ya’ni shinaga
bir Vaqtda bir qancha qurilmalar axborot uzatishi mumkin,
shina esa faqat ikkita
qurilma o’rtasida axborot almashishni ta’minlay olishi mumkin. Bunday konfliktlar
yuzaga kelishi ba’zi qurilmalarni ishlamay kolishiga sabab bo’lib, tizim
unumdorligini kamayishiga olib keladi. Ziddiyatli xolatni ustunliklar tizimi va
navbatlar hosil qilish yuli bilan hal qilish mumkin.
2.2.4-rasm.
Umumiy shinali KPXM
66
Bu yerda: P1.P2 - protsessor modullari, OXK1 – OXK3 -xotira modullari, KCHQ
- kiritish-chiqarish qurilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: