2. Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalarining tavsifi


Bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo‘llari


Download 96.34 Kb.
bet4/6
Sana16.11.2023
Hajmi96.34 Kb.
#1778084
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bank Ishi essay

3 Bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo‘llari.
Banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada rag‘batlantirish va kafolatlashga doir qabul qilingan Prezidentimizning qator Farmon va Qarorlari aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Natijada, banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi 2012 yil boshiga nisbatan 31,5 foizga ortdi. Jumladan, aholining banklardagi omonatlari hajmi 34,6 foizga o‘sdi.
“Mustahkam oila” davlat dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan aholiga qulayliklarni kengaytirish maqsadida yangi muddatli va jamg‘arma omonat turlari joriy etildi. Umuman olganda, aholiga taklif etilayotgan va uning turli qatlamlari uchun qulay va manfaatli bo‘lgan omonat turlarining soni 250 tadan oshdi.
Bank filiallarida mijozlar bilan bajariladigan omonat operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun omonat bo‘linmasi tashkil etilishi shart. Omonat bo‘linmasi, Front-ofis va Bek-ofis tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarda «Mijozlarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim», boshqa hollarda bankda omonat operatsiyalarini nazorat qilish bo‘yicha alohida bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sho‘‘ba) sifatida tashkil etilishi mumkin. So‘nggi nazoratchi omonat bo‘linmasi tarkibida faoliyat yuritishi lozim.
Bank omonati shartnomasi omonatchilar va bank o‘rtasida yozma shaklda tuziladi. Bank va omonatchilar o‘rtasida bank omonati shartnomasi, omonat summasi bank kassasiga qabul qilingan yoki omonat hisobvarag‘iga tegishli mablag‘ naqd pulsiz kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Omonatchi tomonidan qo‘yiladigan omonatning eng kam va eng ko‘p miqdori har bir bank tomonidan qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravishda belgilanadi. Bank qabul qilib olgan omonatlarning qaytarilishini ta’minlash uchun foydalanishi shart bo‘lgan vositalar va usullar qonun hujjatlari va bank omonati shartnomasi bilan belgilanadi.Bank omonatchining talabiga muvofiq omonatning qaytarilishi ta’minlanganligi to‘g‘risida axborot berishi shart. Bank omonatning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan, shuningdek ta’minotni yo‘qotgan yoki uning shartlarini yomonlashtirgan taqdirda, omonatchi bankdan omonat summasini darhol qaytarib berishni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga muvofiq unga foizlar to‘lashni hamda o‘ziga etkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.Bank omonati shartnomasi bo‘yicha shartlar qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi va omonat operatsiyalarni bajarishda qiyinchilik va chalkashliklar keltirib chiqarmasligi kerak.
Banklar tomonidan omonatchilarning hisobvaraqlari kreditiga boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablag‘larni kiritib qo‘yish uchun haq olishlari taqiqlanadi.Omonatchilar yoki ularning qonuniy vakillari topshirig‘iga binoan bankning omonat hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘lari bilan bank operatsiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan xizmatlar uchun bank tomonidan vositachilik haqi undirilishi mumkin. Omonatchi bankdagi omonatini bank omonati shartnomasi va boshqa qonun hujjatlari doirasida erkin tasarruf etadi, shuningdek o‘z omonati bo‘yicha foiz, yutuq yoki boshqa shakldagi daromadlarni olish huquqiga ega.Omonatchi birinchi talabi bo‘yicha bankdagi omonatini to‘liq yoki qisman qaytarib olish huquqiga ega.
Omonatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar;
Jamg‘arma omonatlar;
Muddatli omonatlar;
Omonat sertifikatlari.
Banklar yuqorida qayd etilgan omonat turlaridan tashqari qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan, boshqa omonatlarni qabul qilishlari mumkin.Banklar omonatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga amal qilgan holda sir saqlanishini ta’minlashlari lozim.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar
Omonatchilarning talab qilinishi bilanoq beriladigan omonatlar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlardir. Bank plastik kartalaridagi mablag‘lar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisoblanib, ularning harakati alohida qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.Bank bilan yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag‘i bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar bank hisobvarag‘i shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo‘yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko‘ra (agar, bank omonati shartnomasi tuzilgan va unda boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) omonatchining tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi shart.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo‘yicha tuzilgan bank omonati shartnomasida omonatchi tomonidan omonatni birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar to‘lash shartlari bo‘lishi lozim.Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisobi «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi»ga muvofiq «20200 — Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar» hisobvaraqlarida yuritiladi.
Jamg‘arma omonatlar
Bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo‘naltiriladigan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg‘arma omonatlar hisoblanadi.
Jamg‘arma omonatlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzganidan so‘ng, bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan omonat summasi qo‘yilishi shart. Jamg‘arma omonatlar bo‘yicha bank omonati shartnomasiga muvofiq qo‘shimcha mablag‘lar kiritilishi mumkin. Qo‘shimcha mablag‘lar kiritish tartibi bank omonati shartnomasida aniq belgilanishi lozim.Jamg‘arma omonatlar maqsadli, yutuqli va boshqa shartlar belgilangan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.Ma’lum maqsad uchun jamg‘ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga yo‘naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi.Omonatchiga foizlar yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan omonatlar yutuqli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. YUtuqlar pul mablag‘lari, omonatga qo‘shimcha foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Omonat qo‘yishda bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilishi bilan omonatdan foydalanish mumkin bo‘lgan uchinchi shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlar shartli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. Masalan, «Omonatchi o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng, omonat beriladi» yoki «Voyaga etgach beriladi» kabi shartlar belgilangan bo‘lishi mumkin. Omonatchining xohishiga ko‘ra, shartning bajarilish muddati bank omonati shartnomasida ko‘rsatilishi mumkin. Masalan, «2013 yilda omonatchi o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng omonat beriladi».Omonatchi jismoniy shaxslar xohishlariga qarab, bank jamg‘arma omonat hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, omonatchi topshirig‘i asosida bank uning jamg‘arma omonat summasini bankdan olingan kredit va unga hisoblangan foizlar to‘loviga, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin.Bunda, bank omonatchini bank omonati shartnomasi shartlariga muvofiq operatsiya bajarilmasdan oldin yoki operatsiya bajarilgandan keyin xabardor qilish majburiyatini oladi.
Xabar, uni mijoz olganligi to‘g‘risida bankka xabar berish sharti bilan pochta orqali buyurtma xat shaklida yoki boshqa shaklda jo‘natiladi.Bank omonati shartnomasida bank tomonidan omonat hisobvarag‘i bo‘yicha bajarilgan barcha operatsiyalar haqida xabardor qilishi belgilangan bo‘lsa, bank shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda jamg‘arma omonat hisobvaraqlaridan ko‘chirmani omonatchiga taqdim qiladi.
Jamg‘arma omonat hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmalar va omonat daftarchasidagi barcha o‘zgarishlarni omonatchi o‘rganib chiqishi hamda har qanday nomuvofiqlik to‘g‘risida bankka xabar qilishi kerak. Bank xabar qilingan nomuvofiqlikning sabablarini o‘rganib, ularni birlamchi hujjatlar asosida bartaraf qilishi va amalga oshirilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida omonatchiga xabar berishi lozim.Agar omonatchi jamg‘arma omonatni bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Omonatchi jamg‘arma omonat summasini, bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Muddatli omonatlar
Bank omonati shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi.Muddatli omonatlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida muddatli bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzilganidan so‘ng, muddatli bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan omonat summasini qo‘yishi shart. Qo‘shimcha mablag‘lar kiritish tartibi muddatli bank omonati shartnomasida belgilanishi lozim.Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin muddatli bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar muddatli bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
YUridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining muddatli omonatlariga mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘idan o‘tkaziladi va omonat muddati tugagach yoki muddatli bank omonati shartnomasi bekor qilingan hollarda muddatli omonatidagi mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Muddatli omonatlar hisobi «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi»ga muvofiq «20600 — Muddatli depozitlar» hisobvaraqlarida yuritiladi.
Omonatga foizlar to‘lash
Bank tomonidan omonatlar bo‘yicha foizlar hisoblash «Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida nizom» asosida amalga oshiriladi.Omonatlarga to‘lanadigan foiz stavkalari banklar tomonidan qonun hujjatlari talablari doirasida belgilanadi.Bank omonati shartnomasida to‘lanadigan foizlar miqdori haqida shart bo‘lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan miqdorda foizlar to‘lashi shart.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan foizlar miqdorini o‘zgartirish huquqiga ega.Bank foizlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, foizlarning yangi miqdori foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo‘yilgan omonatlarga nisbatan qo‘llanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu xabarga qadar qo‘yilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin qo‘llanadi.Bank, omonat foizlari miqdorini kamaytirganligi haqida shaxsan har bir omonatchini rasmiy ravishda xabardor qilishi lozim.
Jamg‘arma va muddatli omonatlar bo‘yicha bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar miqdorini, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas. Ushbu omonatlar bo‘yicha mablag‘lar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat bo‘yicha foizlar to‘lanmaydi.
Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lardan foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy o‘tganidan keyin omonatchining talabi bilan omonat summasidan alohida to‘lanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo‘shilib boradi.Omonatga topshirilgan mablag‘ qo‘yilgan kunning o‘zida to‘liq yoki qisman qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun hisobga olinmaydi.Qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilinganda, foizlar hisoblash uchun operatsiya amalga oshirilgan kundan keyingi kundan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi.
Banklar omonatchilar bilan kelishilgan holda omonat bo‘yicha foizlarni oldindan to‘lab berishi mumkin. Agar omonatchi omonat summasini muddatdan oldin olish niyati bo‘lsa va omonatning haqiqatda saqlangan muddatiga hisoblangan foizlar summasi bo‘nak tariqasida oldindan berib yuborilgan summadan kam bo‘lsa, o‘rtadagi farq omonat summasidan chegirib qolinadi.Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat omonatchining talabi bilan, shuningdek, muddatli va jamg‘arma omonatlar muddati tugashi bilan qaytarilganda, shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to‘lanadi.
Omonatchi jismoniy shaxslar tomonidan bir necha yillar uchun hisoblangan foizlar yozilmagan omonat daftarchasi taqdim qilinganda, bu foizlar summasi omonat daftarchasida har bir yil uchun alohida yoziladi, omonat qoldig‘i esa, oxirgi yil uchun hisoblangan foizlar yozuvidan keyin foizlar summasini qo‘shgan holda so‘z bilan yoziladi.
Omonat daftarchasi
Omonat daftarchasi bank tomonidan omonat bo‘yicha bajarilgan operatsiyalarni omonatchiga yozma ravishda tasdiqlovchi va omonat bo‘yicha olingan majburiyatlarni kafolatlovchi hujjat hisoblanadi.Omonat daftarchasi muqovasiga bankning to‘liq nomi va logotipi (firma belgisi), ichki tomoni birinchi betida bank va uning tegishli filialining nomi, joylashgan manzili, omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi, shaxsiy hisobvaraq raqami (20 ta belgili), valyuta turi, omonat turi, bank mas’ul xodimi imzosi, omonat kassasi muhri va filial yoki bank muhri o‘rni uchun sarlavha bilan chiziqli joy ko‘rsatilishi lozim.
Omonat daftarchasining ikkinchi va keyingi varaqlariga omonat harakatini qayd etuvchi jadval shakli tushirilishi, unda «Sana» (yil, kun, oy) «Kirim», «CHiqim» «Qoldiq», «Foizlar» va «Nazoratchi va kassir imzolari» ustunlari bo‘lishi shart.Omonat daftarchasida bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha qayd etilgan yozuvlar nazoratchi va kassir imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Omonatchi tomonidan omonat daftarchasiga biron-bir yozuv kiritilishi taqiqlanadi.
Jismoniy shaxslarning omonatlarining hisobini yuritish uchun «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi»dabelgilangan hisobvaraqlarda 20 ta belgili shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi.Jismoniy shaxslarga shaxsiy hisobvaraqlar omonat qabul qilingandan so‘ng, bankning omonat kassasida nazoratchi tomonidan ochiladi. SHaxsiy hisobvaraqlar har bir omonatga alohida ochiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarga bitta shaxsiy hisobvaraq ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
SHaxsiy hisobvaraqlar har bir omonat bo‘yicha qat’iy ketma-ketlikda izchil ravishda raqamlanadi. Bir xil raqamlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar bitta raqam bilan ikkita shaxsiy hisobvaraq ochilgan bo‘lsa, ulardan biri omonatchi omonat kassaga kelganda yopilishi lozim.SHaxsiy hisobvaraqlar omonat daftarchasi berilmasdan ochilishi mumkin. Bunda, bank omonati shartnomasida va omonatchi tomonidan shaxsiy hisobvaraq ochish uchun yozilgan arizada «omonat daftarchasi rasmiylashtirish bilan» yoki «omonat daftarchasi rasmiylashtirmasdan» shartlari ko‘rsatilishi lozim.
Har bir omonatga ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar uchun SHaxsiy hisobvaraq varaqchalari tuziladi.SHaxsiy hisobvaraq varaqchalari avval omonat turlari («talab qilib olinguncha saqlanadigan», «muddatli», «jamg‘arma») bo‘yicha, so‘ngra har bir omonat turi va unga o‘rnatilgan tartib raqami asosida o‘sib borish tartibida kartotekaga joylashtiriladi.
Yil yakunlanib, yillik hisobotlar tuzilgandan so‘ng yopilgan SHaxsiy hisobvaraq varaqchalari bo‘yicha tartib raqami, shaxsiy hisobvaraq raqami, omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan ro‘yxat tuzilib, unga barcha yopilgan SHaxsiy hisobvaraq varaqchalarini ilova qilgan holda omonat bo‘linmasiga topshiriladi.
Omonat bo‘linmasi tomonidan barcha omonat kassalar bo‘yicha yopilgan SHaxsiy hisobvaraq varaqchalar bo‘yicha uch nusxada umumlashtirilgan ro‘yxat tuziladi va bank filiali rahbari, bosh buxgalter va omonat bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan imzolanadi.Ro‘yxatning birinchi nusxasi omonat bo‘linmasida qoladi, ikkinchi nusxasi omonat kassasiga qaytariladi, uchinchi nusxasi esa yopilgan SHaxsiy hisobvaraq varaqchalari bilan saqlash uchun bank filiali arxiviga beriladi.
Jismoniy shaxslardan mablag‘larni omonatga qabul qilish
Omonatchidan boshlang‘ich mablag‘ni qabul qilishdan oldin, nazoratchi omonatchini omonat shartlari bilan tanishtirishi shart.Omonatchi omonat shartlariga rozi bo‘lgan taqdirda, bank omonati shartnomasini imzolab, Kirim orderi va So‘nggi nazoratga xabarnomani to‘ldiradi va nazoratchiga taqdim qiladi. Nazoratchi Kirim orderi va So‘nggi nazoratga xabarnoma to‘g‘ri to‘ldirilganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, omonatchidan omonatni qabul qilish uchun Kirim orderini kassirga beradi.Kassir omonat summasini sanab oladi va Kirim orderida ko‘rsatilgan summa bilan solishtiradi hamda summalar mos kelganda Kirim orderini imzolab nazoratchiga qaytaradi.
Nazoratchi Kirim orderi asosida omonat bo‘yicha kompyuter dasturiga boshlang‘ich qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini kiritadi.Nazoratchi omonatchiga shaxsiy hisobvaraq ochadi va SHaxsiy hisobvaraq varaqchasiga omonatchining shaxsiy hisobvaraq raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili va uning manzilini yozadi.Omonatchi SHaxsiy hisobvaraq varaqchasining «omonatchi» satriga o‘z imzosini qo‘yadi. Ushbu imzo omonatchining imzo namunasi bo‘lib hisoblanadi.
Nazoratchi omonatchining imzo namunasini omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi imzo bilan solishtirishi shart.Nazoratchi omonat summasi qo‘yilganligini tasdiqlovchi bank omonati shartnomasini va omonat daftarchasini rasmiylashtiradi.Bank omonati shartnomasi nazoratchi tomonidan ikki nusxada bir xil raqamlanadi va unda omonatchiga beriladigan omonat daftarchasi raqami ko‘rsatiladi.Bank omonati shartnomasiga omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘z qo‘li bilan yozilishi va imzolanishi lozim.
Nazoratchi omonat summasi kirim qilinganligini tasdiqlovchi Tasdiqnomani kompyuter dasturida shakllantirib qog‘ozga chiqaradi. Tasdiqnoma va omonat daftarchasini imzolash uchun Kirim orderi bilan birga kassirga beradi.Kassir Kirim orderidagi summani omonat daftarchasi va Tasdiqnomadagi summa bilan solishtiradi hamda omonat daftarchasi va Tasdiqnomani imzolab nazoratchiga qaytaradi.Nazoratchi bank omonati shartnomasining bir nusxasini, omonat daftarchasi va Tasdiqnomani omonatchiga beradi.
Agar omonatchi voyaga etmagan bo‘lsa, SHaxsiy hisobvaraq varaqchasining «tug‘ilgan yili» satrida omonatchining tug‘ilgan yili, kuni va oyi to‘liq ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar So‘nggi nazoratga xabarnomaga ham yoziladi.Boshlang‘ich mablag‘ omonatchining vakilidan qabul qilingan hollarda, SHaxsiy hisobvaraq varaqchasining birinchi (bo‘sh) ustunida va Kirim orderida (chap tomonida) «omonatni qo‘ygan shaxs imzosi» satri oldida va So‘nggi nazoratga xabarnomaga «Omonatni kiritdi» deb yoziladi va vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi.Boshlang‘ich mablag‘ omonatchining vakilidan qabul qilingan hollarda, omonatchi omonat kassasiga kelganda So‘nggi nazoratga xabarnomani to‘ldiradi va SHaxsiy hisobvaraq varaqchasiga imzosini qo‘yadi.
Nazoratchi So‘nggi nazoratga xabarnomadagi omonatchining imzosini omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi imzo bilan solishtiradi, sanani qo‘yadi va imzolaydi.Omonatga qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilishda omonatchi nazoratchiga omonat daftarchasini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart.
Bank resurslari va ularning tarkibi.
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subektlari singari o‘zining xo‘jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lariga, ya’ni rusurslariga ega bo‘lishlari lozim.
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalar orqali tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi.Bank resurslarini ikki kata guruhga bo‘lish mumkin.
Bular:
banklarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablaqlardir.Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo‘lib qaraladi- bu jalb qilingan depozitlar ,
boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurslardir.Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi,ya’ni bank resurslari daromad olish maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi.
Bank resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‘lari tashkil qiladi.Bank boshqa kapitallarni jalb qilish uchun bank o‘z kapitalining etarli darajasi miqdorini ko‘rsatishi lozim.
Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish bilan bir vaqtning o‘zida bu mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larining banka sari oqimini ta’minlaydi.Undan tashqarii bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z mablag‘larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi.
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi,kreditlar berish salohiyati to‘lovlar amalga oshiriladi,banklarning daromadlari vujudga keltirilad. Bank resurslari tarkibida bankning o‘z resurslari alohida o‘rin tutadi. O‘z resurslari ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Bank o‘z mablag‘i va o‘z kapitali tushunchalari farq qiladi. «O‘z mablag‘i» tushunchasi keng ma’noli, u ыz ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni ya’ni bankning ustav, rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi hamma rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini oladi.
Bankning o‘z kapitali - bank vaqtincha jalb qilgan qarz mablag‘laridan farqli o‘laroq, bevosita bankning o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapitalidan farqi shundaki, bankning o‘z kapitali aylanma mablag‘larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortig‘ foizni tashkil qiladi.
bank kapitali I va II darajali kapitaldan iborat bo‘lib, I darajali kapital quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) to‘liq tыlangan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar;
b) nokumulyativ imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga, egasining xohihiga ko‘ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, ular bo‘yicha dividendlar to‘lanmasligi mumkin.
v) qo‘shimcha kapital — oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;
g) taqsimlanmagan foyda:
kapital zaxiralar;
avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi;
joriy yil zararlari;
d) aksiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisobvaraqlarida o‘sishi. Bu ulush sho‘‘ba korxonalari hisobvaralari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.
II darajali kapital quyidagilardan iborat:
a) joriy yildagi sof foyda;
b) riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 125 foizi va hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdoridagi umumiy zaщiralar. Nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga, egasining xohihiga ko‘ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, ular bo‘yicha dividendlar to‘lanmasligi mumkin.
v) hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar.
g) subordinar qarz bu bankning qarz majburiyatlari shakli bыlib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to‘lash muddati etib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 30 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarzlar garov ta’minotiga ega bo‘lmasligi, bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitlar talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi, boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim.
Bank aktivlarining tasniflanishi:
a) Daromad keltirishiga ko‘ra
b) Likvidlilik darajasiga ko‘ra
v) Risklilik darajasiga ko‘ra
g) Sifatiga ko‘ra
Tijorat banklarining kredit potensiali - bu jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi.
Tijorat banklarining umumiy kreditlash qudratiga quyidagi omillar yig‘indisi ob’ektiv ta’sir ko‘rsatadi:
Bankda yig‘ilgan jami mablag‘larning umumiy hajmi;
-Kreditlash qudrati manbalarining tuzilishi va barqarorligi;
-Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxiralar darajasi;
-Tijorat banklari joriy likvidligini ushlab turish uchun zaxiradan foydalanishgayo‘l qo‘yilgan hollarda undan foydalanish tartibi;
-Bank majburiyatlarini tuzilishi va umumiy summasi va boshqalarga bog‘liqdir.
Daromad keltirishiga karab bank aktivlari
1.Daromad keltiruvchi aktivlar.
Qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklarga);
Faktoring,lizing,forfeyting,trast operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar
2. Daromad keltirmaydigan aktivlar.
Pul mablag‘lari;
Boshqa banklardagi korschyotlardagi mablag‘;
Bino va inshootlar;
Nomolliy aktivlar;
Debitorlar;
Hisob-kitobdagi mablag‘lar;
Muddati utgan ssudalar .
Aktivlarning likvidli ta’minotiga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi xukumatining so‘zsiz kafolati;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘zsiz kafolati;
- banklarda ochilgan hisobvarag‘larda erkin ayirboshlanadigan valyuta shaklidagi garov;
- O‘zbekiston Respublikasi xukumati qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov;
- andozaviy qimmatbaho metallar shaklidagi, ya’ni oltin va kumush quymalari shaklidagi garov.
Quyidagi aktivlar nolikvid ta’minotga ega, deb hisoblanadi:
- ko‘chmas mulk, o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan erga bo‘lgan xuquqni hisobga olgan holda;
- ko‘chma mulk;
- xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlari;
- yuridik va xususiy shaxslarning kafolatlari.
1- riskdan holi bo‘lgan aktivlar. risklilik darajasi 0%
• naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari,
• Markaziy bankdagi «Nostro», «Vostro» schetidagi mablag‘lar,
• majburiy rezerv schetidagi mablag‘lar,
• xazina veksellari,
• davlat obligatsiyalari,
• Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari va obligatsiyalari kiradi.
2 - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 20% ga teng boshqa banklarning «Nostro» va «Vostro» korschetlaridagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, evroobligatsiyalar, qisqa muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikga ega bo‘lgan kreditlar va boshqa hujjatlar
3 - yuqori riskli aktivlar:Bu aktivlar bo‘yicha risk 50 % ga teng.
• boshqa banklarga berilgan kreditlar,
• boshqalar uchun bank bergan garov va kafolatlar.
4 - eng yuqori darajadagi (maksimal) riskli aktivlar 100%ga teng.
• qimmatli qog‘ozlar sotish va sotib olish scheti,
• sotib olingan veksellar,
• trast hujjatlar va akkreditivlar trattalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari,
• bankning to‘lanmagan aksiyalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida bo‘lgan kreditlar,
• akkreditivlar,
• forvardlar kiradi.
O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9 noyabrda tasdiklangan 242-sonli «Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bulgan yukotishlar buyiicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil kilish va undan foydalanish koidasiga asosan, tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yukorida keltirilgan mezonlar buyicha «yaxshi», «standart», «substandart», «shubxali», «umidsiz» kreditlarga tasniflanadi.



Download 96.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling