2. Tijorat banklarining turlari. Ulgurji banklar, Chakana banklar va aralash banklar


Ixtisoslashgan tijorat banklari va ular faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari


Download 173.96 Kb.
bet6/12
Sana23.04.2023
Hajmi173.96 Kb.
#1388240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tijorat banklari va ularning funksiyalari. 3

4. Ixtisoslashgan tijorat banklari va ular faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari.
Ssuda kapitalisti o’z bo’sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. Ssuda kapitalistining daromadi ssuda foizi bulsa, bankirning daromadi - bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh pullarini jalb qilish orqali katta xajmdagi kapitalni o’z qo’llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo’jaligi mavjud bo’lgan bo’sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni uy ichiga oladi. Bank o’z faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo’ladi. Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga yo’llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo’yicha oladigan foiz o’rtasidagi farqdan iborat bo’ladi.
Banklar bajaradigan funktsiyalar ularning bajaradigan vazifalariga qarab turli xil bo’lishi mumkin- Bu mavzuda biz banklarga taalluqli bo’lgan umumiy funktsiyalar to’g’risida gapirib o’tmoqchimiz. Keyingi mavzularda biz alohida-alohida olingan holda birinchi va ikkinchi zveno banklarining funktsiyalari to’g’risida fikr yuritamiz.
Shunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo’lsak banklar quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

Xalq xo’jaligidagi vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish banklarning ilk funktsyalaridan biri xisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag’lari bo’yicha ma’lum miqdorda daromadga ega bo’ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash kudratini tashkil qiladi va bu resurslarga asoslangan holda. banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi. Vaqtincha bo’sh mablag’lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmoq) tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo’lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:

Download 173.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling