2. To‘g‘ri ovqatlanish


Kashandalikka barham berish — sog’lom turmush tarzining muhim sharti


Download 27.66 Kb.
bet6/13
Sana08.01.2022
Hajmi27.66 Kb.
#239593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sog'lom t.t

Kashandalikka barham berish — sog’lom turmush tarzining muhim sharti

Eng ko’p tarqalgan zararli odat tamaki chekish va nos otish hisoblanadi.

Tamaki tutuni tarkibida 3800 turdagi zaharli kimyoviy moddalar bor. Jumladan, nikotin, qatron, stianid kislota, ammiak, is gazi, benzol, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, ko’rg’oshin, margumush kabilar. Bularning zaharli ta’siri borasida to’xtalsak:

— nikotin arterial qon tomirlarini toraytirib, arterial qon bosimini oshiradi;

— is gazi (uglerod oksidi) qondagi kislorod bilan birikib, miya, yurak, ichki sekrestiya bezlari va boshqa a’zolarning kislorod bilan ta’minlashini izdan chiqaradi, ularning funkstiyasini buzilishiga olib keladi;

— tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 turdagi konsterogen moddalar bor;

— sigareta filtrining sariq-qo’ng’ir rangga bo’yalishiga sabab, tamaki tutunidagi konsterogen modda hisoblangan qatronning smola moddasidir. Kuniga bir quti sigareta chekadigan kashanda bir yilda bir kilogramm qatron yutgan bo’ladi. Qatron rak kasalligining asosiy sababchisidir;

— rak kasalligi bilan ro’yxatga olingan bemorlarning 30 foizi, o’pka raki bilan hastalanganlarning esa 80 foizi kashandalardir;

 -tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar kashandaning miya, yurak, o’pka, jigar, me’da kabi hayotiy muhim a’zolarini zaharlab, turli xil surunkali kasalliklarni yuzaga keltiradi. Uni vaqtidan ilgari nogironlikka duchor qilib, umriga zavol bo’ladi.

Jumladan, kashandalar orasida miokard infarkti kabi og’ir kasallik tufayli hayotdan ko’z yumganlar tamaki chekmaydiganlarga nisbatan 5 marta ko’p;

tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy erkak urug’donida, ayol tuxumdonida ishlab chiqariladigan jinsiy hujayralarning irsiy tuzilmalarini zararlab, bo’lajak avlod genofonini kasallantiradi. Miya to’qimasi hujayralarining xromosoma va genlari zararlanishi oqibatida tug’ilgan bolalarning aqliy qobiliyati zaif, fe’l-atvorida asabiylashish, xomushlik, xayoli parishonlik kabi belgilar namoyon bo’ladi.

Tamaki chekishni tashlashga ahd qilgan odam bu rejani 1-1,5 oydan oshmagan muddatda bajarishi kerak. Kashandalikdan voz kechgan odamda paydo bo’ladigan noxush sezgilarni engishda yordam beradigan vositalar (usullar)dan quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

— xumor tutganda bu tuyg’uni engish uchun ko’proq ochiq havoda piyoda yurib, sayr qilish, gimnastika mashg’ulotlari bilan shug’ullanish.

Asosiy natija odamning irodasi, sog’lom bo’lish istagi, o’zining va oila a’zolarining sog’lom bo’lishiga g’amxo’rligi, atrofdagilarga, yoshlarga yaxshi o’rnak ko’rsatish uchun ma’naviy yuksaklik darajasini namoyon qila olishi.

Sog’lom turmush tarzining ma’no-mazmunini to’g’ri anglagan odam chekish va boshqa zararli odatlardan voz kechadi.

Nosni birinchi marta qabul qilganda uning tarkibidagi tamaki, oxak, kul kabi zaharli moddalar ta’siriga nisbatan odam organizmining himoya reakstiyasi paydo bo’ladi. Ko’ngli ayniydi, qusadi, boshi aylanadi, yurak urishi tezlashadi, sovuq ter bosadi, mast odamdek gandiraklaydi. Bunday yoqimsiz holatning yuzaga kelishi tufayli nosni birinchi marta qabul qilgan ko’pchilik o’smirlar bu zararli odatdan voz kechib, uni ikkinchi marta takrorlamaydilar va o’rganmaydilar.

Afsuski, ayrim o’smirlar, nos qabul qilishni o’rgatuvchi «ustozlari»ning noto’g’ri maslahati bilan o’zlari qiynalsalar ham nos chekishni davom ettiradilar. Natijada asta-sekin nosning zararli ta’siriga nisbatan organizmning himoya reakstiyasi sustlashadi, ya’ni ko’ngil aynish, qusish, bosh aylanish kabi noxush belgilar paydo bo’lmaydi. Aksincha, organizm 4-5 kun davomida nos ta’siriga o’rganib, unga nisbatan ruhiy qaram — mute’ bo’lib qoladi. Nosga o’rganib qolgan odam nos chekkan paytda quyidagi belgilarini his etadi: kayfiyati ko’tariladi, chehrasi ochiladi, ko’p gapiradi, atrofdagilarga shilqimlik qiladi, yuzlari qizaradi, kayf holati 30 minut davom etadi.

Nos qabul qilishni yangi o’rgangan odam uni til ostida bir-ikki minut saqlay oladi, so’ngra tuflaydi. Asta-sekin odamda nos ta’siriga moslashuvi osha boradi va uni til ostida 10-20 minut davomida saqlay oladi. Boshlanishida kashanda nosni kuniga bir-ikki marta chekadi, asta-sekin uni chekish 10-20 martagacha tezlashadi. Avvaliga bir marta chekiladigan nos miqdori yarim-bir gramm bo’lgan bo’lsa, asta-sekin 3-5grammgacha ko’paytiriladi.

Nosni muntazam qabul qilish natijasida odam organizmi unga o’rganib ruhiy va jismoniy mute’ bo’lib koladi. Nos qabul qilmagan paytda avvaliga unda ruhiy mute’lik belgilari paydo bo’ladi. Kayfiyati yomonlashadi, jahli chiqadi, ishlagisi kelmaydi, o’zlashtirish, fikrlash kabi aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi. U qanday bo’lsa ham nos topib uni qabul qilishga intiladi.

Kashandalik avj olishi natijasida odamda nosga nisbatan ruhiy mute’likdan tashqari jismoniy mute’lik yuzaga keladi. Bunday odam o’z vaqtida nos qabul qilmasa boshi og’riydi, boshi aylanadi, yuragi o’ynaydi, bo’shashadi, sovuq ter bosadi, ishtahasi yo’qoladi, ruhiyati buziladi, jahli chiqadi, atrofdagilarga qo’pol muomala qiladi, uyqusizlik paydo bo’ladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati pasayadi, u barcha imkoniyatlarini nos topish   va uni qabul qilishga safarbar etishga intiladi.

Nos chekuvchida abstinenstiya holati 10-15 kun davom etadi. Shu davrda kashanda abstinenstiya holatiga bardosh berib, o’zida kechayotgan ruhiy va jismoniy o’zgarishlarga bardosh bera olmasa, ya’ni u nos cheksa, u bundan keyin ham kashandaligini davom ettiraveradi. Bundan tashqari u muntazam ravishda har safar chekadigan nos miqdorini ko’paytirib boradi, qabul qilish vaqtini qisqartirib, kuniga 15-20 marta va undan ko’proq chekadi. Buning natijasida kashandaning organizmi nos tarkibidagi kimyoviy moddalardan zaharlanishi   chuqurlashib   boradi.

Ko’p yillar davomida nos chekish tufayli odam organizmi nos tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zararli moddalardan zaharlanadi.

Ta’kidlash joizki, nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avval bosh miyaning asab hujayralari zararlanadi. Natijada kashandaning ruhiyati buziladi. Uning kayfiyati tez-tez o’z-o’zidan, ayniqsa, nos qabul qilish muddati kechikkan paytlarda yomonlashadi, sal narsaga jahli chiqadi. Atrofdagilar bilan muomalasi murakkablashadi. Fikrlash, aqliy mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Xotirasi yomonlashadi, o’qigan, ko’rgan, eshitgan narsalarini yodida saqlay olmaydi. O’zlashtirish qobiliyati pasayadi, asta-sekin oylar, yillar o’tishi bilan yuqoridagi ruhiy kasallik belgilariga jismoniy hastalik belgilari ham qo’shiladi. Kashandaning yuragi, o’pkalari, jigari, buyraklari zararlanishi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi o’ynaydi, arterial qon bosimi ko’tariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko’karadi. Shuningdek, jigar sohasida (ung qovurg’a ostida) og’riq paydo bo’ladi. Buyraklari kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda ko’zlarining osti shishgan bo’ladi. Kechkurun esa oyoqlari shishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, og’iz — til, qizilo’ngach, me’da kabi a’zolarning rak kasalligi nos otuvchilarda, boshqalarga nisbatan bir necha marta ko’p uchraydi. Shunday qilib, ko’p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo’qotadi, vaqtidan   ilgari keksayadi va nogironga aylanadi.


Download 27.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling