2. To‘g‘ri ovqatlanish


Ikkilamchi tutunning odam organizmi uchun zararli oqibatlari


Download 27.66 Kb.
bet7/13
Sana08.01.2022
Hajmi27.66 Kb.
#239593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
sog'lom t.t

Ikkilamchi tutunning odam organizmi uchun zararli oqibatlari

Chekish dunyo bo’yicha aholi salomatligiga, oila byudjetiga katta zarar etkazadi. Tamaki bu bevaqt o’limga olib keladigan asosiy sababdir. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, kelgusida tamakini chekish 500 mln.ga yaqin odamlarning bevaqt o’limiga olib kelish xavfi bor. 2030 yilga kelib 1 yilda 10 mln. ga yaqin odam hayotdan ko’z yumishi mumkin. Dunyoda JSST boshchiligida tamaki chekish epidemiyasiga qarshi kurash olib borilmoqda. 1999 yil 24 may kuni Butun Jahon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi bir ovozdan tamaki chekadiganlarni nazorat qilish qonvenstiyasini ishlab chiqish bo’yicha rezolyustiya qabul qildi.

Tamaki chekish chekmaydiganlarni va shu bilan birgalikda chekadiganlarni ham bevaqt o’limga olib keladigan zararli odat. Ikkilamchi tutun rak — xavfli o’sma (saraton) kasalliklariga va shu bilan bir qatorda yurak, o’pka kasalliklariga sabab bo’ladi. Ikkilamchi tutun bolalarda respirator kasalliklarni keltirib chiqaradi va natijada yangi tug’ilgan chaqaloqlarda o’rta quloqning surunkali kasalligiga yoki to’satdan o’lim oqibatlariga olib keladi. Ikkilamchi tutun bolalar va kattalar uchun bir xil darajada zararli. JSSTning ma’lumotiga ko’ra dunyodagi bolalarning yarmi ya’ni, 700 mln. bolalar tamakining ikkilamchi tutuni natijasida zaharlanib aziyat chekmoqdalar.


Download 27.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling