2. To‘g‘ri ovqatlanish


Download 27.66 Kb.
bet8/13
Sana08.01.2022
Hajmi27.66 Kb.
#239593
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
sog'lom t.t

Ikkilamchi tutun nima?

Ikkilamchi tutun — yonayotgan sigaretdan va chekuvchi nafas chiqarishi natijasida chiqayotgan tutundir. Ikkilamchi tutunning atrofga tarqalishi natijasida atrofdagi chekmaydigan odamlarni ikkilamchi chekuvchilar yoki passiv chekuvchilarga aylantiradi, ya’ni ular istalmagan holda tutunni (burun orqali nafas oladi) tortadi.

Ikkilamchi tutunda 4000 dan ortiq zaharli kimyoviy gaz moddalari, shuningdek, kansterogen, mutagenlar ham bor. Kimyoviy moddalardan nikotin, xrom va is gazlari reproduktiv salomatlikka zaharli ta’sir etadi.

Ikkilamchi tutun odam sog’ligiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

Muntazam tamaki chekuvchilar chekish natijasida qanday kasalliklar bilan aziyat cheksalar ikkilamchi chekuvchilar ham xuddi shunday kasalliklar bilan aziyat chekadilar. Yurak-qon tomir kasalliklari va o’pkani saraton kasalliklari sababi ikkilamchi tutun natijasidir. Ikkilamchi tutun bolalar sog’ligiga zararli ta’sir qilib, bronxit, pnevmoniya, bronxial astmaning kuchayishiga o’rta quloqning yuqumli yallig’lanishiga va buning natijasiga ko’pchilik hollarda bolalarda karlik asoratiga olib keladi. Ikkilamchi tutun ayollarda homiladorlik davrida homilaning rivojlanish va o’sishini to’xtatadi. Tug’ruqdan so’ng esa chaqaloqlarda to’satdan o’lim xavfi ortadi. Tamaki tutuni ko’z va burunning shilliq qavatlariga zararli ta’sir ko’rsatadi. Bosh og’rig’i, bosh aylanishi, tomoqning yallig’lanishi, yo’tal va nafas olishda bir qancha asoratli muammolarni keltirib chiqaradi.


Download 27.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling