2-topshiriq (4-6-mavzular bo’yicha)
Download 24.3 Kb.
|
2-topshiriq.Akademik yozuv
«Yuristning nutq madaniyati» kitobidan.
Javob: Birinchi matn badiiy uslubga, ikkinchi matn ilmiy uslubga xos. Chunki birinchi matn badiiy adabiotdan keltirilgan, ikkinchi matnda esa adabiy ilimlarga tayangan holda Alisher Navoiy va Husayn Voiz Koshifiy haqida ma’lumot berilgan. 4-mashq. Gaplarni o ‘qing. Eski uslubga xos lisoniy qoliplaming ma’nosini izohlang va hozirgi adabiy tildagi muqobillarini qavsda ko'rsatib ko‘chiring.-1 ball 1. Xoja Kalonga salom degach, so‘z ulkim, Shamsiddin Muhammad Atovag‘a keldi... Tengri taolo din umid andoqdurkim, bu oraning ishi Tangri taolo inoyati bila bot saranjom topgan. («Boburnoma»dan) ( Xoja kalonga salom degach, Shamsiddin Muhammad Atovag’a keldi: “Tengri taolo din umid andoqdurkim, bu oraning ishi Tangri taolo inoyati bila bot saranjom topgan”). 2. Qulluq arzadosht ulkim, safardin salomatliq bila qaytib, maskanga tushulgan xabardin davlatxoh qullar shodmon bo‘ldilar. Umid ulki, hamisha davlat ila sog‘ va salomat bo‘lub olam ahlig‘a komron bo‘lg‘aysiz. (Alisher Navoiy, «Munshaot»dan). (Qulluq arzadosht safardan salomat qaytib, maskanga tushgan habardan davlatxoh qullar shodmon bo’ldilar. Umidlari hamisha davlat bilan sog’ va salomat bo’lib, olam ahliga komron bo’lishdir). 3. Yer-u ko'kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukrlar bo‘lsinki, yetti iqlim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olim sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini jon quloqlariga taqdilar. («Temur tuzuklari»dan). (Yetti iqlim mamlakatlarining ko’pini mening farmonimga kirgizgani va olim sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilishni xohlaganliklari uchun Yer-u ko’kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukurlar bo’lsin ). 4. Biri ulkim, viloyat molin mashvaratsiz olib turursiz va bu ma’hud emas erdi... Chun sizning tobug‘ingizga ayturga davlatxohligi so‘zini ayturg‘a ma’murmen. U1 jihatdin go‘stohliq bila arzadosht bitildi. (Alisher Navoiy, «Munshaot»dan). ( Siz majlissiz viloyat mulkini olib turasiz va bu to’g’ri emas edi. Chunki sizning tobutingizga, davlathonligiga ma’murman. Bu takabburlik bilan yozilgan edi. 5-mashq. Savollarga to'liq javob bering.—1 ball 1.Mustaqillik yillarida o'zbek tiliga oid qanday qonun hujjatlari qabul qilingan? Javob: 1989-yili O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to’g’risida” qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o’zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida o’zgartirish va qo’shimchalar o’z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish yuritish o’zbek tilida, shuningdek, ish qog’ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko’rsatib o’tilgan. Bu respublikada miliy munosabatlarning barqarorligini ta’minlash bilan bog’liq edi. 1995-yil 24-avgustda 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o’zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog’ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilgan holda yoziladigan bo’ldi. 2.Asrlar davomida hududimizda hujjatchilik qaysi tillar va yozuvlarda olib borilgan? Javob: Asrlar davomida hududimizda hujjatchilik arab, turk, fors, tojik tillari va so’g’d, oromiy yozuvlarida olib borilgan. Download 24.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling