2-Topshiriq G‘aniyev Baxtiyor


Maksimal ball qanday aniqlanadi?


Download 153.5 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1154927
1   2   3
Bog'liq
2-top baho va baholash

2.Maksimal ball qanday aniqlanadi?

Fan bo'yicha maksimal reyting bali - yuz ball miqdorida belgilanadi. Reyting usulida baholashda, avval talabaning o ‘zlashtirish ko‘rsatkichlari aniqlanib, so‘ngra fan bo‘yicha reytingni hisoblab chiqiladi. 4. Talabaning fan bo‘yicha bilim o'zlashtirishini nazorati semestr (o‘quv yili) davomida muntazam olib boriladi, nazoratning quyidagi turlari qo‘llaniladi: joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat.



Joriy baholashda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning bilim o ‘zlashtirish darajasini aniqlab borish nazarda tutiladi va u, odatda, amaliy mashg‘ulotlarda ro‘yobga chiqariladi. Oraliq baholashda fanning bir necha mavzulari (bo‘limi, qismi) bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlarda talabaning nazariy bilimlari aniqlanib baholanadi, talabaning muayyan savol yoki topshiriqni yecha olish malakasi, qobiliyati aniqlanadi.

Yakuniy baholashda fanning semester (o‘quv yili) davomida o‘tilgan hajmi doirasida talabaning bilimi baholanadi. Yakuniy nazoratga ajratilgan ballar maksimal ballning 15 foizi miqdorida belgilanadi.

Yakuniy baholash - tayanch tushunchalarga asoslangan yozma ish usulida yoki og‘zaki, test, himoya shaklTda ham o ‘tkazilishi mumkin. Yakuniy baholashni yozma ish usulida o ‘tkazish tartibi nizomda belgilanadi.



Baholash har bir fanning xususiyatlariga qarab dars jarayonida og‘zaki so'rash, test savollariga javob olish, nazorat ishlarini bajartirish, kollokvium, suhbat va boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Semestr davomida o ‘qitilgan fan bo‘yicha maksimal balning kamida 56 foizini to ‘plagan talaba qoniqarli o‘qitilayotgan deb hisoblanadi, undan kam ball to ‘plagan talaba qoniqarsiz o‘qiyotgan hisoblanadi. Semestr (o‘quv yili) davomida fan bo‘yicha to ‘plangan ballar quyidagi o'zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan baholanadi: 86-100 foiz - a ’lo; 71-85 foiz - yaxshi; 56-70 foiz -
qoniqarli; 55-foizdan kami - qoniqarsiz. Talabaning barcha turdagi amaliyotlardan olgan bilim,
ko‘nikmalari, kurs ishi, bitiruv ishi, davlat attestatsiyasi natijalari o ‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan baholanadi va reyting dafitarchasida qayd etiladi.
Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling