2 Tushuntirish xati
Download 3.1 Mb. Pdf ko'rish
|
11-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
III variant
Matnni diqqat bilan o‘qing va topshiriqlarni bajaring. …Oldingi partalarda husn berib turgan og‘ir tabiatli pesh qadam o‘quvchi qizlar allaqachon ishni boshlab yuborishdi. Ularning yonida o‘tirmasam ham, nimalar yozayotganlarini kiftlari ustidan ko‘rib turganday bo‘lar edim: “Ilk xotiramda qolgan birdan-bir narsa mehribon onajonimning kichkina karavotcham ustiga egilgan oltin sochli aziz boshi, menga mexr-u muhabbat bilan kulimsiragan havo rang ko‘zlaridir…” tarzida shoirona bir yolg‘on … aslida esa, onalar oltin va havoranglardan boshqa ranglarda ham bo‘ladilar. Faqat so‘rlarning (tarbiyachilar) o‘quvchilari qalamidan shunday ranglarga bo‘yalib chiqish va bechoralar uchun bir majburiyat, biz uchun esa odat edi. Menga kelsak, butunlay boshqacha qiz edim. Juda yoshligimda ayirilgan onamdan esimda nihoyatda oz narsa qolgan. Lekin onamning oltin sochli, havo rang ko‘zli bo‘lmaganini aniq bilaman. Shunday bo‘lgandan keyin, uning asl qiyofasini o‘zgartirib tushuntirishga va bundan mamnun bo‘lishga hech qanday kuch meni majbur qila olmaydi… Topshiriqlar: 1. Berilgan adabiy parcha qaysi asarga taalluqli? Asarning janri, muallifi va nomini aniqlang. (10 ball) 2. Sizga onangiz haqida yozishga to‘g‘ri kelsa, qaysi fazilatlari haqida ko‘proq yozgan bo‘lar edingiz? (20 ball) 3. Berilgan fikrlar asar qahramonining qanday inson ekanligidan dalolat beradi? (20 ball) 4. Ajratib ko‘rsatilgan gapda qo‘llangan ko‘chma ma’noli so‘zning leksik xususiyatini izohlang.(10 ball) 5. Juda yoshligimda ayirilgan onamdan esimda nihoyatda oz narsa qolgan. Jumladagi turlangan so‘zlarni aniqlang va gapdagi sintaktik vazifasini izohlang. (20 ball) 6. Matndan 2-gap tarkibida qo‘llangan tinish belgilarining qo‘llanishini izohlang. (10 ball) 7. Matndan imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni ajratib, to‘g‘rilab ko‘chiring.(10 b) Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling