II variant
Matnni diqqat bilan o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring.
… Eh-he, mana shu ro‘baro‘dagi odamning joni, chindan ham, temirdan ekan! Urush
degan baloyi ofatning turgan-bitgani besaramjomlik, qirg‘in, jang, dod-voy, faryod, suron-
u g‘alayondan iborat. Dodxoh bundoq qarasa, uning yigirma yilga yaqin umri safarda
kechibdi…
Ha, borgan joylarida ”Turon tursa, bo‘ron bo‘ladi!” maqolini taoyilga kiritib keldilar.
Bundoq jaxongirlikni hali olam ko‘rmagan. Safarda, janglarda aslo halovat yo‘q, hamisha
jon-ruh azobda, ko‘ngillar iztirobda, askardan to podshogacha barchasida
it yotish, mirza
turish holati yuz beradi. Bu qiyinchliklarga, mashaqqatlarga chidaydi, yo‘q, yo‘q, u ana
shu mashaqqatlar uchungina tug‘ilganday… Biron yerda yozg‘irib, noliganini eshitmaysiz.
Urushning beti qursin deydi, faqat urushning oldini olaman degan sari urush chiqib
kelaverganiga, uni tugata olmaganiga yoqa ushlab qoladi… Dodxoh dilidagini aytib
yuboray deydi-yu, hali fursat yetmaganini bilib tiyildi, boshqa hech narsa demadi. Uning
bugun qandaydir qulfu-dili ochilay deb turibdi, shekilli qani kutsin-chi … ( 130 so‘z)
Topshiriqlar:
1. Berilgan adabiy parcha qaysi asarga taalluqli? Asarning muallifi va janrini,
nomini aniqlang. (10 ball)
2. Dodxoh fikrlari markazida qaysi obraz mujassam deb o‘ylaysiz? (20 ball)
3. Matn mazmuni asosida bosh qahramonga xos fazilatlarni aniqlab yozing. (20 ball)
4. Ajratib ko‘rsatilgan jumlaning ma’nosini va leksik xususiyatini izohlang. (10 ball)
5. Matnda ajratib berilgan gapni morfologik va sintaktik (gap bo‘laklari) tahlil qiling.
(20 ball)
6. 1-satrboshi 2-gapda qo‘llangan tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. (10
ball)
7. Matndan imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan so‘zlarni aniqlab to‘g‘rilab ko‘chiring. (10
ball)
7
Do'stlaringiz bilan baham: |