2 Tushuntirish xati


II variant  Matnni diqqat bilan o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring


Download 3.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana02.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1739153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-sinf ona tili

II variant 
Matnni diqqat bilan o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring. 
… Eh-he, mana shu ro‘baro‘dagi odamning joni, chindan ham, temirdan ekan! Urush 
degan baloyi ofatning turgan-bitgani besaramjomlik, qirg‘in, jang, dod-voy, faryod, suron-
u g‘alayondan iborat. Dodxoh bundoq qarasa, uning yigirma yilga yaqin umri safarda 
kechibdi… 
Ha, borgan joylarida ”Turon tursa, bo‘ron bo‘ladi!” maqolini taoyilga kiritib keldilar. 
Bundoq jaxongirlikni hali olam ko‘rmagan. Safarda, janglarda aslo halovat yo‘q, hamisha 
jon-ruh azobda, ko‘ngillar iztirobda, askardan to podshogacha barchasida 
it yotish, mirza 
turish holati yuz beradi. Bu qiyinchliklarga, mashaqqatlarga chidaydi, yo‘q, yo‘q, u ana 
shu mashaqqatlar uchungina tug‘ilganday… Biron yerda yozg‘irib, noliganini eshitmaysiz. 
Urushning beti qursin deydi, faqat urushning oldini olaman degan sari urush chiqib 
kelaverganiga, uni tugata olmaganiga yoqa ushlab qoladi… Dodxoh dilidagini aytib 
yuboray deydi-yu, hali fursat yetmaganini bilib tiyildi, boshqa hech narsa demadi. Uning 
bugun qandaydir qulfu-dili ochilay deb turibdi, shekilli qani kutsin-chi … ( 130 so‘z) 
Topshiriqlar: 
1. Berilgan adabiy parcha qaysi asarga taalluqli? Asarning muallifi va janrini
nomini aniqlang. (10 ball) 
2. Dodxoh fikrlari markazida qaysi obraz mujassam deb o‘ylaysiz? (20 ball) 
3. Matn mazmuni asosida bosh qahramonga xos fazilatlarni aniqlab yozing. (20 ball) 
4. Ajratib ko‘rsatilgan jumlaning ma’nosini va leksik xususiyatini izohlang. (10 ball) 
5. Matnda ajratib berilgan gapni morfologik va sintaktik (gap bo‘laklari) tahlil qiling. 
(20 ball) 
6. 1-satrboshi 2-gapda qo‘llangan tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. (10 
ball)
7. Matndan imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan so‘zlarni aniqlab to‘g‘rilab ko‘chiring. (10 
ball) 




Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling