2 Tushuntirish xati
Download 3.1 Mb. Pdf ko'rish
|
11-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
ishtiholiq hayvonlarning qo‘li bilan
qachongacha dunyolarni bir-biriga urib turasan? Tinchlik saqlamoq bahonasi bilan millionlarcha inson ko‘masini chuqurdan chuqurga yumalatmog‘ingning zamoni hanuzgacha bitmadimi?! … Ey qora yurakli boyqush, bundan senga qolg‘an vayronani qutlamoq uchun keldim. Insonlik dunyosi, esini bir joyga to‘plab, o‘z ishiga o‘zi ega bo‘lgancha, sen ham, sening kabilarning ham ixtiyoringizdadir. Istaganingizcha hukm sura olasiz. (138 so‘z) Topshiriqlar: 1. Ushbu monolog qaysi asarga taalluqli? Asarning nomini, muallifini va janrini aniqlang. (10 ball) 2. Asardagi voqealarni bugungi kun bilan bog‘lab izohlang. (20 ball) 3. Asardagi adolatparvar, vatanparvar timsollarga tavsif bering. (20 ball) 4. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar ma’nosini va leksik xususiyatini izohlang. (10 ball) 5. Matnda ostiga chizilgan gapni morfologik va sintaktik tahlil qiling. (20 b) 6. Matnda so‘roq va undov belgisining yonma-yon kelishi sababini izohlang. (10 ball) 7. Bunday, yumalatmog‘ing. Matnda ushbu so‘zlar qaysi orfografiya tamoyili asosida yozilganini izohlang. (10 ball) VIII VARIANT Bir kuni hidoyat nasabli Amir asr namozini o‘qigandan so‘ng, har kunlik odatiga xilof ravishda, jamoat namoziga kelmagan kishilarni surishtirishga kirishmasdan, shosha- pisha o‘zlarining shaxsiy bog‘chalari tomon yo‘l oldilar va unchalik vaqt o‘tmasdan, tezda qaytib keldilar. Bundan ul hazratning xizmatida bo‘lgan mulozimlardan ayrimlari hayron 12 bo‘ldilar. Ul hazrat bu holatni tushunib, o‘zidan gavharlar sochuvchi tillari bilan quyidagi so‘zlarni aytdilar: – Masjidga kelayotgan chog‘imda falon joyda to‘xtab, tahorat qilgan edim. [Namoz chog‘ida] jamoat [bo‘lib namoz o‘quvchilar] safida turganimda yelkamga yopishib olgan bir chumolini ko‘rdim. Bildimki, tahorat qilgan joyimda menga ilashib olgan ekan. Agar yelkamdan tushib ketib, unga biror ozor yetsa va uyiga boradigan yo‘lni topolmay qolsa, uvoliga qolamanmi, deb qo‘rqdim. Shuning uchun ham namoz tugaganidan so‘ng shosha- pisha o‘sha tahorat qilgan joyimga bordim-da, uni o‘z uyasi oldiga qo‘yib yubordim va ko‘nglimni [o‘zim bilmagan holda Xudoning bir jonivoriga] jabr-zulm qilib qo‘yish xavotiridan xalos qildim. Ul hazratning xizmatkorlari bu hikoyatni eshitib, uning benihoya rahmdilligidan hayrat dengiziga g‘arq bo‘lishdi. hamda tillariga [ul hazratning haqlariga] duo-yu hamd-u sanolar keltirishdi. (144 so‘z) Topshiriqlar: 1. Matn qaysi asardan olingan? Asarning nomini va muallifini aniqlang. (10 ball) 2. Matn asosida Navoiyning tabiatga, shuningdek, o‘z yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarini izohlang. (20 ball) 3. Ushbu matnning Navoiy shaxsiyatini ifodalashda tutgan o‘rni haqida tushuntiring. (20 ball) 4. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning shakldoshini topib, leksik xususiyatini izohlang. (10 ball) 5. Matnda ajratib ko‘rsatilgan gapni morfologik va sintaktik tahlil qiling. (20 ball) 6. Oxirgi gapda qo‘llanilgan tinish belgilarining vazifasini aniqlang. (10 ball) 7. duo-yu hamd-u sanolar keltirishdi. Matnda qo‘llanilgan ushbu jumladan chiziqcha(defis)ning qo‘yilishini izohlang. rahmdilligidan so‘zi qaysi orfografiya tamoyili asosida yozilganini aniqlang. (10 ball) Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling